O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


  “Rorshax siyoh dog„lari” proektiv metodikasi


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

9.3. 
“Rorshax siyoh dog„lari” proektiv metodikasi
 
Metodika 1921 yilda G.Rorshax tomonidan yaratilgan bo‘lib, eng mashhur proektiv 
metodikalardan biri hisoblanadi. Ushbu metodikada qo‘zg`atuvchi material 10 nafar oq-qora va 
rangli bo‘lgan simmetrik, lekin aniq tuzilishga ega bo‘lmagan tasvirlardan iborat. Sinaluvchiga
har bir tasvir ko‘rsatilib, u nimaga o‘xshashi haqidagi savolga javob berishlari lozim. Sinaluvchi 
aytgan barcha gaplar so‘zma-so‘z yozib boriladi. Tasvir ko‘rsatilganidan sinaluvchi javob bera
boshlagan vaqt e`tiborga olinadi. Tadqiqot eksperimentator tomonidan assotsiatsiya hosil qilgan 
tasvir detallarni aniqlashtirish uchun savollar berish bilan yakunlanadi. 
Har bir javob quyidagi besh kategoriya bo‘yicha qayta ishlanadi: 
1) lokalizatsiya (butun tasvirni yoki uning ayrim qismlarini javob uchun tanlash);2) 
determinantlar (javob berish uchun tasvir shakli, rangi va boshqalar foydalanilishi mumkin); 3) 
shakl darajasi ( tasvir shakli javobda qanchalik to‘g`ri baholangan, bunda mezon sifatida
ko‘proq berilgan javoblar olinadi); 4) mazmun (javob odamlar, hayvonlar va jonsiz narsalarga
taalluqli bo‘lishi mumkin; 5) originallik- ommaviylik (juda kam uchraydigan javoblar original
ommaviy deb 30% dan ko‘p sinaluvchilarning javoblarida uchraganiga aytiladi. 
G.Rorshaxning asosiy nazariy g`oyasi shundan iboratki, shaxsning faolligi ichki va tashqi
undovchilar bilan belgilanadi. Faollikning ustun turiga ko‘ra muallif introversiya va 
ekstratensiya tushunchalarini kiritadi. Ekstratensiv tip – bu shunday insonlarki o‘z xulq-atvori 
sabablarini ―Men‖ dan tashqarida izlaydi, introvertlar bo‘lsa o‘z xulq-atvori sabablarini ichki 
―Men‖dan izlaydi. Introversiya va ekstratensiya ko‘rsatkichlari orasidagi munosabatda Rorshax 
testidagi muhim ko‘rsatkich ―qayg`urish tipi ―aniqlanadi.Rorshax testlarining ishonchliligi va 
validligi 80-90 yillarda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarda isbotangan. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling