O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

 
Noverbal shkala 
Noverbal shkalaning qo‗zg‗atuvchi materiali 12- ilovada keltiriladi. 
7. Etishmaydigan qismni topish subtesti. Ko‗rish idroki xususiyatlarini, kuzatuvchanlikni, muhim 
qismlarni farqlay olish qobiliyatini o‗rganishga mo‗ljallangan. Sinaluvchiga 20 ta rasm 
ko‗rsatiladi, ularning har birida etishmaydigan qismni yoki mos emaslikni topish zarur. To‗g‗ri 
javob 1 ball bilan baholanadi /15 soniyadan kam vaqtda/. 
8. Rasmlar ketma-ketligi subtesti. Parchalarni mantiqiy bir butun qilib birlashtirish, vaziyatni 
tushunish, hodisalarni oldindan bilish qobiliyatlarini tekshirishga mo‗ljallangan. Rasmlarning 2 
seriyasi beriladi. Har bir seriyada rasmlar sYujet bilan birlashtirilgan bo‗lib, sinaluvchi sYujetga 
mos ravishda ularni ma‘lum ketma-ketlikda joylashtirishi kerak. Topshiriq vaqtga va to‗g‗ri 
bajarilishiga bog‗liq ravishda baholanadi.
9. Koss kubiklari testi. Metod qismlardan butunni birlashtirish qobiliyatini, sensomotor 
koordinatsiyani tekshirishga qaratilgan. Sinaluvchi berilgan namunaga qarab har xil rangli 
kubiklardan shunday figuralar yasash kerak. 10 figura beriladi. Har bir topshiriq bo‗yicha vaqt 
chegaralangan bo‗ladi. Baholar aniqlikka va ketgan vaqtga bog‗liq bo‗ladi.
10. Figuralar yasash subtesti. Yo‗nalishiga ko‗ra 9-subtestga o‗xshaydi. Sinaluvchiga ma‘lum 
ketma-ketlikda 4 ta figuraning qismlari beriladi. /«maneken», «ot», «odam boshi», «mashina»/. 
Sinaluvchiga bu qismlardan nima yasash kerakligi aytilmaydi. Topshiriqni to‗g‗ri bajarish va 
ketgan vaqtga bog‗liq holda sinaluvchiga baho qo‗yiladi.
11. Raqamlarni shifrlash subtesti. Ko‗rish-harakat malakalarini o‗zlashtirganlik darajasini 
aniqlashga mo‗ljallangan. Topshiriq har bir raqamning tagida katakchaga ularga mos belgini 
yozishdan iborat. Bajarish vaqti 120 soniya. To‗g‗ri shifrlangan raqamlar soni – sinaluvchining 
bahosiga teng bo‗ladi. Dastlab «A» shakl, so‗ngra «V» shakl ko‗rsatiladi.
12. Labirintlar subtesti. Bu yo‗nalishiga ko‗ra II subtestga o‗xshaydi. 9 ta labirintni o‗z ichiga 
oladi, «chiqish» vaqti hisobga olinadi.


WISC metodikasida qo‗shimcha subtestlar /«raqamlarni eslab qolish» va «labirintlar»/ 
topshiriqning asosiy guruhlari bilan birga o‗tkazilishi mumkin. Bu holda intellekt 
koeffitsienti/IQ/ni aniqlashda ularning ko‗rsatkichlari hisobga olinadi.
Test natijalarini qayta ishlashda verbal va noverbal subtestlarning har biri bo‗yicha olingan ballar 
yig‗indisi topiladi. «Olingan» ballni shkala ballariga aylantirish jadvaliga muvofiq har bir 
subtestni bajarish natijalarining standart baholarini olish mumkin. «Olingan» ballar yig‗indisi 
/testning alohida verbal va noverbal qismlari bo‗yicha/ va jadvaldagi natijalar bo‗yicha IQ-verbal 
shkala baholari, IQ-noverbal shkala baholari va umumiy IQ ko‗rsatkichlari aniqlanadi. Veksler 
testi bo‗yicha IQ ko‗rsatkichlari talqini yosh me‘yorlarini hisobga olgan holda o‗tkaziladi. 1963 
yilda 4–6,5 yoshli bolalarning intellektini tekshirish uchun shkala ishlab chiqildi. /Wechsler 
Preschool and Primary Scale of intelligence, WPPSI/. Intellekt shkalasining bu varianti bizning 
mamlakatimizga moslashtirilmagan. 
WPPSI shkalasi subtestlarining tarkibi quyidagicha: 
Verbal subtestlar: 
Noverbal subtestlar 
1. Bilimdonlik. 
2. Hayvon uyi. 
3. So‗z boyligi. 
4. Rasmlarni tugatish. 
5. Arifmetika. 
6. Labirintlar. 
7. O‗xshashini topish. 
8. Geometrik sxemalar. 
9. Tushunish. 
10. Koss kubiklari. 
11. Gaplar (o‗xshash). 
«Hayvon uyi» subtesti raqamlarni shifrlash subtestiga o‗xshaydi. Bu topshiriqni bajarishda bolaga 
kuchuk, jo‗ja, baliq va mushuk tasvirlangan karta ko‗rsatiladi. Kartaning Yuqori qismida turli 
rangdagi tsilindr rasmcha – kalit /hayvon uyi/ joylashtiriladi. Bola rasmlarga mos hayvon uylarini 
qo‗yib chiqishi kerak. Bolaga topshiriqni to‗g‗ri bajarganiga va ketgan vaqtga bog‗liq ravishda 
baho qo‗yiladi.
«Geometrik sxemalar» subtestida rangli qalamlar yordamida 10 ta sodda tasvirni chizish kerak. 
«Gaplar» subtesti sonlar qatorini takrorlash subtestiga o‗xshaydi. Sinaluvchi eksperimentator 
aytgan gaplarni takrorlashi kerak.
WISC, WPPSI shkalasi subtestlari birgalikda intellekt funktsiyalari xususiyatlari haqida, turli 
omillar ta‘sirida ularning rivojlanish xususiyatlari to‗g‗risida bilib olish imkonini beradi (19-
jadval). 


Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling