O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


  XVII. EKSPERIMENTLARNI LOYIHALASHTIRISH


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

 


273 
XVII. EKSPERIMENTLARNI LOYIHALASHTIRISH 
 
Reja: 
17.1.Bitta o‘zgaruvchili eksperimentlar.
17.2.Faktorli loyihalar. 
Maqsad: 
Talabalarda eksperimentlarni loyihalashtirish haqida nazariy bilimlarni shakllantirish. 
Vazifalar: 
Talabalarda bitta o‘zgaruvchili eksperimentlar, faktorli loyihalar ilmiy dunyoarashni, ijodiy 
mustail tafakkurni rivojlantirish.  
Tayanch tushunchalar: 
Interpolyatsiya. Ekstrapolyatsiya, Ikki darajali eksperiment. Tub effekti. omilli reja.
rotatsion 
eksperimentlar.
Shift effekti
, faktor. Faktorli eksperiment.
Gomogen.geterogen
 
 
16.1.Bir o‟zgaruvchili eksperimentlar 
Oddiy eksperimentda bir mustaqil o‘zgaruvchi ikki darajaga ega bo‘ladi. Ayrim 
tadqiqotchilar mazkur darajalarga mos keluvchi guruhlarni eksperiment guruhi va nazorat guruhi 
deb nomlashni ma`qul ko‘radilar. Ba`zi hollarda nazorat sharti – biron-bir ta`sirning mavjud 
emasligi aniq-ravshan bo‘ladi. Masalan, sizni biron-bir dorining xulq-atvorga ta`siri qiziqtirsa, 
nazorat guruhi bu dorini olmaydi, eksperiment guruhi esa – oladi. Bu erda nazorat guruhi 
kuzatilayotgan effekt eksperimentda ishtirok etishining o‘zi bilangina paydo bo‘lmaganini 
ko‘rsatishga ham yordam beradi. Boshqa hollarda, ayniqsa mustaqil o‘zgaruvchining bir necha 
darajalaridan foydalanilganida, qaysi guruhni nazorat guruhi deb nomlash zarurligi aniq 
bo‘lmaydi
10
. Shu sababli odatda, mustaqil o‘zgaruvchini tavsiflash uchun daraja atamasi 
ishlatiladi. Nima bo‘lganda ham biz real eksperimentga ega bo‘lish uchun kamida ikki darajadan 
foydalanishimiz lozim. Aks holda mustaqil o‘zgaruvchining o‘zgarishi xulq-atvorda o‘zgarish 
Yuz berishiga sabab bo‘lgan, deb aytish mumkin bo‘lmaydi, chunki taqqoslashni amalga oshirish 
mumkin emas.
Ma`lumotlarga qaraganda, eksperimental psixologiya endigina paydo bo‘lgan davrda bir 
o‘zgaruvchili va ikki darajali eksperimentlar odatdagi bir hol hisoblangan. Fanimiz o‘zining 
shakllanish bosqichida bo‘lgani bois, tadqiqotchilar mustaqil o‘zgaruvchi ta`sirining xususiyatini 
aniqlashdan ko‘ra, umuman mustaqil o‘zgaruvchi biron-bir ta`sir ko‘rsatadimi, degan savolga 
javob topish bilan ko‘proq shug`ullanganlar. Boz ustiga, ular yanada murakkab eksperimental 
omillarni tahlil qilish uchun zarur tekshirishlarning statistik metodlarini hali ishlab chiqqan 
bo‘lmagan. Bir qator holatlar uchun metodlar mavjud bo‘lgan, biroq, qoida tariqasida, o‘rtacha 
tadqiqotchiga ular yaxshi ma`lum bo‘lmagan.
Bugungi kunda jurnallarning muharrirlari odatda eksperimentda ta`sirlarning ikkitadan ortiq 
darajalarini ko‘rishga umid qiladilar. Ba`zan juda yaxshi bajarilgan ikki darajali eksperimentlar 
maqbul deb qaraladi (ayniqsa bir nechta eksperimentlar to‘g`risida xabar berilganida), biroq tipik 
eksperiment odatda darajalar to‘plamiga ega bo‘ladi. SHunga qaramay ikki darajali 
eksperimentdan birinchi qadam sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Boshlovchi 
10
Masalan, biz mustaqil o‘zgaruvchi sifatida jinsni (u sizda qay darajada ifodalangani nuqtai 
nazaridan emas, balki siz ikki jinsdan qaysi biriga mansubligingiz nuqtai nazaridan) qo‘llashga 
qaror qilgan bo‘lsak, kimni nazorat guruhi deb nomlasak, o‘rinli bo‘ladi: erkaklarnimi yoki 
ayollarnimi? Feministlar va ularning raqiblari bu xususda soatlab bahslashishlari mumkin, shu 
bois, undan butunlay uzoqlashish va guruhlarni 1-daraja va 2-daraja deb belgilash, bizningcha, 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.


274 
eksperimentatorlar bunday eksperimentni o‘tkazishni o‘rganib olishlari lozim. Ayrim hollarda 
ikki darajali eksperimentlar qimmatli natijalar berishi mumkin.

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling