RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI
Haqiqiy Yevklid fazosida chiziqli almashtirishlar
mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: 304-guruh talabasi
Mengturayev Oʻraljon
Rahbar: “Pedagogika va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti
_________________________f.m.f.n. _________________
TOSHKENT 2023
M U N D A R I J A:
KIRISH…………………………………………………...……………….….3
I BOB. CHIZIQLI ALMASHTIRISHLAR HAQIDA UMUMIY
TUSHUNCHALAR
Chiziqli fazo va uning elementlari…………………………..….......5
Chiziqli almashtirish matritsasi……………...………………..……5
II BOB.YEVKLID FAZOSIDA CHIZIQLI ALMASHTIRISHLAR
2.1. N o’lchovli vektorli Yevklid fazosi……………………………….........11
2.2. Yevklid fazolarining ta'rifi va chiziqli almashtirishlar………….….14
XULOSA………………………………………………………………....…25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….….27
KIRISH.
Toʻplam elementlari orasida ularni qoʻshish va songa koʻpaytirish
amallarini kiritish mumkin va toʻplamlar turli tabiatli boʻlishiga qaramasdan ular
ustida kiritilgan qoʻshish va songa koʻpaytirish amallari juda koʻp umumiy
xossalarga ega boʻladi. Biz quyida toʻplam elementlarining tabiatini hisobga
olmasdan bu toʻplamlar uchun umumiy boʻlgan nazariya bilan tanishamiz.
Tekislik yoki fazoda koordinatalar sistemasini kiritganimizda, geometrik
figuraga tegishli nuqtalar koordinatalarga ega bo'ladi. Agar figuraga tegishli
nuqtalarning koordinatalari biror algebraik tenglamani qanoatlantirsa, u algebraik
tenglama bilan aniqlanuvchi geometrik figura deyiladi.
Geometriya kursida o'rganish metodlarining asosini kooordinatalar
metodi tashkil qiladi. Biz asosan figuralarni ularning tenglamalari yordamida
o'rganamiz, ya'ni algebraik tenglamalarini o'rganish bilan shugullanamiz. Bu erda
algebraik metodlar asosiy rolni o'ynaydi. Biz asosan birinchi va ikkinchi darajali
tenglamalar bilan ish ko'ramiz. Analitik geometriya kursida o'rganiladigan geometric figuralar sinfi unchalik katta bo'lmasa ham, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar bilan aniqlanuvchi geometrik figuralar fan va teхnikada juda katta rol o'ynaydi.
Birinchi darajali algebraik tenglamalar bilan aniqlanuvchi geometrik figuralar – to'gri chiziq va tekislikdir. Ushbu asosiy geometrik figuralar bilan siz elementar
geometriya kursidan tanishsiz. Tekislikda ikkinchi darajali tenglamalar ikkinchi
tartibli chiziqlarni, fazoda esa ikkinchi tartibli sirtlarni aniqlaydi.
Geometriya sohasida yevklid fazosi va unda chiziqli almashtirishlar mavziso ham chuqur o’rgniladi va bu tushunchalar muhim va fundamental tushunchalar hisoblanib faqatgina geometriya sohasida emas, balki matematika va boshqa sohalarda ham muhim ro’l o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |