9-rasm
Topshiriqni bajarishga 3 daqiqa vaqt berilgan.
Natijalarni baholash.
10 ball — bola hamma figuralarni 2 daqiqadan kam vaqtda guruhlarga bo‗lib chiqsa qo‗yiladi.
Bu figuralar guruhi quyidagicha:
uchburchak,
aylanalar,
kvadratlar, romblar,
qizil figuralar
(rasmda ular qora rangda berilgan), ko‗k figuralar (ular to‗g‗ri chiziq bilan shtrix qilingan), sariq
figuralar (kataklar bilan belgilangan),
katta figuralar,
kichik figuralar;
8 - 9 – ball bola hamma figuralarni 2,0 daqiqadan 2,5 daqiqagacha bo‗lib chiqsa qo‗yiladi;
6 - 7 ball – bola hamma figuralarni 2,5 daqiqadan 3,0 daqiqagacha bo‗lib chiqsa qo‗yiladi;
4 - 5 ball – 3 daqiqa mobaynida bola 5 dan 7 tagacha guruhga bo‗lib chiqsa qo‗yiladi;
2- 3 ball – 3 daqiqa mobaynida bola 2 dan 3 tagacha guruhga bo‗lib chiqsa qo‗yiladi;
0-1 ball – 3 daqiqa mobaynida bola 1ta guruhdan ko‗p guruhga bo‗la olmasa qo‗yiladi.
Taraqqiyot darajasi haqida xulosa Yuqoridagi metodika singari chiqariladi.
KO„RGAZMALI - HARAKATLI TAFAKKUR TURINI BAHOLASh UCHUN
METODIKALAR
«Konturlarni birlashtirish» metodikasi
Bolalarga 10- rasm ko‗rsatiladi va ushbu metodikadagi topshiriqning maqsadi tushuntirib beriladi,
ya'ni qalam ruchka yordamida imkoni boricha tez va aniq chap tomondagi konturlarni o‗ng
tomonda berilgan rasmlarga ko‗chirib chiqish zarur. Bunda bolaning chiziqlarni to‗g‗ri
chizganligiga va figuralarning burchaklarini aniq birlashtira olishiga e'tibor qaratish zarur.
Topshiriq bajarib bo‗lingandan so‗ng vazifaning toza, aniq va tez bajarilganligi baholanadi.