O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi voyaga yetmagan larning huquqlari, majburiyatlari


Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo'llanadigan jazo tizimi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/64
Sana04.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1425871
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
Bog'liq
61a1ff2003d745.41049735

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo'llanadigan jazo tizimi, 
jinoyat qonuni bilan belgilangan va sud uchun majburiy 
hisoblagan jazo choralarning ro'yxati bo'lib, ular o'z navbatida 
muayyan tartibda joylashtirilgan va qo'llanish tartibi va 
chegaralari belgilangan ro'yxatdir.
O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida voyaga 
yetmaganlarga nisbatan qo'llanadigan jazo tizimining asosiy 
vazifasi voyaga yetmaganlami majburlash va tarbiyalash 
hisoblanadi.
76


Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashning asosiy 
maqsadi tarbiyalash bo'lsada, lekin bu qoida og'ir jinoyat sodir 
etganlarga nisbatan og'ir jazo tayinlanishini istisno etmaydi. 
Bunday 
holatda 
og'irroq 
jazo 
tayinlamaslik, 
voyaga 
yetmaganlarda m a’suliyatsizlikni keltirib chiqaradi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo tizimi:
1) davlat majburlov chorasining alohida turlaridan tashkil 
topgan;
2) jazo tizimi elementlari o'zaro bog'liq bo'lib, biri 
ikkinchisiga bog'lanib va to'ldirib keladi;
3) davlatning majburlov choralari ro'yxati qatiy bo'lib, 
kengaytirib talqin qilinishi mumkin emas. Shuning uchun 
voyaga yetmaganlarga nisbatan Jinoyat kodeksi maxsus qismi 
tegishli moddasi sanksiyasida ko'rsatilgan bo'lsa-da, lekin 84- 
rhoddada ko'rsatilmagan jazo choralari qo'llanilmaydi;
4) belgilangan jazo choralari engilidan og'iriga qarab 
joylashtirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 81-moddasida 
ko'rsatilgan jazolar voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanishi 
mumkin bo'lgan jazo turlarining qatiy ro'yxatidir. Ushbu 
moddada 
jazo 
tizimi 
eng 
yengilidan 
og'iriga 
qarab 
joylashtirilgan, ya’ni:
1) jarima;
2) axloq tuzatish ishlari;
3) qamoq;
4) ozodlikdan mahrum qilish.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda Jinoyat 
kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida emas, balki 
JK 82—85-moddalarda belgilangan doirada jazo tayinlanadi. 
Voyaga yetmgaanlarga nisbatan qo'shimcha jazo chorasi 
qo'llanilmaydi.
Endi voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo 
normalariga to'xtalsak.
Jarima jazosi
—voyaga yetmaganlarga nisbatan Jinoyat 
kodeksi 82-moddasiga muvofiq eng kam oylik ish haqining ikki 
barobaridan yigirma baravarigacha belgilanadi.
77


Sud 
voyaga 
yetmaganlarga 
nisbatan 
jarim a 
jazosini 
tayinlashda jazoni qo'llash uchun asoslar bor yoki yo'qligi 
aniqlanishi lozim. Jarima jazosini tayinlashda voyaga yetmagan 
shaxsning mustaqil daromadga, ish haqi yoki mol-mulkka ega 
ekanligi e ’tiboiga olinadi. Jarim a jazosi miqdorini belgilashda 
sud bu jazo miqdori voyaga yetmagan javobgaming normal 
yashashi 
uchun zarur bo'lgan sharoitdan 
mahrum 
qilib 
qo'ymasligi lozimligi e’tiborga olinishi kerak.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling