6-mavzu. Fuqarolik huquqi reja


Download 32.67 Kb.
bet3/9
Sana12.02.2023
Hajmi32.67 Kb.
#1191112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3. Mulk huquqi
Jamiyatda uzoq davrlardan buyon davom etib kelayotgan ijti- moiy munosabatlar shuni ko‘rsatadiki, insonning mustaqil hayot kechirishi va faoliyat ko‘rsatishida uning o‘z egaligidagi mulki hamda o‘sha mulkiga nisbatan o‘zining egalik qilish hissi, xohi- shi muhim bir tayanch hisoblanadi. Har bir individning o‘z mul- kini muomalaga kiritishi orqali yuzaga keladigan imkoniyatlari orqali butun jamiyatning harakatlanishiga qaraydigan bo‘lsak, mulk butun insoniyat rivojida alohida rol o‘ynashiga guvoh bo‘lamiz. Zotan, akademik H.R. Raxmonqulovning ta’biri bilan aytganda, mulk ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshi- riladigan harakat manbaidir. Shuningdek, mulk «ashyolar yuzasi- dan insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabat»ni anglatadi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish mulk- chilik munosabatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo eta- di. Shaxsning mulkdan begonalashuviga asoslangan ijtimoiy alo- hida imtiyozli mavqega barham byerildi. O‘zbekiston Respublika- si Konstitutsiyasining 53-moddasida bozor munosabatlarini ri- vojlantirishga qaratilgan mamlakatimiz iqtisodiyotining negi- zini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi mustahkamlab qo‘yildi.
Mulkdan ijtimoiy hayotning sohalarida foydalanar, uni inson ehtiyojlari yo‘lida sarf qilar ekanmiz, uning davomli bo‘lishi va har qanday vaziyatda ham xom ashyo yoxud mahsulot sifa-
- tida foydalanish uchun, avvalo, mulkni, uning egasi, ya’ni mulk- dorni har taraflama muhofaza qilishimiz, mulkdan foydalanish- da uning xaraktyeri, asosiy vazifasidan kelib chiqib, oqilona foydalanish me’yorlarini ishlab chiqishimiz lozim. Bunday me’yorlash har xil ko‘rinishlarda:
- birinchidan, odob-axloq va odat normalari orqali shakl- langan mulkni, jismni uning qiymatidan qat’i nazar isrof qil- maslik, boshqa uchun zararli maqsadlarda foydalanmaslik, mulk- ni jamoatchilik farovonligi, xayrli maqsadlar yo‘lida ehson qilishga oid kishilar ongida saqlanib kelayotgan yozilmagan qoida- lar ko‘rinishida;
- ikkinchidan, davlat, uning mas’ul etib tayinlagan maxsus organlari orqali mulk, uning maqomi, doirasi va turlari, ular- ga egalik qiluvchi sub’ektlar hamda ularning egalik qilish usul- lari, bu sohadagi huquqiy cheklashlar va taqiqlar, mulkning mu- hofazasini ta’minlovchi institutlar, shuningdek mulkka, u orqa- li sub’ektga yetkaziladigan zararlarning qoplanish usullarini o‘zida jamlagan, yozma normativ va individual huquqiy aktlarda rasman o‘z ifodasini topgan tizimli huquqiy tartibga solish ko‘rinishlarida bo‘lib kelgan.
- Mamlakatimizda mulk, uning muhofazasiga oid normalar si- fatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqaro- lik kodeksi, «O‘zbekiston Respublikasida mulchilik to‘g‘risida»- gi Qonuni va boshqa qator maxsus qonunlarni ko‘rishimiz mum- kin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-bobi «Jamiyatning iqtisodiy negizlari» deb nomlangan bo‘lib, uning 53-moddasida bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi mustahkamlangan. Ayni paytda Konstitutsiyada mulk- dorlarga nisbatan mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqla- ri hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasli- gi shart qilib qo‘yilgan.
- Tabiat boyliklari va kishi mehnati natijalari shaxslar tomonidan ayrim-ayrim holda o‘zlashtirilmay, balki birgalashib va o‘zaro hamkorlik bilan o‘zlashtiriladi. Binobarin, mulk ta-
- biat narsalarini o‘zlashtirishda kishilar va ularning jamoala- ri o‘rtasida bo‘lgan munosabatni, ya’ni ijtimoiy munosabatni, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini bildiradi.
- Mulk ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mah- sulotlarni egallash, foydalanish va ularni tasarruf etish soha- sida bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarning majmui sifatida ham ta’riflanishi mumkin.
- Yuridik ma’nodagi «mulk» tushunchasi to‘g‘risida shuni aytish kyerakki, shaxslar tomonidan tabiat boyliklarini, ashyolarini o‘zlashtirishda bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan va mustahkamlaydigan huquqiy normalar tizimi - yuridik ma’nodagi «mulk» tushunchasida qo‘llaniladi. Bu ma’no- dagi mulk mulk huquqi (sub’ektga tegishli sof ma’nodagi sub’ek- tiv huquq sifatida emas, balki muayyan huquq sohasi) sifatida ko‘riladi.
- Mulk huquqi fuqarolik huquqining yirik institutlaridan biri bo‘lib, mulklarga oid umumiy normalar Fuqarolik kodek- sida ham byerib o‘tilgan. Mazkur kodeksning 104-moddasida mulk huquqi tushunchasiga ta’rif byerilgan bo‘lib, unga ko‘ra, mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim to- monidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iborat.
- Bu ta’rif mulkdorning o‘z mulkiga nisbatan munosabatining barcha huquqiy jihatlarini qamrab oladi. Shu bilan birga, ushbu ta’rifda uchinchi shaxslarning mulkdor mulkiga munosabatlari- ning eng muhim qonuniy asosi kafolatlangan. Ya’ni, mulkdor- ning mulk huquqini kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzish- dan muhofazalay olishi impyerativ me’yor sifatida mustahkam- langan. Bu esa, o‘z navbatida, mulkdor mulk huquqini majburiy ma’noda «muqaddasligi»ni ifodalaydi.
- Mulkni o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatini ko‘zlab egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, mulk huquqini har qanday buzilishlardan bartaraf etishni talab qilish huquqi tushunchalari mulk huquqining mazmunini tashkil
- etadi. Sub’ektiv mulk huquqining mazmunini tashkil etadigan bu elementlar mulk egasiga qonun bilan belgilangan doiralarda byeriladi.
- «O‘zbekiston Respublikasida mulchilik to‘g‘risidaogi Qonun- ning 1-moddasi mulkiy huquq haqida to‘xtalib, unda O‘zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinishi va qonun bilan mu- hofaza etilishi, mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyori- ga ko‘ra egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf eti- shi, ayni paytda, mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqli ekanli- gi, mulkdor mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foy- dalanishi mumkinligi qayd etilgan. Ushbu qonunning 33-modda- sida mulkiy huquqning himoya qilinishi haqidagi norma qayd etilgan bo‘lib, mulkdor o‘zga shaxs tomonidan qonunga xilof ra- vishda egallab olingan mol-mulkini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunlariga muvofiq talab qilib qaytarib olish huquqiga egaligi, mulkdor o‘z huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mah- rum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa-da, bartaraf etishni talab qili- shi mumkinligi hamda mulkiy huquqni himoya qilish sud yoki xo‘ja- lik sudi tomonidan amalga oshirilishi ta’kidlab o‘tilgan.
- Fuqarolik kodeksining 83-moddasida mol-mulkning turlari bel- gilab byerilgan bo‘lib, unga ko‘ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari ob’ekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi.
- Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uz- viy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga no- mutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan ob’ektlar kiradi.
- Qonunda boshqa mol-mulk ham ko‘chmas mol-mulk qatoriga ki- ritilishi mumkin.
- Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni qo‘lga kiritish va ular bekor bo‘lishining xususiyatlari qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi.

Download 32.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling