II. O„z-o„ziga ishonch
Bu shkala bo‗yicha yuqori ball (8–10 ball) to‗plagan bola past xavotirlikka ega.
Bu shkala bo‗yicha past balli (1–3 ball) bola o‗ziga ishonadi va tez xafa bo‗ladi, arazlaydi.
Bunday shaxs xususiyatining pastligi aniqlangan bolalar o‗z muvaffaqiyatsizliklariga qattiq
e‘tibor beradi, boshqalarga nisbatan o‗zini kam qobiliyatli, kuchsiz deb hisoblaydi, o‗z his-
tuyg‗ularini yomon nazorat qiladi, yangi muhit va turmush sharoitlariga moslashishi qiyin
kechadi.
Bu shkala bo‗yicha yuqori natijaga ega bo‗lganlar – yaxshi ijtimoiy moslashuvchan bolalardir.
III. Hissiy barqarorlik
Bu shkala bo‗yicha yuqori ball (8–10 ball) to‗plagan bola – chidamli, sabr-toqatli, tez
qo‗zg‗aluvchan va ta‘sirchandir.
Past balli bolalar esa (1–3 ball) ko‗pincha xotirjam, bosiq, kam kuzatuvchan va
flegmatiklardir.Kuchli ta‘sirlanadigan bolalarning diqqat-e‘tibori bir joyda turmaydi, tez harakat
qilib turadi.Bu sifat bo‗yicha past baholanganlar esa bosiqlik va muvozanatlilik bilan ajralib
turadilar.
IV. Mustaqillik
Bu shkala bo‗yicha Yuqori natijaga ega bola (8–10 ball)–mustaqil, hech kimga tobe
bo‗lmaydigan, o‗z aytganida turadigan, atrofdagilardan ustun bo‗lishga harakat qiladigan
bolalardir.
Past ko‗rsatkichli bola esa (1–3 ball)–ko‗proq tavakkal qiladi va loqayddir.
V. Fahm-farosat
Bu ko‗rsatkich bo‗yicha Yuqori natija egalari (8–10 ball)–jiddiy, ehtiyotkor, aqlli-zakovatli, turli
xulosa chiqara oladigan bolalardir.
Past ko‗rsatkichlilar (1–3 ball) esa – tavakkal qiluvchilar, loqaydlar. Ular mas‘uliyatsiz,
avantyurist, o‗ziga yuqori baho beruvchilardir.
Yuqori ball to‗plagan bolalar esa o‗zlarini yaxshi tutishadi, xavf-xatardan yiroq Yurishga harakat
qilishadi.
VI. Vijdonlilik
Bu shkala bo‗yicha yuqori baholi (8–10 ball) bolalar – vijdonli, samimiy, buyurilgan ishni vaqtida
bajaradigan, ma‘suliyatlidirlar.
Past ko‗rsatkich egalari esa —vijdonsiz, ma‘suliyatsiz bolalardir.
Shaxsning bu xususiyati insonlarning Yurish-turish qoidalari normalarini bola qanday qabul
qilayotganini aks ettiradi. Odatda bu shkala bo‗yicha past ko‗rsatkichga ega bo‗lganlar ishonch
qozona olmaydigan, o‗qituvchi va ota-onalar bilan tez-tez urishib turadigan bolalar hisoblanadi.
Yuqori ballilar esa tartib-intizomli, ma‘suliyatni chuqur his qiluvchilardir.
VII. Dadillik
8–10 ball yuqori ko‗rsatkich – jasur, qat‘iyatli, tez qarorga keladiganlarga xos, 1–3 balli past
ko‗rsatkich egalari – uyatchan, o‗z ish va harakatlarida ikkilanadiganlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |