302
Umumlashtirish – predmet va hodisalarni biror xususiyatiga ko‘ra
bita tushunchaga
birlashtirish.
Taqqoslash – predmet va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash va farq qiluvchi tomonlarini aniqlash.
Mavhumlashtirish – predmet va hodisalarning biror belgisini fikran ajratib olish.
Tushuncha – predmet va hodisalarning umumiy va maxsus belgilarini aks ettirish.
Hukm – predmet va hodisalarga biror belgining xos yoki xos emasligini tasdiqlash.
Xulosa chiqarish – ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukmlar keltirib chiqarish.
Til – kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasi.
Monolog – bir kishining o‘ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqi.
Dialog – ikki kishining o‘rtasidagi nutqiy aloqa jarayoni.
Affektiv nutq – his-hayajon va kechinmalar aks ettirilgan nutq turi.
Ichki nutq – tafakkur bilan bog‘liq tashqi nutqdan avval paydo bo‘ladigan nutq turi.
Mustaqil o‟zgaruvchilar – eksperiment
jarayoniga katta, intensiv ta`sir o‘tkazadigan
ko‘rsatkichlardir.
Tobe o‟zgaruvchilar – bu
o‘rganilayotgan hodisalarning ko‘rsatkichlari bo‘lib
mustaqil
o‘zgaruvchilarga bog`liq ravishda o‘zgaradi.
Idora qilsa bo‟ladigan o‟zgaruvchilar – bu eksperiment davomida o‘zgarmasligi
nazorat
qilinadigan ko‘rsatkichlar.
Muammo- bilish ehtiyojini qondirishda tafakkur qilish sharti bo‘lgan
psixologik hodisa
Nazariya-ilmiy bilish
shakllaridan biri hisoblanib, hodisalar orasidagi mantiqiy bog`liqlik yoki
buning aksini isbotlab beruvchi ichki bilishning nutqiy ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: