katakchalarga namunada keltirilgani kabi har bir songa mos shartli belgini qo‘yib
chiqishdan
iborat‖.
6.5. «Raven matritsasi»
Ushbu metodika kichik maktab yoshidagi bolalarning ko‗rgazmali-obrazli tafakkurini
o‗rganishga mo‗ljallangan bo‗lib, uning asosiy vazifalari mashhur Raven testidan olingan. U 10 ta
asta-sekin murakkablashib boruvchi Raven matritsalaridan iborat.
Bolaga asta-sekin murakkablashib boruvchi 10 qismdan iborat vazifa beriladi. Masalan:
Matritsada bo‗laklarning joylashishidagi qonuniyatni topish va quyida berilgan 8 ta rasm ichidan
shu matritsaga mos keluvchi qismlarni topish kerak. (Matritsaning
shu qismi ichida har xil
rasmlari bor bayroqchalar sifatida berilgan). Katta matritsa tuzilishini o‗rganib, bayroqchalar
ichidan bola katta matritsaga joylashishi uchun mantiqan mos keluvchi qismni aniqlashi kerak.
Bolaning 10 ta topshiriqni bajarishi uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
Vaqt tugagach, tadqiqotchi
tajribani to‗xtatadi va to‗g‗ri aniqlangan matritsalar soni hamda vazifani bajarishda to‗plangan
umumiy ball hisoblanadi, har bir to‗g‗ri bajarilgan matritsa uchun 1 baldan baholanadi.