O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi “yengil sanoat va to’qimachilik” fakulteti “tabiiy tolalar” kafedrasi


TIKUV MASHINALARI TO’G’RISIDA UMUMIY MA`LUMOT


Download 157.6 Kb.
bet2/7
Sana07.03.2023
Hajmi157.6 Kb.
#1245201
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Masaitov ilhomjon sultonov

TIKUV MASHINALARI TO’G’RISIDA UMUMIY MA`LUMOT

  1. Tikuv mashinalarining vazifalari va yaratilishi

Kiyim kechak tikish, buyumlarni bezash (choklar hosil qilib naqsh tushirish), ularni qavish va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan mashina. Tikuv mashinasini birinchi marta 1755 yilda ingliz ixtirochisi Ch.F. Veyzental ixtiro qilgan. Nemis ixtirochisi I. M. “827” (Rossiya) Tikuv mashinasini takomillashtirdi (1851), shundan soʻng sanoatda keng qoʻllanila boshladi. Tikuv mashinasi choklaydigan, tugma qadaydigan, tepchiydigan (koʻklaydigan) va h.k., qoʻlda, oyoqda va elektr bilan harakatlanadigan, mokili va mokisiz, bir va koʻp ignali xillarga boʻlinadi. Ishlash prinsipiga qarab, universal (turli operatsiyalarni bajaradigan) va maxsus (bitta operatsiyani bajaradigan) Tikuv mashinasi boʻladi (mas., tugma kadash mashinasi). Universal Tikuv mashinasining eng koʻp tarqalgani bir ignali, mokili choklovchi mashinadir. Bular sanoat va uyroʻzgʻorda keng ishlatiladi. Koʻp ignali Tikuv mashinasilari ichida ikki ignalisi koʻproq qoʻllaniladi. Choklarni payvandlab va yelimlab biriktiruvchi tikuv mashinasilari ham bor. Tikuv mashinasidan tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, galanteriya sanoati va uyroʻzgʻorda foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda vazifasi va tuzilishi jihatidan turli xil bo‘lgan, fan va texnikaning oxirgi yutuqlariga asoslanib yaratilgan, zamonaviy texnologiya talablariga javob beruvchi, avtomatlashtirilgan va elektron boshqaruvli tikuv mashinalari ishlab chiqarilmoqda. Horijiy mashinalardan keng miqyosda qo`llanilmoqda. Ulardan Belarussiyaning “Orsha”, Germaniyaning “Pfaff”, Rossiyaning “827”, Yaponiyaning “Juki”, Chexiyaning “Minerva”, Germaniyaning “Zinger” va boshqa firmalarni tikuv mashinalari keng qo`llanib kelinmoqda.
Bahyaqator hosil bo‘lish jarayonida iplar chalishish xarakteriga qarab tikuv mashinalari ikki guruhga bo‘linadi:
- moki bahyali tikuv mashinalari;
- zanjirsimon bahyali tikuv mashinalari.
Moki baxyaqatori kam cho‘ziluvchanligi va puxtalik xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun, moki bahyali tikuvchi mashinalari asosan qalin gazlamalarni tikish uchun mo‘ljallangan.
Zanjirsimon bahyaqator hosil qilib tikuvchi mashinalar cho‘ziluvchan trikotaj gazlamalarni tikishga va kiyim detallarini vaqtinchalik birlashtirishga mo‘ljallangan (talaba o‘z mavzusiga doir to‘liq ma’lumotni boshqa manbalardan foydalanib to‘ldiradi).


    1. Download 157.6 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling