O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Tayanch tushunchalar:
Fabrikatsiya – ayrim ma‘lumotlarni qo‘shib tahlil qilish. 
Falsifikatsiya – tadqiqot natijalarini soxtalashtirish. 
Reorganizatsiya – tajribani noto‘g‘ri tashkil etish. 
Yangicha formulirovka – ma‘lumotlarni sharhlashda, izohlashda yangicha yondashuvning 
mavjudligi.
13.1.Xarom amallar: fabrikatsiya, falsifikatsiya 
Zamonaviy psixodiagnostik tushunchalarga va tadqiqotlarni tashkil etishga, natijalarni tahlil 
etishga alohida talablar qo‘yiladi. Ana shunday tushunchalarga qo‘yiladigan talablardan biri 
operasionalizasiya deb ataladi, ya‘ni mazkur tushuncha haqiqatdan ham tavsiflanayotgan 
xususiyatning barcha jihatlarini qamrab olishi kerak. 
Psixodiagnostik tushunchalarga qo‘yiladigan ikkinchi talab verifikasiya degan tushuncha bilan 
ifodalanadi. Verifikasiya talabiga ko‘ra, har bir tushunchani amaliyotda qo‘llash uchun u 
sinovdan, tekshiruvdan o‘tgan bo‘lishi kerak. 
Psixologik-pedagogik tajribalar tadqiqotning ishonchli vositasi bo‘lishi, uning yordamida ilmiy 
asoslangan ma‘lumotlar olish, amaliy jihatdan to‘g‘ri xulosalar chiqarish imkonini berishi uchun 
psixodiagnostik metodlar muayyan talablarga javob berishi kerak. 
Ilm fandagi g`irromlikning eng mashhur turi bu ma`lumotlar fabrikatsiyasi. 
Ba`zi―eksperementator‖ tajriba o‘tkazishning eng yaxshi yoki uni umuman o‘tkazmaslik ekanini 
juda yaxshi biladilar. Ular texnik ta`minot vositalarini tayyorlash, ishtirokchilarni jalb qilish, 
metodni tanlash, olinadigan natijalarni matematik-statistik tahlil qilish kabi o‘zlarini ortiqcha 
ovora qiluvchi ishlarni amalga oshirmaydilar. Ular bilishi zarur bo‘lgan yagona narsa bu – 
eksperimentni o‘tkazish tartibini to‘g`ri yoritib bera olish xalos. Bunday ―eksperimentatorlar‖
boshqa kasbni egallash haqida o‘ylab ko‘rsalar bo‘lar edi, chunki ular uzoq vaqt psixolog bo‘la 


245 
olmaydilar. Ta`lim olish jarayonida sizda ma`lumotlarni fabrikatsiyalash istagi Yuzaga kelishi 
mumkin, chunki vazifani topshirish muddati yaqin, siz esa hali tayyor emassiz. Bunday qilmang! 
Topshirilmagan ish uzog`i bilan sizning yomon baho olishingizga sabab bo‘lishi mumkin, 
soxtalashtirilgan ma`lumotlar esa sizni sharmandalarcha talabalar safidan chiqarilishingizgacha 
olib kelishi mumkin. Ilmda professionallar soxtalashtirilgan ma`lumotlarni kechirmaydilar.
1990 yillarning boshida Kammerer familiyali biolog orttirilgan xarakter xususiyatlari ham 
nasldan naslga o‘tishini isbotlamoqchi bo‘lgan, uning qarashlari Darvinning evolYutsiya 
nazariyasidan tubdan farq qilardi. Kammerer qora tuproqda o‘tli salamandera (fire salamanders) 
ning bir necha avlodini etishtirganini da`vo qilardi. Uning aytishicha, asli rangi qora, tanasida 
sariq dog`lari bor salamanderlarning sariq dog`lari kamayib, yana bu xususiyat keyiingi avlodga 
ham o‘tgan ekan. Kammerer olgan natijalardan shubhalangan boshqa bir olim Kammerer 
tekshirdim degan salamanderlarning buncha avlodini boqishga ketgan vaqtni uning hisobotlarida 
keltirilgan vaqt bilan solishtitib ko‘radi, qarasaki natijalar turlicha. Boshqa olimlar ham 
Kammererdan bu holatni tushuntirib berishini talab qildilar, bu hol 7 yildan so‘ng boshqa ikki 
olim tajriba vaqtida o‘rganilgan salamderlarning murdalarini tatqiq qilishga ruxsat olgunlariga 
qadar davom etadi. Ularning aniqlashicha salamanderlar tanasi qora tush bilan bo‘yalgan ekan. 
Kammererning o‘zi esa natijalarni qora ―yordamida‖ biroz yaxshilaganini ta`kidlagan. Ko‘p 
o‘tmay Kammerer o‘z joniga qasd qiladi. Olim uchun eng uyatli ish bu – ilmiy fanlar 
sistemasiga soxta yangiliklarni qo‘shishdir. Agar siz yomon tadqiqot o‘tkazgan bo‘lsangiz u 
holda insonlar bunga e`tibor bermasliklari mumkin, lekin agar siz aslida unday bo‘lmasada 
omadli tadqiqot o‘tkazdim desangiz unda shaxsan o‘zingiz va ilm fanning rivojlanishiga 
to‘sqinlik qilayotgan bo‘lasiz. Boshqa olimlar keladi va o‘z tadqiqotlarini sizning 
tadqiqotlaringiz natijalari asosida o‘tkazishga harakat qiladilar, kutilgan natija ololmagach, aslida 
ular haq bo‘lsalarda o‘zlarini nohaq qaerdadir xatolikka yo‘l qo‘yyapmiz deb o‘ylaydilar. Keyin 
ular asos sifatida olingan ishdagi xatolikni aniqlashga ortiqcha vaqt ketkazadilar, bundan tashqari 
o‘z tadqiqotlarini yana qaytadan loyihalashtirishga majbur bo‘lib qolishlari ham mumkin. 
Yuqoridagi g`irromlk qancha uzoq muddat noma`lumligicha qolsa, ilm fan shuncha ko‘p narsa 
yo‘qotadi. Agar ilm fandagi g`irromlik aniqlanmasa, u jamiyatdagi g`irromlikka olib kelishi 
Hech gap emas. Masalan, 1930 yillarning boshida rus ―olimi‖ T.D.Lisenko ham orttirilgan 
xususiyatlar nasldan naslga o‘tishi mumkin degan fikr tarafdori bo‘lgan (Lerner 1968). U o‘z 
nazariyasiga shu qadar ishonardiki, bir olam ma`lumotlarni soxtalashtirishgacha borib etdi. 
Lisenko tarafdorlari fantastik natijalarga erishayotganlarini da`vo qilib chiqdilar: sayroqi qush 
qo‘ygan tuxumdan kakku bolasining yorib chiqqani, lavlagining karamga aylanishi (ular isbot 
tariqasida soxta suratlardan foydalanganlar) va hakazo (Lerner 1968). Lisenkoning bu o‘ta 
odobsiz harakati nafaqat ilm fan balki bevosita jamiyatga ham zarar etkazgan. Shaxsan uning 
vijdonida ishdan bo‘shatilgan va xatto qatl qilingan ba`zi rus genetiklarining xuni yotibdi. U 
avval Stalinni keyinchalik esa Xrushyo‘vni o‘z nazariyasi to‘g`riligi va undan qishloq xo‘jaligida 
keng foydalanish zarurligiga ishontirgan (Medvedev, 1969). Va nihoyat qishloq xo‘jaligidagi 
omadsiz amaliyotning sabablari qisqacha izohlangandagina Lisenko nazariyalari bekor qilindi, 
lekin bu rus jamiyatiga o‘z ta`sirini o‘tkazib bo‘lgan edi. Bu mavzuni yozish jarayonida ilm fan 
tarixidagi juda ko‘plab g`irromliklarga ko‘zim tushdi, g`irromliklar oshdimikan yoki ularni ochib 
tashlash urfga aylanmoqdami? Eski davr olimlari ham bunday ishlar bilan shug`ullangan ekan. 
XIX asr genetikasi Gregorg Mendalni ba`zi erlarda unchalik ham haq bo‘lmaganlikda 
ayblamoqda (Fisher 1936). Xatto ser Isaak NYutonning ishlarida ham ba`zi mulohazali jihatlar 
bor (Wetsfall 1973). 
Kornellida men psixologiya fakulteti talabalari va o‘qituvchilari bilan juda ko‘p suhbatda 
bo‘lganman. Bir talaba qiz menga o‘tkazmoqchi bo‘lgan eksperimenti haqida gapirib berdi. 
Kimningdir aniqlashicha ma`lum sharoitlarda (X), kalamushlar ma`lum xatti-harakatlarni amalga 
oshirar ekan (A). U agar X sharoitni Y ga almashtirsak kalamushlar avvalgidek A ni qilishda 
davom etadimi yo‘qmi shuni aniqlamoqchi edi. U Y sharoitda eksperiment o‘tkazib, 
kalamushlar A ni qilish qilmasligini kuzatmoqchi edi. Men unga avval birinchi tadqiqot (ya`ni X 


246 
sharoitda kalamushlar haqiqatdan ham A faoliyatni bajaradimi) ni laboratoriyada qayta o‘tkazib 
tekshirib ko‘rish zarurligini faqat shundan keyingina X sharoitni Y sharoitga o‘zgartirib 
kalamushlar faoliyatini kuzatish kerakligini tushuntirdim. Faqat shundagina to‘liq natijaga 
erishish mumkin. Unga bu yangi fikr juda yoqdi va u o‘zining professori oldiga ketdi. Lekin u: 
―bunday qilish shart emas eksperiment o‘tkazib bo‘lingan siz faqat bekorga vaqt yo‘qotasiz‖ deb 
javob beradi. Bu voqea 1947 yillarda sodir bo‘lgan u vaqtda psixologik tadqiqotlarni qaytarish 
emas, balki shart-sharoitlarning o‘zinigina o‘zgartirib yangi natijalar olish siyosati hukmron edi. 
Fan tarixidagi eng yirik yolg`onlar. 
Gregor Mendel. 
Tabiiy tadqiqotchi, ruhoniy va cherkov hodimi Gregor Mendel – irsiylik ta`limoti asoschisi 
hisoblanadi. XIX asrning oxirida Mendel noxotning gibritlashishi utsida keng tadqiqotlar olib 
borgan. Mendel birinchi bo‘lib, o‘z tadqiqotlarida irsiylik haqida ma`lumotlar ola boshlagan, 
biroq uning ishlarini keyinchalik o‘rgangan olimlar fikricha Mendel tadqiqotlaridan olingan 
natijalar biroz shubhali. Lekin Mendel g`irromlik qilmagan, balki o‘zini qoniqtiradigan 
natijalarni ola boshlashi bilan tadqiqotlarini to‘xtatgan. 
Zigmunt Freyd. 
Freyd ijodiyotining bir necha yillik tadqiqotchisi, ko‘pgina ilmiy mukofotlar sovrindori Yudjin 
Mallouv (Eugene F. Mallove) ―Freydning xato va g`irromliklari‖ (The Faults and Frauds of 
Freud) nomli kitobida psixoanaliz maktabi asoschisi o‘z tadqiqotlari natijalarini fabrikatsiya 
qilganligini isbotlagan. 
Mallouvning fikricha Freydning nazariyasi u vrach sifatida ishlagan olti kishining hayotidan 
olingan olti prinsipial voqealarga asoslangan. Biroq arxiv ma`lumotlari analizidan ma`lum 
bo‘lishicha mijozlardan biri davolash boshlanganidan uch oy o‘tgach, Freyd xizmatlaridan voz 
kechgan, yana ikki mijozning esa Zigmund Freydga hech qanday aloqasi bo‘lmagan. Qolgan uch 
kishidan faqat bittasigina Freyd bilan o‘z ongosti qo‘rquvlarini bo‘lishgan. Ya`ni nazariya 
yaratuvchisi o‘z fikrlarini faqat bir kishining hikoyalari asosiga qurgan. Mallouvning fikricha 
Freyd bu ishni bilib turib qilgan, chunki Freyd fikricha psixoanalizni kitoblardan o‘qib o‘rganib 
bo‘lmaydi, psixoanalizni mutaxassis faqat amaliy faoliyatda kishilar xulqini analiz qilish yo‘li 
bilangina o‘rganishi mumkin. 
Ernets Gekkel. 
Mashhur Germaniyalik biolog va faylasuf Ernets Gekkel Charlz Darvin ta`limoti tarafdori 
1866 yilda ―bioenergetik qonunni‖ ochgan. Bu qonunga ko‘ra, butun kishilik jamiyati 
evolYutsiyasi soddalashtirilgan holatda alohida shaxsning individual rivojlanish jarayonida 
takrorlanadi. Ya`ni inson bolasi o‘zining rivojlanish davrida avval baliq keyin er hayvoni va 
hakazo bosqichlardan o‘tadi. Isbot tariqasida Gekkel o‘z fikrlariga mos embrionlar suratini 
ko‘rsatgan. G`irromlik uning ishini universitet sudiga olib chiqqan hamkasblari tomonidan 
aniqlangan. Gekkel kerakli joylarini ―qo‘shib chizganligini‖ tan olgan. 1950 yilga kelib inson 
bolasini o‘z hayotining ilk davrlarida ham baliq yoki boshqa biror hayvon bolasi bilan 
ayniylashtirib bo‘lmasligi uzil-kesil isbotlangan. 
Rene Blondlo. 
XX asrning 20 yillari boshida mashhur fransuz fizigi, Fransiya Fanlar Akademiyasi a`zosi 
Rene Blondlo N-nurlar nomli yangi kashfiyot qilganligini ma`lum qiladi (rentgen nurlari bo‘lgan 
X-nurlarga o‘xshab N-nurlar deb nomlangan, Blondlo ishlagan Nansi shahrining nomidan N-
nurlar deyilgan), uning fikricha n-nurlarni materiyaning barcha shakl va turlari ajratadi faqatgina 
yashil daraxtlar va ba`zi metallar bundan mustasno. N-nurlar papirus qog`ozi platina plitasidan 


247 
o‘ta oladi, lekin kalka va tosh bu nurlar uchun o‘tib bo‘lmas to‘siq. Blondlo aynan shu 
kashfiyotdan keyin mashhur bo‘lib ketdi. 1903-1906 yillar oralig`ida 120 ga yaqin frantsuz 
olimlari N-nurlar fenomenini izohlovchi, analiz qiluvchi 300 dan ortiq ilmiy maqolalar yozdilar. 
Blondloning o‘zi 26 ta maqola va kitob nashr ettirdi. Biroq Blondlo o‘z eksperimentini chet ellik 
olimlar oldida o‘tkazishga qiynalardi, tadqiqotlar nimqorong`ulikda o‘tkazilar bu esa bevosita 
olimning xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatish imkoniyatini bermasdi. 1904 yilga kelib 
blondloni tanqid qiluvchi, uni g`irromlikda ayblovchi ilk maqolalar paydo bo‘la boshladi – 
bunga Blondlo tadqiqotlarini uning o‘zining laboratoriyasidan boshqa joyda o‘tkazib bo‘lmasligi 
sabab bo‘lgan. Eng qizig`i BuYuk Britaniya va Irlandiyalik bir guruh olimlar 1920 yilda ham N-
nurlarni bor deb hisoblardilar. Blondloning ishiga bu narsa ta`sir qilmadi u yana elektrotexnikaga 
qaytdi va bir qancha yaxshi ishlarni chop etdi.
Psixologiya sohasidagi bunday ishlar ichida eng mashhuri ser Siril Bert nomi bilan bog`liq.
U ko‘zga ko‘ringan ingliz psixologi, Georg VI tomonidan ritserlik unvoni berilgan. Siril Ber
intellekt koeffitsienti genetik yo‘l bilan o‘tishi haqidagi g`oyasini isbotlash uchun monozigota 
egizaklarda tadqiqot olib borgan. Uning o‘limidan so‘ng boshqa bir guruh olimlarning 
aniqlashicha Bert tadqiqotlaridan olingan natijalar korellyatsiyasi boshqa egizaklar guruhi 
tadqiq etilayotgan bo‘lsada avvalgisining natijalaridekligicha qolavergan. Bunday tasodif 
shubhali ko‘rindi. Londonning Sunday Times gazetasida Sirel Bertni natijalarni soxtalashtirishda 
ayblovchi maqola chiqqandan so‘ng bu narsa olimlar o‘rtasida hozirgi kunda ham davom etib 
kelayotgan muhokamalarga olib keldi. Bir tomonda – Bert olgan natijalar noto‘g`ri deb qabul 
qilinishini talab qilayotgan olimlar guruhi bo‘lsa (Mc Askie 1978), ikkinchi tomondan olimni 
g`irromlikda ayblash noto‘g`ri, bu shunchaki e`tiborsizlik natijasida yo‘l qo‘yilgan xato deb 
olimlar guruhi hisoblashdi (Jensen 1978).

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling