O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi voyaga yetmagan larning huquqlari, majburiyatlari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/64
Sana04.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1425871
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
61a1ff2003d745.41049735

Ozodlikdan mahrum qilish
voyaga yetmagan mahkumni 
sudning hukmida belgilangan muddatga shu jazoni maxsus 
o'tash joylariga joylashtirib 
majburiy tarzda jamiyatdan 
ajratishdan iborat.
80


Voyaga yetmay turib, ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyat 
sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud 
qasddan uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga 
nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasida jazo tayinlan- 
maydi. Hukm chiqarish paytida o‘n sakkiz yoshga to'lmagan 
shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya 
koloniyalarda o'tash tayinlanadi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo'llanadigan jazoning 
asosiy maqsadi va vazifasi
 
mahkumni tuzatish qayta tarbiyalash 
hamda jinoyatchilikning umumiy va maxsus oldini olishdan 
iboratdir. Voyaga yetmaganlami jinoiy javobgarlikdan va 
jazodan ozod qilish ham yuqoridagi maqsadni ko'zlaydi.
Shaxsni javobgarlikdan ozod qilishda uning 18 yoshga 
to'lmaganligini aniqlash bilan biiga, hukm chiqarish vaqtida 
yoshi ham aniqlanishi lozim. Agar hukm chiqarish vaqtiga kelib 
18 yoshga to'lgan bo'lsa, uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish 
masalasi Jinoyat kodeksining 64—68-moddalariga asosan hal 
qilinishi kerak.
Jinoyatchini boshqa vosita bilan tuzatish mumkin, deb 
topilsa, uni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, 
shuningdek, 
tayinlangan 
jazoning 
ma’lum 
bir 
qismini 
o'tagandan so'ng jazo muddati tugamasdanoq mahkumni 
jazodan ozod qilish mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsni javobgarlikdan yoki jazodan ozod 
qilishning quyidagi maxsus turlari mavjud:
1) voyaga yetmaganlarning ishlami voyaga yetmaganlar 
ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiyaga topshirish orqali 
javobgarlik yoki jazodan ozod qilish;
2) majburlov chorasini qo'llash orqali javobgarlik yoki 
jazodan ozod qilish.
Voyaga yetmaganlami jinoiy javobgarlikdan ozod qilish 
orqali faqat ishni voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ul­
lanuvchi komissiyaga topshirish orqali amalga oshirilishi 
mumkin. Bunday qarorga kelish uchun Jinoyat kodeksi 87- 
moddasi 1-qismida ko'rsatilgan shartlar:
1) 
jinoyat sodir etish vaqtida shaxsning 
18 
yoshga 
to'lmaganligi;
81


2) ijiimoiy xavfi k;iu;i bo'lmagan jinovaini birinchi marta 
sodir eigan bo'lishi;
3) sodir etilgan qilmishning xususiyatlari. aybdoming shaxsi 
va ishning boshqa holatlari mavjud bo'lishi lozim.
Yuqorida ko'rsatilgan uchta shartning hammasi bir vaqtning 
o'zida mavjud bo'lganida. voyaga yetmagan shaxs javobgar­
likdan ozod qilinadi.
Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiya 
voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi ta’sir ko'rsatish 
choralarini qo'llashi mumkin:
- voyaga 
yetmaganga 
jabrlanuvchidan 
uzr 
so'rash 
majburiyatini 
yuklash 
to'g'risida 
tuman 
(shahar) 
sudiga 
taqdimnoma kiritishi;
- ogohlantirib qo'yishi;
- 15 yoshga to'lgan voyaga yetmagan shaxs zimmasiga, 
agar u mustaqil ish haqiga ega bo'lsa va zarar miqdori 
belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo'lmasa, moddiy 
zaraming o'm ini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini 
yuklashi yoki belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq 
bo'lmagan 
moddiy zarami 
o'z 
mehnati 
bilan 
qoplash 
majburiyatini yuklashi;
- 16 yoshga to'lgan va mustaqil ish haqiga ega bo'lgan 
voyaga yetmagan shaxsga O'zbekiston Respublikasi M a’muriy 
javobgarlik to'g'risidagi kodeksida, Qoraqalpog'iston Respub­
likasining davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlari 
chiqargan hujjatda, viloyatlar va Toshkent shahar davlat 
boshqaruvi oiganlari qarorlarida ko'zda tutilgan hollarda va 
miqdorlarda jarima solishi;
- voyaga yetmagan shaxsni o'z ota-onasi yoki ular o'm ini 
bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, 
shuningdek, ulaming roziligi bilan mehnat jamoasi yoki jam oat 
tashkiloti kuzatuviga topshirishi;
Har bir aniq holat bo'yicha qabul qilingan ta’sir choralari 
to'g'risida komissiyalar voyaga yetmaganning yashash, o'qish 
yoki ish joyi bo'yicha huquqni buzishning oldini olish 
bo'linmalari tomonidan voyaga yetmaganlarning huquqbuzar- 
ligining oldini olish ishlarini ta’minlash uchun ichki ishlar
82


organlarining tegishli hududiy organlarini xabardor qilishga 
majburdir. Ta’sir ko'rsatish choralari qo‘llanilayotganida tuman 
(shahar) komissiyasi huquqbuzarlik holatining xususiyatini va 
sabablarini, voyaga yetmagan shaxsning yoshini va uning hayot 
tarzi, oilaviy sharoitlarini, uning huquqbuzarlik qilishda qay 
darajada ishtirok etganligini, shuningdek, uning turmushdagi, 
maktabdagi va ishdagi xulq-atvorini, albatta, hisobga olishi 
lozim.
Komissiyaning voyaga yetmaganlar shaxsini ogohlantirish 
to'g'risidagi qarori bir yil mobaynida amal qiladi. Basharti ta’sir 
ko'rsatish chorasi qo'llanilgan voyaga yetmagan shaxs ana shu 
muddat ichida yangi huquqbuzarlik sodir etmasa, ta’sir 
ko'rsatish chorasi tugallangan, deb hisoblanadi. Ta’sir ko'rsatish 
chorasini qo'llagan komissiya o'z qaroriga binoan, basharti ana 
shunday ta ’sir ko'rsatish chorasi qo'llanilgan voyaga etmagan 
shaxs namunali axloqi bilan o'zining tuzalganligini ko'rsatgan 
taqdirda, jazoni bir yil o'tmasdan ham olib tashlashi mumkin.
Komissiyaning voyaga yetmagan shaxsni o 'z ota-onasi, ular 
o'rnini bosuvchi shaxslar yoki jamoat tarbiyachilari nazoratiga 
yoxud mehnat jamoasi, jamoat tashkiloti kuzatuviga topshirish 
to'g'risidagi qarorining amal qilish muddati, basharti voyaga 
yetmagan shaxs o'zining namunali axloqi va ishga hamda 
o'qishga bo'lgan halol munosabati bilan o'zining tuzalganligini 
isbot etsa, mazkur shaxslar yoki tashkilotlar iltimosiga binoan 
istalgan vaqtda bekor etilishi mumkin.
16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan shaxslar mustaqil ish 
haqiga ega bo'lmasa, jarima ulaming ota-onalaridan yoki ular 
o'rnini bosuvchi shaxslardan undirilishi mumkin.
Komissiyaning qarori bilan solingan jarima Xalq banki 
muassasasiga to'lanadi.
Jarima muddatida to'lanmagan taqdirda, komissiyaning 
jarima solish to'g'risidagi qarori jarima summasini fuqarolik- 
protsessual qonunchiligi bilan belgilangan qoidalarga muvofiq 
shunday jarima solingan shaxsning ish haqidan yoki boshqa 
maoshidan, nafaqa yoki stipendiyasidan majburiy tartibda 
ushlab qolish uchun yuboriladi.
83


Bashani jarim a solingan shaxs ishlamayotgan ho'Isa yoki 
solingan jarim ani boshqa sabablarga ko'ra uning ish haqidan 
yoki boshqa maoshidan, nafaqa yoki stipendiyasidan undirib 
olishning iloji bo'lm asa, jarima komissiyaning qarori asosida 
undiruvni huquqbuzam ing shaxsiy mol-mulkiga. shuningdek, 
umumiy mulkdagi uning ulushiga qaratish yo'li bilan tum an 
(shahar) sudi sud ijrochisi tom onidan undiriladi.
Tarbiya koloniyasidan ozod bo'lib qaytgan voyaga yetmagan 
shaxs istiqomat qilayotgan joydagi komissiya mazkur shaxs 18 
yoshga yetgunga qadar uni ishga yoki o'qishga joylashtirish 
choralarini ko'radi va uning axloqini nazorat qilib boradi.
Ozod bo'lgan voyaga yetmagan shaxsning o'z ota-onasi yoki 
ular o'm ini bosuvchi shaxslar huzuriga qaytishiga ularning 
yqligi yoxud ota-onalik huquqidan yo vasiylik huquqidan 
mahrum etilganligi munosabati bilan imkon bo'lmasa, ozod 
bo'lgan ana shu voyaga yetmagan shaxsning ilgari yashab kelgan 
joyidagi komissiya koloniya ma’muriyatining taqdimi bilan uni 
ixtisosiga muvofiq keladigan ishga yoki o'qishga joylashtirish, 
shuningdek unga tegishli uy-joy bilan ta’minlash va maishiy 
sharoitlar yaratib berish choralarini ko'radi.
Tarbiya koloniyasidan ozod bo'lgan voyaga yetmagan 
shaxsni tarbiyasi nuqtai-nazaridan ilgarigi istiqomat joyiga 
yuborish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan favqulodda 
hollarda uni ishga joylashtirish koloniya ma’muriyatining 
taqdimi bilan shu tarbiya koloniyasi joylashgan komissiya 
tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya koloniyadan ozod bo'lgan voyaga yetmagan 
shaxsni u yordam so'rab murojaat qilgan kundan boshlab 10 
kun muddatdan kechiktirmay ishga yoki o'qishga joylashtirish 
masalasini hal qilishi shart.1
Majburlov choralarini qo'llagan holda jinoiy jazodan ozod 
qilish faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Majburlov 
chorasini qo'lash uchun quyidagi shartlar mavjud bo'lishi kerak:
1
Vazirlar M ahkam asining «Voyaga yetm aganlar ishlari bo'yicha komissiya 
faoliyatini takom illashtirish haqida* 2000-yil 21-sentabrdagi 360-sonli Qarorining 
23-bandi.
84


1) jinoyat 
sodir etish 
vaqtida shaxsning 
18 
yoshga 
to'lmaganligi;
2) uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni birinchi marta yoki 
ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatni takroran sodir etgan 
bo'lsa;
3) shaxsni jazo chorasini qo'llamasdan turib tarbiyalash 
mumkin bo'lsa;
4) o'z yoshiga nisbatan rivojlanish darajasi ancha orqada 
qolgan bo'lsa va o'z qilmishining xususiyatini anglab etmagan 
bo'lsa.
Sud voyaga yetmagan shaxsning aqliy rivojlanganlik 
darajasini 
aniqlash maqsadida sud-psixatrik 
ekspertizasini 
tayinlaydi va ekspertiza xulosasiga muvofiq jinoiy jazodan 
majburlov choralarini qo'llash orqali ozod qilish masalasini xal 
qiladi.
Majburlov choralarini qo'llab, jazodan ozod qilishda sud 
yuqoridagi shartlardan tashqari aybdoming shaxsi, jinoyatning 
xususiyati (vaqti, joyi, sharoiti, usuli, aybning shakli, jinoyatning 
motiv va maqsadi, yetkazilgan zaraming miqdori)ni e’tiboiga 
olishi mumkin.
Voyaga yetmaganlami jazodan ozod qilish ulami jinoiy 
javobgarlikdan ozod qilishga o'xshasada, undan farq qiluvchi 
qatiy talab va chegaralarga ega. Voyaga yetmagan shaxsni faqat 
sud tomonidan;
1) voyaga yetmagan shaxs birinchi marta ijtimoiy xavfi 
katta yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etgan bo'lsa;
2) tarbiyaviy xususiyatdagi majburlov chorasini qo'llash 
bilan jazodan ozod qilinadi.
Voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilish sud 
tomonidan shaxsni aydor, deb topish orqali hukmda jazo 
tayinlamasdan amalga oshriladi, ammo majburlov chorasi 
belgilanadi.
O'z xususiyatiga ko'ra 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling