6-mavzu. Fuqarolik huquqi reja


Jinoiy javobgarlik va jinoiy jazo


Download 32.67 Kb.
bet8/9
Sana12.02.2023
Hajmi32.67 Kb.
#1191112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jinoiy javobgarlik va jinoiy jazo
Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning maxsus turi bo‘lib, Jinoyat kodeksida taqiqlangan qilmish sodir etilgantaq- dirdagina qo‘llanadigan javobgarlikning eng og‘ir turidir.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi 16-moddasi birinchi qismida jinoyat uchun javobgarlikning ta’- rifi byerilgan bo‘lib, jinoyat uchun javobgarlik jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifoda- lanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir.
Jinoiy javobgarlik shaxsning Jinoyat kodeksi bilan ta- qiqlangan qilmishni sodir qilganligi uchun shaxs va davlat o‘rtasida vujudga keladigan jinoyat-huquqiy munosabatdir.
Jinoyat-huquqiy munosabatlarning sub’ektlari bir tomon- dan davlat bo‘lsa, ikkinchi tomondan jinoyat sodir qilgan shaxs- dir. Shaxs tomonidan jinoyat sodir qilinishi munosabati bilan davlatda jinoyat huquqida nazarda tutilgan majburlov chorala- rini shaxsga nisbatan majburiy tarzda qo‘llash, surishtiruv va tyergov harakatlarini olib borish majburiyati vujudga keladi. Shaxsda esa, sodir qilgan jinoyati uchun javob byerish, jinoyat huquqida belgilangan tartibda unga nisbatan qo‘yilgan talab- larga javob byerish majburiyati vujudga keladi. Jinoiy javob- garlik masalasi faqat jinoyat huquqi doirasida belgilangan asoslarga binoan amalga oshiriladi.
Jinoiy javobgarlik jinoyat huquqi normalari bilan qo‘riq- lanadigan ijtimoiy munosabalarga jiddiy zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tajovuz qilingandagina vujudga keladi. Shunday ekan, jinoiy javobgarlik, o‘z navbati- da, qandaydir huquqiy oqibatni vujudga keltiradi. Jinoiy ja- vobgarlik esa, jinoyat-huquqiy munosabatdir. Ammo jinoyat huquqiy munosabatning kelib chiqishi uchun biron-bir yuridik fakt sodir etilishi talab qilinadi va bunday yuridik fakt ji- noyatning sodir etilishi hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlikning faktik asosi shaxs tomonidan so- dir etilgan qilmishdir. Qilmishning jinoyat deb tan olinishi uchun unda qonunda ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo‘lishi kyerak.
Jinoiy javobgarlikning normativ asosi Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibidir. Faktik va normativ asoslar jinoiy javobgarlikning umumiy asosini tashkil qiladi.
Jinoiy jazo Jinoyat kodeksi Maxsus qismi normasida javobgarlik belgilangan, sodir etilgan jinoyatning huquqqa xiloflik belgisidir. Jinoyat va jazo tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi sodir etilgan jinoyatga nisbatan qo‘llaniladigan qonuniylik va ayb uchun javobgarlik prinsiplarida ifodala nadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 42-moddasida jazoga ta’rif byerilgan bo‘lib, unga ko‘ra, jazo - bu jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat tomonidan sud hukmi asosida qo‘llaniladigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir.
Jinoiy jazo davlatning majburlov chorasi bo‘lib, u boshqa majburlov choralaridan quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi:
1) jinoiy jazo jinoyat qonunida qat’iy belgilangan bo‘ladi;
2) jinoiy jazo faqat sud tomonidan tayinlanadi;
3) jinoiy jazo faqat jinoyat sodir etishda aybdor deb to- pilgan shaxslarga nisbatangina qo‘llaniladi;
4) jinoy jazoning mazmuni shaxsni ozodlikdan mahrum qilish- da yoki huquq va erkinliklarini cheklashda ifodalanadi.
Jinoyat kodeksining 42-moddasida jazoning:
1) mahkumni axloqan tuzatish;
2) shaxsning jinoiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish;
3) boshqa shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishining ol- dini olish kabi maqsadlari belgilab qo‘yilgan.
1994 yilgi Jinoyat kodeksida jamiyat va davlatimizda so‘nggi yillarda ro‘y byergan o‘zgarishlar e’tiborga olinib, jazo turla- ri quyidagycha joylashtirilgan:
1) jarima;
2) muayyan huquqdan mahrum qilish;
3) axloq tuzatish ishlari;
4) Xizmat bo‘yicha cheklash;
5) qamoq;
6) ozodlikni cheklash;
7) intizomiy qismga jo‘natish;
8) ozodlikdan mahrum qilish;
9) umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
Jinoyat kodeksida voyaga etmaganlarga nisbatan: 1) jarima; 2) axloq tuzatish ishlari; 3) qamoq; 4) ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilangan.
Qo‘shimcha jazoga harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish kiradi.

Download 32.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling