Testdan o‟tkazish natijalarini izohlash.
Belgilaganimizdek, tanlanish natijalarini izohlash usullaridan biri asosiy ranglarga baho
berishdir. Agar ular beshinchi pozitsiyadan keyingilarni egallasa, demak, ular ta`riflaydigan
xossalari, ehtiyojlari qoniqtirilmagan, shunday ekan, xavotir, salbiy holat o‘ringa ega.
Asosiy ranglarning o‘zaro bo‘lgan holati ko‘rib chiqiladi. Masalan, N I va 2 (ko‘k va sariq)
yonma-yon joylashsa ( funktsional guruhni tashkil qilib), ularning asosiy xislati ―ichkariga‖
sub`ektiv yo‘nalishi ta`kidlanadi.
2 va 3 ranglari yonma-yon (yashil va qizil) joylashsa muhtorlik, masalani echishda mustaqillik va
tashabbuskorlikni ko‘rsatadi. 3 va 4 (qizil va sariq) ranglarning birgaligi, boshqa yo‘nalishlari
ta`kidlanadi. 1 va 4 (ko‘k va yashil) ranglarning birikmasi sinalayotganlarning muhitga
qaramligining tasavvurlarini kuchaytiradi. 1 va 3 ( ko‘k va qizil) ranglarning bitta funktsional
guruhda birgaligi muhitga qaramlik va sub`ektiv yo‘nalishining (ko‘k rang) va muxtorlik,
―ichiga‖ yo‘nalish (qizil rang)ning g`animat balansi ta`kidlanadi. Yashil va sariq (2va4)
ranglarning birikmasi ―ichkariga‖ sub`ektiv yo‘nalishi, muxtorlik va qaysarlik ―tashqarisiga‖
yo‘nalishiga, muhitga qaramlikka qarama-qarshiligi sifatida ko‘riladi.
LYusherning fikricha, asosiy ranglar quyidagi psixologik ehtiyojlarni ifodalaydi:
1.
(Ko‘k) qoniqishga, xotirjamlikka, barqaror ijobiy mehribonlikka bo‘lgan ehtiyoj.
2.
(Yashil) o‘zini ta`kidlashga bo‘lgan ehtiyoj
3.
(Qizil) faol harakatga va niyatga erishish ehtiyoji.
4.
(Sariq) istiqbolga.
Ushbu mavzuda biz proektiv metodikalar, ularning turlari, Lyusher, Rorshax, Rozentsvey
proektiv metodikalari bilan tanishdik.
Laboratoriya mashg`uloti uchun topshiriqlar:
―Tugallanmagan gaplar‖ metodikasini 5 nafar sinaluvchida o‘tkazib, psixologik tahlil yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |