O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
Galton(1879)
Psixologik diagnostikaning vujudga kelishida Keyinchalik psixodiagnostikada yangi metodlar yaratilishi bilan birga birlashtirilgan (kombinatsiya qilingan) testlar qo‗llanila boshlandi. Masalan, aqlni o‗rganish metodlari orasida amerikalik psixolog D.Wechsler(1939, 1955)ning subtestlari keng tarqaldi. Yangi proektiv metodlar ham yaratilib, keng foydalanila boshlandi. (Amerikalik psixolog G.Murray(1935, 1943)ning Tematik Appertseptsion Testi (TAT), nemis psixologi S.Rosenswegning frustratsiyaga bo‗lgan reaktsiyani o‗rganish bo‗yicha testi va boshqalar.) Shaxsiy savolnomalar (MMRI, 16 PF) keng tarqaldi. 2.3.Sobiq ittifoqda psixodiagnostika va eksperimental psixologaya fanining taqdiri Rus psixologiyasida diagnostik metodlardan foydalanish o‗z tarixiga ega. Bu jarayonda shartli ravishda 2 bosqichni ajratish mumkin. Birinchi bosqich o„tgan asr 20-yillarining boshidan 30 yillar o‗rtasigacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng tarqaldi. Bunga bog‗liq ravishda pedalogiya – bola haqidagi fan rivojlana boshlandi. Uning predmeti – bolalar hayotini o‗rganish, irsiyatning rolini, jismoniy va ma'naviy taraqqiyot qonunlarini aniqlash, bolalar psixikasida kasallik ko‗rinishlarini o‗rganishdan iborat (K.N.Kornilov, 1917). Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishiga M.S.Bernshteyn, L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.G.Gellershteyn, N.D.Levitov, G.I.Rossolimo, P.I.Shpilreyn, A.M.Shubert va boshqalar katta hissa qo‗shdilar. Olimlar tomonidan ilgari surilgan qator ilg‗or fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi, chunki 1936 yildan keyin bu sohadagi barcha tadqiqotlar to‗xtatildi va psixodiagnostikaning keyingi rivojlanishiga jiddiy to‗siq Yuzaga keldi. Mashhur rus psixologi L.S.Vigotskiy shaxs psixik taraqqiyoti xususiyatlarini o‗rganishga muhim hissa qo‗shdi. Uning ta'limoti insonga xos bo‗lgan psixik jarayonlar va inson ongining tarixiy rivojlanishiga bag‗ishlandi. Uning fikricha, bolalar psixik taraqqiyoti insoniyat madaniyatini o‗zlashtirishi natijasida ro‗y beradi. Bunda shaxs shakllanishida ta'lim va tarbiya jarayonlari etakchi rol o‗ynaydi. Psixodiagnostikaning rivojlanishidagi ikkinchi bosqich 50 – 60-yillarga to‗g‗ri keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni o‗rganishga katta e'tibor berildi. Jumladan, A.A.LYublinskaya tadqiqotlarida nutq va uning funktsiyalarining rivojlanish xususiyatlari o‗rganilgan. A.R.Luriya rahbarligida faoliyatni boshqarishda nutqning roli o‗rganildi. A.N.Leont'ev va A.V.Zaporojets rahbarligida asosiy psixik jarayonlarning rivojlanishida faoliyatning roli o‗rganilgan. D.B.Elkonin rahbarligida nutqning rivojlanishi va bog‗cha davrida o‗yinning etakchi faoliyat turi sifatidagi roli aniqlandi. Bu tadqiqotlardan olingan natijalar bolalar uchun ta'lim va tarbiya dasturlarini tuzishda asos bo‗lib xizmat qildi. Rus psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan aqliy taraqqiyotni sifatiy tahlil qilish tamoyili qator vazifalarni hal qilishda o‗z mahsuldorligini namoyon qildi va ko‗pgina Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling