Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi yosh mutaxassisni malaka amaliyotini oʻtash va kelgusida ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish toʻGʻrisida shartnoma №
Download 76 Kb.
|
Amaliyot shartnomasi 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOMONLARNING MAJBURIYATLARI 2.1. QDPI
SHARTNOMANING PREDMETI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini oʻtash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 202-sonli buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida amalyotchi-talabani malaka amaliyotini oʻtashi, oliy ma’lumotga ega boʻlgan yosh mutaxassis (bakalavr)larning intellektual salohiyatidan unumli foydalanish va ularni ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI 2.1. QDPI: - malaka amaliyotini oʻtash joylariga talabalarni taqsimlashda ishtirok etish; - malaka amaliyotiga ketayotgan talabalarga oldindan malaka amaliyoti oʻtkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida zarur koʻrsatmalar va yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish; - zaruriyatga muvofiq Qabul qiluvchi tashkilotga malaka amaliyoti boshlanishidan oldin borib, talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik ishlarini tashkil etish; - malaka amaliyotining butun davri uchun talabalarga malaka amaliyoti dasturi asosida reja-jadvalini tuzish, qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilash; - talabalarni malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi bilan ta’minlash; - talabalarning malaka amaliyoti oʻtash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qilish; - qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari bilan talabaning malaka amaliyotini oʻtashi holati boʻyicha muntazam ravishda aloqada boʻlish; - malaka amaliyoti muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek, malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi bajarilishini hamda kundalikni har kunlik toʻldirishini nazoratini olib borish, uslubiy yordam koʻrsatish ishlarini, zarur hollarda, talabalarning malaka amaliyoti oʻtash joylariga borib koʻrish yoʻli bilan amalga oshirish; - talabalarning malaka amaliyoti hisobotini yozishga koʻrsatma va tavsiyalar berish; - talabalarning malaka amaliyoti boʻyicha hisobot himoyasida ishtirok etish va baholash; - malaka amaliyotini oʻtashni takomillashtirish yuzasidan zarur hollarda oʻz taklif va mulohazalarini kafedra mudiriga (fakultet va oliy ta’lim muassasasi Kengashida koʻrib chiqish uchun) taqdim etish; - professor-oʻqituvchining malaka amaliyotiga rahbarlik qilganligi oliy ta’lim muassasasi rektorining malaka amaliyoti oʻtash boʻyicha buyrugʻi, talabaning malaka amaliyoti kundaligi, hisoboti va malaka amaliyoti uchun baho qoʻyilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi. Download 76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling