O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi “yengil sanoat va to’qimachilik” fakulteti “tabiiy tolalar” kafedrasi


Download 157.6 Kb.
bet5/7
Sana07.03.2023
Hajmi157.6 Kb.
#1245201
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Masaitov ilhomjon sultonov

Ostki igna mexanizmi. Val 17 ga ikkita tirak vint yordamida tishli g`ildirak (7.3-rasm) 16 mahkamlanib, unga val 13 ga ikkita tirak vint yordamida mahkamlangan tishli g`ildirak 14 ilashadi (i=1:1). Val 13 tirak vint yordamida mashina platformasining bo’rtig`iga mahkamlangan vtulkada aylanadi. Val 13 ning chap tomondagi uchiga krivoship 1 presslangan bo’lib, bu krivoshipning barmog`iga richak 7 yo’naltirgichiga kiritilgan polzun 2 kiydirilgan. Gayka 5 yordamida ramka 3 ga mahkamlangan vintli shpilka 4 ga richag 7 materiallarni surish mexanizmining richagi bilan birga kiydiriladi. Richag 6 ga ikkita qisuvchi vint 9 yordamida reyka 11 mahkamlanadi. Richag 7 ning teshigiga tirak vint 28 yordamida mahkamlangan ostki igna 27 kiritilgan.
Igna 27 ni qaytma-tebranma harakatlantirish uchun mashinada krivoship-kulisali mexanizm ishlatilgan.Tishli g`ildirak 14 soat mili yo’nalishida aylanganda val 13 bilan krivoship 1 ham o’sha tomonga aylanadi, vertikal tekislikda davriy tebranma harakat qiladi.
Igna 27 ning o’z vaqtida vertikal harakatlanishini tishli g`ildirak 14 ning vintlari bo’shatilgandan keyin krivoship 1 ni burib rostlanadi.
Ostki chalishtirgich mexanizmi. Ostki chalishtirgich 8 mashina platformasining ko’ndalangiga tebranma harakat qiladi. Val 17 ga ikkita tirak vint yordamida kulachok 15 mahkamlanib, unga prujina ta’sirida koromislo 20 qisilib turadi. Koromislo 20 mashina platformasining bo’rtig`iga tirak vint 23 yordamida mahkamlangan vtulka 22 da tebranma harakatlanadigan val 26 ga tortish vinti 21 yordamida mahkamlanadi.

7.3-rasm. Ostki igna va chalishtirgich mexanizmi

Val 26 ning chapdagi uchiga tortish vinti 25 yordamida tutkich 24 mahkamlanib, ustki tomondan tutgichining teshigiga ostki chalishtirgich 8 kiritilib, tirak vint 10 yordamida mahkamlanadi.


Kulachok 15 ta’sirida koromislo 20 vertikal tekislikda qaytma-tebranma harakatlanadi.
Chalishtirgich 8 ning uchi igna yoniga vaqtida yetib kelishini kulachok 15 ning ikkita vintini bo’shatgandan keyin bosh valni burib rostlanadi. Bunda ostki igna eng ostki holatidan 2 mm yuqoriroqda bo’lishiga erishmoq kerak.
Igna bilan chalishtirgich 8 ning uchi orasidagi 0,02-0,05 mm ga teng masofa, shuningdek chalishtirgich uchining igna ko’ziga nisbatan holati vint 10 ni bo’shatgandan keyin chalishtirgichni burib yoki uning o’qini surib rostlanadi, yoxud vint 25 bo’shatilgandan keyin tutgich 24 ni burab rostlanadi.

Download 157.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling