Metodikaning ishonchliligi – metodika yordamida barqaror, qat‘iy ko‗rsatkichlarni olish
imkoniyatlari bilan tavsiflanadi.
Metodikaning aniqligi – psixodiagnostik tadqiqot paytida biror-bir xususiyatni baholashda
ozgina o‗zgartirishga ham javob qaytarish qobiliyatida namoyon bo‗ladi. Metodikaning
aniqligini texnik o‗lchov asbob-uskunalarning aniqligi bilan izohlash mumkin. Masalan:
santimetrga bo‗lingan metrdan ko‗ra, millimetrga bo‗lingan chizg‗ich bilan aniqroq o‗lchash
mumkin.
Diqqat – ongning muayyan ob‘yektga yo‘naltirilishi va to‘planishi.
Assosiasiya – ongimizdagi avvalgi turmush tajribalari bilan belgilanadigan tasavvurlar
bog‘lanishi.
Xotira – o‘tmish tajribannig esda olib qolinishi, saqlanishi va qayta esga tushirilishidan iborat
psixik jarayon.
Idrok – predmet va hodisalarni yaxlit bir butun holda aks ettirish.
Konstantlik – predmetlarning fazodagi vaziyati o‘zgargani holda idrok obrazlarining o‘zgarmay
qolishi.
IllYuziya – fazodagi ob‘yektlarni noto‘g‘ri idrok qilish.
Adaptatsiya – qo‘zg‘atuvchining davomli ta‘siriga analizatorning moslashishi.
Idrokning yaxlitligi – idrok obrazlarining bir butun holda aks ettirilishi.
Predmetlilik – tashqi olamdagi ob‘yektlarni uni o‘ziga tenglashtirish.
Psixofizika – psixologiya va fizika oralig‘ida tashkil topgan umumiy psixolgiyaning klassik
bo‘limlaridan biri.
Psixofizik muammo – psixikaning tabiatdagi o‘rnini aniqlash.
Psixofizik qonun – sezgirlik kuchining qo‘zg‘atuvchining kuchiga bog‘liqligi.
AbsolYut chegara – qo‘zg‘atuvchining sezgi hosil qiladigan eng Yuqori va eng kichik kuchi.
Farq qilish chegarasi – ikkita qo‘zg‘atuvchi kuchi o‘rtasidagi minimal farq.
Minimal o‟zgaruvchilar metodi – farq qilish yoki absolYut chegarani o‘rganish metodi.
Tafakkur – voqelikdagi predmet va hodisalarni aniq, to‘liq, umumlashtirib vositali yo‘l bilan
aks ettirish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |