O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

P'eron- Ruzer metodikasi 
 
Metodika 
qurish-yasash 
xususiyatlari, maqsadga yo‗nalgan ko‗nikmalarni egallash 
imkoniyatlarini, harakatlarning yangi usullarini o‗zlashtirishni o‗rganishga mo‗ljallangan. Bu 
metodika yordamida ixtiyoriy diqqat hajmi, uning barqarorligi haqida bilib olish mumkin. Tajriba 
o‗tkazish uchun 10 qatordan geometrik figuralar chizilgan maxsus qog‗oz varag‗i oldindan 
tayyorlanadi (1-ilova).


Yuqoridagi to‗rtta figuraga turli belgilar qo‗yib chiqilib, qog‗ozdagi boshqa figuralarga ham 
xuddi shunday belgilar qo‗yib chiqish sinaluvchiga taklif etiladi. U o‗z harakatlarini namuna bilan 
solishtirishi mumkin. Olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlashda 100 ta figurani chizishga 
ketgan vaqt, ehtimoli bo‗lgan xatolar soni, topshiriqni bajarish xarakterini tahlil qilishda yosh 
me'yorlarini hisobga olish zarur (4-jadval). 
4-jadval 
7-8 yoshli bolalar uchun P'eron - Ruzer metodikasi bo‗yicha qog‗ozni to‗ldirish normalari 
(M.P.Kononova natijalari). 
To‗ldirish vaqti 
Xatolar soni 
Sifati(%) () 
1 daqiqa 15 soniya 

100 
1 daqiqa 45 soniya 

60 
1 daqiqa 50 soniya 

50 
2 daqiqa 10 soniya 

20 
Bunda sinaluvchining chalg‗iganligi, ishni davom ettirish zarurligi haqida eslatilganligi va 
hokazolar e'tiborga olinadi. 
Diqqatning ko‗chishi, uzoq davom etadigan aqliy ishga qobiliyatini o‗rganish maqsadida 
I.V.Kruk (1986) tomonidan taklif etilgan metodikaning o‗zgartirilgan variantini qo‗llash mumkin. 
Uning mazmuni quyidagicha: bola 1-qog‗ozni to‗ldirgandan so‗ng, to‗ldirish qo‗llanmasi 
o‗zgartirilib, 2-qog‗oz taklif etiladi; o‗sha belgilarni boshqa geometrik figuralarga qo‗yib chiqish 
kerak. Keyin 3-qog‗oz ko‗rsatiladi: toq qatorlar 1-qog‗oz namunasi bo‗yicha, juft qatorlarni 2-
qog‗oz namunasi bo‗yicha to‗ldiriladi. Olingan natijalar quyidagicha qayta ishlanadi. 1 va 2-chi 
qog‗ozlarni to‗ldirish uchun ketgan vaqt orasidagi farq vaqt etishmovchiligi –E ni aniqlash orqali 
amalga oshiriladi: 
E=t
1
+t
2
Bu erda t – qog‗ozlarni to‗ldirish uchun ketgan vaqt. 
Bundan tashqari, xatolar farqi (XF) quyidagi formula bilan aniqlanadi.
XF=3K-/IK+2K/; 
Bu erda k – har bir qog‗ozni to‗ldirishdagi xatolar. 
Xatolar farqi ko‗rsatkichi ixtiyoriy diqqat darajasining pastligi, aqliy ish qobiliyati yomonligi 
mezoni sifatida qaralishi mumkin. 
Bolalar bu topshiriqni qiziqib bajaradilar, yaxshiroq natijaga erishishga intiladilar. 5-6 yoshli 
bolalar qog‗ozni to‗ldirishni Yuqoridagi 4 ta figuraga qarab bajaradi. 9-10 yoshli o‗quvchilar esa 
1 daqiqadan so‗ng bu ishlarni eslab qolib mustaqil bajaradi. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling