O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Shaxs psixodiagnostikasida qo„laniluvchi metodik vositalarning turlari


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

8.2. Shaxs psixodiagnostikasida qo„laniluvchi metodik vositalarning turlari
Shaxs psixodiagnostikasida psixologiyaning barcha metodlaridan foydalanish mumkin, 
ya`ni kuzatish, eksperiment, test, suhbat, anketa, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya
metodlari. Ular orasida ko‘proq so‘rovnoma va test metodlaridan foydalanish keng tarqalgan. 
Bolalar psixodiagnostikasi ixtiyorida faqat maxsus proektiv metodlar, ya'ni bolaning Yutuqqa 
erishish motivlari va xavotirlanish holatlarini o‗rganish metodlari mavjud shaxs sifatlarini 
baholashda ekspert baholash metodlaridan foydalanish mumkin. Bunda ekspert sifatida bolani 
yaxshi biladigan kattalar, tarbiyachilar, ota-onalar maydonga chiqadi. Faqat ana shunday tarzda 
bolaning shaxs sifatlariga baho bera olish imkoniyatlariga ega bo‗lamiz. 
«Men kimman» metodikasi 


Ushbu metodika yordamida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning o‗z-o‗zini baholashi 
tashxislanadi. Tadqiqotchi 10 xil shaxs sifatlari haqida savol berib, qaydnomada belgilab boradi 
va ular ballarga aylantiriladi.
Natijalarni baholash 
«Ha» shaklidagi javoblar 1 ball bilan, «Yo‗q» shaklidagi javoblar 0 ball bilan baholanadi. 
«Bilmayman» va «Ba'zan» javoblariga 0,5 ball beriladi. Bolaning o‗z-o‗zini anglashi umumiy 
ballar yig‗indisi bilan aniqlanadi. 
Bola taraqqiyoti haqida xulosa: 
10 ball – juda Yuqori
8-9 ball – Yuqori
4-7 ball – o‗rtacha
2-3 ball – past
0-1 ballgacha – juda past
№ 
Shaxs sifatlarini sharhlash 
Og„zaki javoblar shkalasini baholash
Ha 
Yo„q
Ba'zan 
Bilmayman 

Yaxshi

Mehribon 

Aqlli 

Tartibli 

Gapga kiruvchan

E'tiborli 

Muloyim 

Qobiliyatli 

Mehnatsevar 
10 
Rostgo‗y

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling