O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Natijalarni qayta ishlash va baholash
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‟QUV MOTIVINI BAHOLASH METODIKASI
Natijalarni qayta ishlash va baholash.
Natijalar quyidagi kalit yordamida qayta ishlanadi: «to‘g`ri», «to‘g`ri, shekilli» - 1, 2, 5, 6, 8, 11, 12, 14, 17, 19. «noto‘g`ri», noto‘g`ri shekilli» - 3, 4, 7, 9, 10, 13, 15, 16, 18, 20. Kalitga mos kelgan har bir holat uchun 1 balldan qo‘yiladi. Barcha ballar yig`indisi qanchalik katta bo‘lsa, tegishli fanni o‘rganishda ichki motivatsiya shunchalik baland bo‘ladi. Ballar yig`indisi qanchalik kichik bo‘lsa, ichki motivatsiya darajasi shunchalik sust bo‘ladi. Umumiy natijalarni baholashda quyida keltirilgan me`yoriy ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin: 0 – 10 ball – tashqi motivatsiya ustun; 11 – 20 ball – ichki motivatsiya ustun. Ichki motivatsiya darajasini baholash uchun quyidagi me`yoriy ko‘rsatkichlarga tayanish mumkin: 0 – 5 ball – ichki motivatsiya past darajada; 6 – 14 ball – ichki motivatsiya o‘rta darajada; 15 – 20 ball – ichki motivatsiya yuqori darajada. Eslatma: ilmiy tadqiqot o‘tkazish maqsadida birlamchi («xomaki») natijalardan foydalanish tavsiya etiladi. Metodika manbasi: Dubovitskaya T.D. K probleme diagnostiki uchebnoy motivatsii. Voprosы psixologii. – 2005. – S 73 – 78. O‟QUV MOTIVINI BAHOLASH METODIKASI Mazkur metodika 6 – 8 yoshdagi bolalarning o‘quv motivatsiyasi, maktabga bo‘lgan munosabati, o‘qish bilan bog`liq vaziyatga nisbatan emotsional reaktsiyasini aniqlashga qaratilgan. (metodika N.G.Luskanova tomonidan taklif etilgan). Anketa savollari. 1. Senga maktab yoqadimi yoki unchalik yoqmaydimi? - unchalik yoqmaydi. - yoqadi - hecham yoqmaydi. 2. Ertalab uyg`onib, doim xursandchilik bilan maktabga kelasanmi yoki ko‘pincha uyda qolishni istaysanmi? - ko‘pincha uyda qolishni istayman - ba`zida borishni, ba`zida qolishni istayman - xursandchilik bilan maktabga boraman 3. Agar o‘qituvchi ertaga xohlaganlar kelib, xohlaganlar kelmasligi mumkin desa, sen maktabga borarmiding? - bilmadim - uyda qolardim - maktabga borardim 4. Biror bir dars bo‘lmasligi senga yoqadimi? - yoqmaydi - ba`zida yoqadi, ba`zida yoqmaydi - yoqadi 5. Uy vazifalaring yo‘q bo‘lishini xohlarmiding? - xohlardim - xohlamasdim - bilmadim 6. Maktabda faqat tanaffus bo‘lishini xohlarmiding? - bilmadim - xohlamasdim - xohlardim 7. Sen ota- onangga maktab haqida ko‘p gapirib berasanmi? - ko‘p gapirib beraman - kam gapirib beraman - umuman gapirib bermayman. 8. O‘qituvching o‘rniga boshqa mehribonroq o‘qituvchi kelishini xohlarmiding? - bilmadim - xohlardim - xohlamasdim 9. Sinfda o‘rtoqlaring ko‘pmi? - kam - ko‘p - umuman yo‘q 10. Senga sinfdoshlaring yoqadimi? - yoqadi - unchalik yoqmaydi - yoqmaydi. Eslatma: mazkur anketa individual tashxis davomida ham, guruhiy tashxis maqsadida ham qo‘llanilishi mumkin. Natijalarni qayta ishlash uchun quyidagi kalitdan foydalaniladi. Savollar 1-javob uchun ball 2-javob uchun ball 3-javob uchun ball 1 1 3 0 2 0 1 3 3 1 0 3 4 3 1 0 5 0 3 1 6 1 3 0 7 3 1 0 8 1 0 3 9 1 3 0 10 3 1 0 Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling