O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O„QUVCHILAR PSIXODIAGNOSTIKASINING
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O„QUVCHILAR PSIXODIAGNOSTIKASINING
O„ZIGA XOSLIGI Bolalarda maktabga chiqish vaqtida psixologik rivojlanish darajasiga ko‗ra o‗ziga xos xususiyatlar paydo bo‗ladi. Bu xususiyatlar shundan iboratki, bolalar bir-birlaridan intellektual- axloqiy jihatdan farqlanadilar. Ular bir xil ko‗rsatma va psixodiagnostik holatga har xil javob berishlari mumkin. Ba'zi maktabga kirayotgan bolalarga kattalar uchun mo‗ljallangan psixodiagnostik testlar mos keladi. Ayrim rivojlanishi past bo‗lganlariga bog‗cha yoshidagi bolalar uchun mo‗ljallangan testlar to‗g‗ri keladi. Asosan, o‗z-o‗zini verbal baholash, tashqi muhitni ongli baholash holatidagi testlarda bu aniq bilinadi. Shuning uchun kichik maktab yoshidagi bolalar bilan u yoki bu psixodiagnostik testni o‗tkazishdan avval bolaning real psixologik rivojlanishiga mos keluvchi testni tanlab olish kerak. 6-7 yoshdagi bolalarning maktab ta'limiga tayyorgarligiga oid empirik ma'lumotlarga ko‗ra, 50 foizdan 80 foizgacha bolalar u yoki bu jihatdan boshlang‗ich ta'lim dasturini o‗zlashtirishga tayyor emas. Ko‗p bolalar maktabga chiqishga tayyor bo‗lsalar-da, aqlan 5-6 yosh darajasida rivojlangan bo‗ladilar. Agar bunday bolaga uning uchun murakkab va qiziqarsiz psixologik testlar berilsa, bu testlar rivojlangan aql, diqqat-e'tibor va xotira talab qilganligi sababli, ular testni bajara olmaydilar. Bu intellektual qobiliyatning yo‗qligi emas, shaxsiy psixologik rivojlanish etarli bo‗lmaganligi sababli sodir bo‗ladi. Agar vazifa o‗yin sifatida qiziqarli qilib berilsa, test natijasi yuqori bo‗lishi mumkin. Mazkur holatlar bolalar psixodiagnostikasida amaliy psixologlar tomonidan hisobga olinishi kerak. 3-4 - sinf o‗quvchilari uchun qiziqarli va kattalarga mo‗ljallangan testlar to‗g‗ri kelishi ham mumkin. Test o‗tkazishda faollik, ruhiy qiziqish Yuqori bo‗lsa, natija ham Yuqori bo‗ladi. Agar kattalar test vaqtida ongli ravishda irodasini ishga solib o‗zini boshqara olsalar, kichik yoshdagi maktab bolalari va hatto o‗smirlar ham buni bajara olmaydilar. Kattalar uchun mo‗ljallangan testlarni kichik maktab yoshidagi bolalarga qo‗llashda ma'lum cheklashlar mavjud. Bu cheklanishlar shaxslararo munosabatlar, shaxs va idrokni tahlil qilishga mo‗ljallangan testlarga tegishlidir. Kattalar uchun qo‗llanilayotgan intellektual (aqliy) testlarning ko‗pchiligi so‗z-mantiqiy tafakkurning rivojlanish darajasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu xususiyat kichik yoshdagi maktab o‗quvchilarida taraqqiy etib, o‗smirlik davriga kelib rivojlanishi tugallanadi. Amaliyot va hayotdagi o‗rniga ko‗ra, kichik yoshdagi maktab o‗quvchilarida ko‗rgazmali-harakat va ko‗rgazmali-obrazli tafakkur so‗z-mantiqiy tafakkurdan ustun turadi. Bundan tashqari, katta odamlar uchun mo‗ljallangan testlar ularning hayotiy tajribasini hisobga olgan holda tuziladi. Shuning uchun bu testlar kichik bolalarda qo‗llanganda jiddiy yondashish va soddalashtirilishi lozim. Ba'zan kichik maktab yoshidagi bolalar uchun yangi variantdagi testlar tuzishga to‗g‗ri keladi. Bu holatda yangi muammo tug‗iladi, ya'ni bir psixologik sifatni, tuzilishi va ma'nosi har xil testlarning natijasini solishtirish orqali aniqlash lozim bo‗ladi. Kattalarni turli testlar yordamida baholash, ularni solishtirishni talab qiladi va doimo bir xil natija bermaydi. Testlararo solishtirishning natijasi o‗tkazish koeffitsienti bilan baholanadi. Bunda bir testdan ikkinchi testga o‗tishda mumkin bo‗lgan xato ko‗zda tutiladi. O‗tkazish koeffitsienti bir psixologik xususiyatni baholash uchun mo‗ljallangan ikki usul natijalari sifatida qaraladi. O‗tkazish koeffitsienti uchun tekshiriluvchilarning soni etarli darajada ko‗p bo‗lishi, shaxsiy ko‗rsatkichlar dispertsiyasi esa juda kichik bo‗lishi kerak. Masalan; o‗smirlar Vekslerning bolalar va kattalar uchun mo‗ljallangan testlaridan, 1- da 100 foiz ko‗rsatkich, 2 - da esa 85 foiz ko‗rsatkich bilan baholanishdi. O‗tkazish koeffitsienti 1,25 ni tashkil qiladi. Bu koeffitsient kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mo‗ljallangan test natijasini katta yoshdagilar uchun mo‗ljallangan test natijasiga bo‗lib olinadi. Olingan 1,25 natija amaliy psixolog uchun bolalarni kichik yoshdagi bolalar test varianti bilan tekshirib, o‗smirlarni katta yoshdagi odamlar testi bilan tekshirish, bu bevosita ko‗rsatkichlarni 1,25 ga bo‗lib yoki ko‗paytirib katta yoshlilar testi natijasiga solishtirish imkonini beradi. Katta yoshlilar uchun mo‗ljallangan shaxsni o‗rganuvchi testlarni bolalar psixodiagnostikasida qo‗llashdagi cheklanishlar jiddiy ahamiyatga ega, chunki kattalardagi sifatlar kichik bolalarda, aksincha, kichik bolalardagi o‗ziga xos xususiyatlar kattalarda bo‗lmasligi ham mumkin. Shuning uchun katta yoshlilar testi etarli darajada validlikka ega bo‗lmasligi ehtimoli mavjudligidan, birinchi tomondan, hali boladagi yo‗q xususiyatni baholash kerak bo‗ladi. Ikkinchi tomondan, ulardagi biror-bir xususiyat baholanmay qolishi mumkin. Bu holatdan chiqish uchun katta yoshlilar testini bolalar uchun qo‗llashda uning psixologik o‗sishini va yoshga bog‗liq psixologik xususiyatlarni bilish lozim. Bularni bilgan holda test natijalarini baholash mumkin. Bolalar va kattalarning shaxsiy rivojlanish darajasini bevosita solishtirish, baholash juda qiyin, kattalar shaxsini miqdoriy baholashdan ko‗ra sifat jihatdan baholash muhimrokdir. Lekin miqdorni baholashning ham alohida o‗rni mavjud. Tavsiya etilayotgan psixodiagnostik metodlar tizimidan maktabga kirayotgan kichik yoshli bolalarning va boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining aqliy jarayonlarini, shaxsiy va shaxslararo munosabatlarini, ulardagi amaliy ko‗nikmalarni baholash maqsadida foydalaniladi. Bu tizim asosida bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligini, ularning boshlang‗ich sinflarda o‗zlashtirish darajasini baholash mumkin. Bunday psixodiagnostik baholash kompleksiga quyidagilar kiradi: 1. Atrof-muhitda umumiy mo‗ljal olish. 2. Bolalarning maktab ta'limiga munosabati. 3. Diqqat-e'tibor. 4. Xotira. 5. Tafakkur. 6. Nutq. 7. Badiiy-tasviriy qobiliyat. 8. Maktab malakasi va ko‗nikmalari. 9. Muvaffaqiyatga erishish motivlari. 10. Shaxs xususiyatlari. 11. Shaxslararo munosabatlar. Bu to‗plamga kiritilgan metodikalardan foydalanib, bolaning maktabga tayyorligi yoki tayyor emasligini baholash va rivojlanishdan oldinda borayotganligini aniqlash mumkin. Bu usullar bolaning qobiliyatlarini aniqlash va u bilan maqsadga muvofiq holda mashg‗ulot olib borishga yordam beradi. Metodikalar to‗plami maktabdagi muayyan bir tarbiyaviy ishlarning samaradorligini to‗g‗ri baholash imkonini berish bilan birga 6–7 yoshdan 10–11 yoshgacha bo‗lgan bolalarni o‗rganishda qo‗llash mumkin bo‗lgan usullarni ham o‗z ichiga oladi. Bu usullar yordamida olingan baholar bitta yagona standart tizimga o‗tkaziladi va kichik maktab yoshidagi maktab o‗quvchisining psixologik rivojlanishi individual xaritasiga yoziladi. To‗plamga 3 xil tipdagi metodikalar kiritilgan. 1. Bola endi maktabga kirayotganda qo‗llaniladigan uslublar. 2. Maktab ta'limiga tayyorgarligini va ruhiy rivojlanganligini baholovchi testlar. 3. Bolaning ruhiy rivojlanishini aniqlovchi testlar. Bolalar uchta asosiy sohada – bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, shaxslararo munosabatlar asosida psixologik jihatdan o‗rganiladi. Agar bolaning ruhiy rivojlanish darajasi baholanishi zarur bo‗lsa, ularning har biri maxsus usullar bilan baholanishi mumkin. Bu to‗plamdagi metodikalar diqqat, tafakkur, xotira, nutq va idrokning rivojlanish darajasini aniqlaydi. O‗quv faoliyati motivatsiyasi, muvaffaqiyatga erishish, o‗rtoqlari va katta yoshlilar bilan munosabat xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Psixologiyada har bir bilish jarayonlarini o‗rganishda turli-tuman natijalar olinganligi sababli metodikalarning minimal aniqligiga e'tibor berilgan. Birinchidan, bola tarbiyasiga ta'sir etuvchi holatlar, ikkinchidan, o‗qitish va tarbiya ta'sirida shakllanadigan xususiyatlar, masalan: diqqat - e'tibor, xotira, idrok, tafakkur, nutq, tasavvur, muvaffaqiyat motivatsiyasi va shu kabilar. Har bir metodika bitta ko‗rsatkichni baholash imkonini beradi va 5–10 daqiqa vaqt talab qiladi. Har bir bolani har tomonlama tekshirish uchun 3–6 soat vaqt kerak bo‗ladi. Tavsiya etilayotgan uslublar yordamida bolani psixodiagnostika qilish quyidagi vazifalar echimini ta'minlaydi: 1. Mazkur bola qanday rivojlanayotganligini aniqlash. 2. Boladagi layoqat va qobiliyatni o‗z vaqtida aniqlash. 3. O‗qishdan ortda qolish noto‗g‗ri tarbiyaning sababini topish. 4. Kelajakda tanlanadigan kasbga tayyorlanish va tanlash uchun bolaga, o‗qituvchiga va ota- onalarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berish. Bu metodikalar yordamida bolani tekshirishda vaqtni tejashning yana bir usuli yakka tartibda emas, balki guruhiy tekshirish olib borishdir. Bu shart-sharoitlar to‗g‗risida har bir uslubdan keyin yozma izohlar berilgan. Agar izohlar yo‗q bo‗lsa, bu uslubni ham yakka tartibda, ham guruh sharoitida qo‗llash mumkin. Psixodiagnostik tekshirishga kirishishdan oldin quyidagilarni bajarish lozim: 1. Metodika matnini diqqat bilan o‗qib, tanishib chiqish kerak. 2. Izohlar mavjud bo‗lsa, uni o‗qish lozim. 3. Metodikani qo‗llash uchun kerakli narsalarni tayyorlash. 4. Metodika yordamida hech bo‗lmasa bir bolani sinov uchun mukammal tekshirib, natijalarni tahlil qilib ko‗rish lozim. Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling