O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Burdon korrektur sinovi 
 
Boshlang‗ich va yuqori sinf o‗quvchilari faol diqqatining xususiyatlarini, uning ko‗chishi 
xususiyatlarini o‗rganish uchun B.Bourdonning korrektur sinovi metodikasidan foydalanish 
mumkin. Bu metodika diqqatning tebranishi, ko‗rish analizatori uzoq vaqt ishlaganda bir xil 
ko‗ruv qo‗zg‗atuvchilariga nisbatan sinaluvchining charchashini aniqlashga imkon beradi. Buning 
uchun P.A.Rudik tomonidan o‗zgartirilgan Burdon testi maxsus qog‗ozda ko‗rsatiladi. Qog‗ozda 
harflar tasodifiy ravishda yozilgan bo‗lib, sinaluvchi ularning ikkitasi to‗rttasini o‗chirishi kerak. 
Bunda eksperimentator har 30 60 soniyada sinaluvchi qalami turgan joyni belgilab ko‗yadi, shu 
bilan birga barcha topshiriqni bajarish uchun ketgan umumiy vaqt ham hisobga olinadi.
Tajribani bir sinaluvchi ustida individual va guruh bilan o‗tkazish mumkin. Tajribani boshlashdan 
oldin, sinaluvchilarga ko‗rsatma beriladi va 1 daqiqa davomida mashq qildirib o‗rgatiladi, 
mashqlardan so‗ng sinaluvchi asosiy vazifani bajarishga kirishadi. Tajriba 5 daqiqa davom etadi 
(3-ilova).
Tadqiqot natijalarini qayta ishlash maxsus qog‗oz orqali amalga oshiriladi. Unda o‗chiriladigan 
harflar o‗rni va o‗chiriladigan harflar soni o‗ng tomonda va har bir qatorga o‗tganda bu 
o‗chiriladigan sonlarning yig‗indisi chap tomonda beriladi. Kalit (blank)ni sinaluvchi qog‗ozi 
ustiga qo‗yib tadqiqotchi miqdoriy tahlilni osongina olib borishi mumkin. 


Korrektur sinovni bajarish natijalari (diqqatning to‗planganligi, topshiriqni bajarish tezligi
diqqatning ko‗chishi)ni miqdoriy aniqlash mumkin. Diqqatning to‗planganlik darajasi (K)ni 
quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: 
K K = 
P
1
-P
2
-P
3
*100% 

bu erda p1 – to‗g‗ri o‗chirilgan harflar yig‗indisi; 
p
2
–o‗chirilmay qolgan harflar yig‗indisi; 
p
3
–noto‗g‗ri o‗chirilgan harflar yig‗indisi; 
p –o‗chiriladigan harflar AMKZ larning umumiy yig‗indisi. 
Diqqatning to‗planish darajasi (K)ni topish uchun umumiy va ishning har bir daqiqasi bo‗yicha 
(K1, K2, K3, K4, K5,)larni hisoblash mumkin. 
Psixotexnikada diqqatning to‗planishi (K)ni sifatiy baholashda quyidagi mezon qabul qilinadi: 
juda yaxshi – 81–100%, yaxshi – 61–80%, o‗rta – 41–60%, yomon – 21–40%, juda yomon – 0–
20%. 
Topshiriqni bajarish tezligi ko‗rsatkichi (A) quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
A A = 


bu erda S – sinaluvchining korrektur jadvalda ishlagan qismi;
t – bajargan vaqti. 
Diqqatning ko‗chishini o‗rganish uchun sinaluvchiga korrektur jadvaldagi toq va juft qatorlardagi 
har xil harflar to‗plamini o‗chirish taklif etiladi. Diqqatning ko‗chish darajasi (C) quyidagi 
formula bilan hisoblanadi: 
C C = 
S
o
* 100. 

bu erda S
0
–xato ishlangan qatorlar soni
S – sinaluvchi jadvalda ishlagan qatorlarning umumiy soni. 
Tadqiqot natijalarini grafik tarzida tasvirlash mumkin. Bunda abtsissa o‗qiga – ish tezligining 
o‗zgarishi (ma'lum vaqt birligida qarab chiqilgan harflar soni) va ordinata o‗qiga aniqlikning 
o‗zgarishi (o‗sha vaqt oralig‗ida xatolar soni) joylashtiriladi. Bu diqqatning o‗zgaruvchanligi 
xarakterining rivojlanishini kuzatish imkonini beradi. To‗g‗ri o‗chirilgan harflar soniga qarab 
diqqat barqarorligi darajasi haqida xulosa qilish mumkin. Xatolar qog‗ozning hamma erida borligi 
diqqatning tebranishi haqida ma'lumot beradi. Agar tajriba oxirida xatolar ko‗payib ketsa, bu 
diqqatning umumiy kuchsizligi, ish qobiliyatining sustligidan dalolat beradi. Topshiriqni tez 
bajarish va xatolarning yo‗qligi o‗quvchida ixtiyoriy diqqat barqarorligidan dalolat beradi.
Bog‗cha yoshidagi bolalarda bu tadqiqotni o‗tkazish uchun frantsuz oftalmologi E.Landolt 
tomonidan korrektur sinovning uzuklarga asoslangan o‗zgartirilgan variantini qo‗llash mumkin. 
Tajriba qog‗ozi turli tarafga qaratilgan – uzuklarning tasodifiy to‗plamidan iboratdir (4-ilova). 
Tajriba va unda olingan natijalarni qayta ishlash, xuddi B.Bourdon jadvali metodikasiday olib 
boriladi.

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling