O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

 Umumiy ziyraklik subtesti
1. Biz nima uchun kiyimlarni Yuvamiz?
2. Nima uchun poezdning motori /harakatlantirgichi/ bor?
3. Agar siz ko‗chada manzili yozilgan, marka yopishtirilgan, yopiq, elimlangan xatjild/konvert/ni 
topib olsangiz, nima qilardingiz?
4. Insonlar nima uchun yomon ulfatlardan qochishga harakat qiladi?
5.Kino teatrda o‗tirganingizda, yong‗inni sezib qoldingiz, siz nima qilasiz ?
6. Rejalashtirish nima uchun kerak?
7. Quyidagi ifoda nimani anglatadi: «Temirni issig‗ida bos»?
8. Nima uchun O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‗smirlapning ish kuni qisqartirilgan?
9. Agar siz kunduzi o‗rmonda adashib qolsangiz, o‗rmondan chiqib olish uchun qanday yo‗l 
tutardingiz?
10. Nima uchun garang bo‗lib tug‗ilgan bolalar odatda gapira olmaydilar?
11. Nega qishloqqa nisbatan shaharda havo yomon?
12. Nima uchun davlat 17 yoshgacha nikohdan o‗tish uchun ruxsat bermaydi?
13. Quyidagi ifoda nimani bildiradi: «Jo‗jani kuzda sanaydilar»?
14. Quyidagi ifoda nimani bildiradi: «Bitta qaldipg‗och kelgani bilan bahor bo‗lmaydi»?
So„z boyligi subtesti 
Ko‗rsatma: «Ba‘zi so‗zlarning mazmunini tushuntirib bering. Bu so‗z qanday ma‘noni 
bildiradi?». Bu usulni hamma so‗zlar uchun qo‗llang. To‗rtinchi so‗zdan boshlang. /qish/, agar 
sinaluvchi javob berishga qiynalsa, birinchi so‗z – karovatdan boshlang. Agar 4-8 so‗zlar har biri 
0 ball bilan baholansa, zudlik bilan 1,2,3-so‗zlarni tekshiring. Keyin 8,9-so‗zlarni o‗qib 
eshittiring. Bu ishni 5 ta ketma-ket urinishlar bajapilmaguncha davom ettiring.
Tez ilg‗ab oladigan intellektual sinaluvchilarga 3 yoki 4-so‗zdan keyin rasmiy savol ko‗rsatmani 
aytmaslik ham mumkin, faqat so‗zlarni bir xil aniq aytish kerak. Ba‘zan sinaluvchi tushunmagan 
holda tadqiqotchi bunday deyishi mumkin: «Bu haqida menga to‗liqroq gapirib bering»
«to‗liqroq tushuntirib bering». Tadqiqot ketma-ket 5 ta muvaffaqiyatsizlikdan keyin, javoblar 0 
ball bilan baholangandan so‗ng to‗xtatiladi. 1 – 2-savollarning har biri 2 va 0 ballar bilan 
baholanadi. 1-3 savollar berilmagan sinaluvchilarga 3 ball qo‗yiladi. Maksimal baho – 80.
Baholash mezonlari va to‗g‗ri javoblarning mezonlari. Umuman so‗zning har bir to‗g‗ri ma‘nosi 
qabul qilinadi, bunda ta‘rif go‗zal bo‗lishiga unchalik e‘tibor berilmaydi. Lekin unchalik to‗g‗ri 
bo‗lmagan ta‘rif bahoni tushiradi.

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling