O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
Natijalarni baholash
Topshiriq bajarish tezligi va sifatiga qarab ballarda baholanadi. 10 ball – bola hamma topshiriqni bajarishga 90 soniyadan kam vaqt sarflab, figuralarning burchaklarini to‗g‗ri va aniq birlashtira olsa hamda chiziqlar berilgan konturlarga aniq mos kelsa qo‗yiladi; 8 - 9 ball – topshiriqni bajarishga 90 soniyadan 109 soniyagacha vaqt sarflansa, ammo quyidagi kamchiliklarning birortasi mavjud bo‗lsa: bir ikkita chiziqning to‗g‗ri emasligi; ikki yoki uchta chiziq figura burchaklari noto‗g‗ri birlashtirilgan bo‗lsa; ikkitadan to‗rttagacha chiziqlar konturdan tashqariga chiqib ketgan bo‗lsa; to‗rttadan beshtagacha figura burchaklarini birlashtirishda noaniqlikka yo‗l qo‗yilgan bo‗lsa qo‗yiladi; 6- 7 ball – hamma topshiriqni bajarishga 105 dan 120 soniyagacha vaqt sarflansa, ammo quyidagi kamchiliklarning birortasi mavjud bo‗lsa: uch yoki to‗rtta chiziqning egriligi; to‗rttadan oltitagacha figura burchaklarining noto‗g‗ri birlashtirilganligi; beshtadan oltitagacha chiziqlar konturdan tashqariga chiqib ketganligi; oltitadan ettitagacha figura burchaklarini birlashtirishdagi noaniqlik bo‗lsa qo‗yiladi; 4-5 ball – topshiriqni bajarishga 120 dan 135 soniyagacha vaqt sarflansa, ammo quyidagi kamchiliklarning birortasi mavjud bo‗lsa qo‗yiladi: besh yoki oltita chiziqning egriligi; ettitadan o‗ntagacha burchaklarning noto‗g‗ri birlashtirilganligi; ettita sakkizta chiziqning konturdan chiqib ketganligi; sakkiztadan o‗ntagacha burchaklarning noaniq birlashtirilganligi; 2 - 3 ball – topshiriqni bajarishga 135 dan 150 soniyagacha vaqt sarflansa, quyidagi kamchiliklardan birortasi mavjud bo‗lsa qo‗yiladi: 7 tadan 10 tagacha chiziqning egriligi; 11 tadan 20 tagacha burchaklarning noto‗g‗ri birlashtirilganligi; 9 tadan 10 tagacha chiziqlarning konturdan tashqariga chiqib ketganligi; 11 tadan 17 gacha burchaklarning noaniq birlashtirilganligi; 0-1 ball – topshiriqni bajarishga 150 soniyadan ko‗p vaqt sarflansa, bir yoki ikkita chiziqdan tashqari, qolgan chiziqlarning noto‗g‗ri chizilganligi; bir yoki ikkita burchakdan tashqari, qolgan burchaklarni birlashtirishdagi xatoliklar uchun qo‗yiladi.; Taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish. 10 ball – juda Yuqori 8 - 9 ball – Yuqori 4 - 7 ball – o‗rtacha 2 - 3 ball – past 0-1 ball – juda past |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling