O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

VIII. Uddaburonlik 
Bu shkala bo‗yicha yuqori ballilar (8–10 ball) – xayolparast, uquvsiz, «haqiqatdan yiroqda» 
Yuruvchilardir. 
Bu shkala bo‗yicha past ballilar (1–3 ball) – aksincha, realist, uddaburon, o‗ziga 
ishonadiganlardir. Bunday bola ko‗pincha o‗zini mustaqil tutadi, birovdan yordam kutmaydi, 


aksincha, Yuqori ballilar esa ishonuvchan, laqma, birovlarning qo‗llab-quvvatlashiga muhtoj, 
muhit ta‘sirlariga beriluvchandir. 
IX. Optimizm 
Yuqori baholi (8–10 ball) bola ko‗pincha past kayfiyatda yuradi, qalb xotirjamligidan tez chiqadi. 
Past baholi (1–3 ball) bola esa, odatda, xotirjam va tushkunlikka kam beriladi. 
X. O„z-o„zini nazorat 
Yuqori balli (8–10 ball) bolalar o‗z xulq-atvorini yaxshi nazorat qiladi, ijtimoiy jihatdan 
moslashuvchandir. 
Shaxsning bu xususiyati bo‗yicha past ballar (1–3 ball) o‗z xulq-atvorini idora qila olmaslikdan 
dalolat beradi. 
XI. Xotirjamlik 
Bu shkala bo‗yicha yuqori ko‗rsatkichli (8–10 ball) bola yuqori darajadagi asab tarangligi bilan 
ajralib turadi. 
Past balli bola esa (1–3 ball), odatda, xotirjam va kam qo‗zg‗aluvchandir. 
Kettel testining bolalar varianti savolnomasi 110 savoldan iborat bo‗lib, ular bolaning boshqa 
odamlar bilan munosabati va hayotining turli tomonlariga aloqadordir. Unda bevosita va bilvosita 
savollar bor, bu savollar sinaluvchining shaxsiyatiga, boshqa sifatlariga ham tegishli. 
Har bir test savoliga ikkitadan javob berilgan, ularning bittasini tanlash kerak bo‗ladi. 
Savolnoma 55 savoldan iborat bo‗lib, 2 qismga bo‗lingan. Undagi barcha 11 ta shkala 10 tadan 
fikr(har birida 5 tadan)ni o‗z ichiga olgan va har bir javob 1 ball bilan baholanadi. Har
bir shkala 
bo‗yicha olingan ballar yig‗indisi jadval yordamida 10 ballik baho shkalasiga o‗tkaziladi. 
1 va 10 ballar amaliyotda kam uchraydi, chunki ular favqulodda uchraydigan xususiyatdir. 
Bu metodika bo‗yicha psixologik tashxisni yakka va guruh holatida o‗tkazish mumkin. Guruhda 
psixologik tashxis o‗tkazish uchun har bir bolaga alohida savollar ro‗yxati beriladi. Ular o‗g‗il 
bola va qiz bolalar uchun alohida bo‗ladi. Javoblar uchun ham blankalar tarqatiladi. 
Dastlab sinaluvchilarga quyidagi ko‗rsatma beriladi. ―Hurmatli bolalar!. Biz bu metodika 
yordamida Sizning xarakteringizni o‗rganamiz, shuning uchun bir qator savollarga javob 
bershingizni so‗raymiz. Ular oldingizda turibdi yoki Sizga o‗qib eshittiriladi. Bu savollarga 
«to‗g‗ri» va «noto‗g‗ri» javoblar yo‗q, ular ahamiyati jihatidan bir xil. Har biringiz o‗zingizga 
ko‗proq mos keladigan javobni tanlashingiz kerak. Hamma savollar ikki qismdan iborat bo‗lib, 
ular bir-biridan yoki so‗zi bilan ajralib turadi. Savol bilan tanishib, o‗zingizga ko‗proq mos 
keladigan javobni tanlashingiz kerak. So‗rov varaqasida har bir nomer ro‗parasida 2 ta kvadrat 
bor. Siz javobingizning o‗ng yoki chap tomonda joylashganligi bo‗yicha mos keladigan kvadratga 
plyus ishorasini qo‗ying. Agar savolga mos javobingiz bo‗lmasa, o‗ylab, ikki javobdan o‗zingizga 
yaqinrog‗ini tanlang. Savolni tashlab ketish berilgan 2 ta javobdan birini tanlamaslikka ruxsat 
etilmaydi‖. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling