O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
2-QISM 1. Senga hamma yaxshi munosabatda bo‗ladi. yoki Senga ba‘zi odamlargina yaxshi munosabatda bo‗lishadi. 2. Ertalab uyg‗onganingda o‗zingni lanj va uyqusiragandek his qilasan. yoki Ertalab uyg‗onganingda o‗zingni tetik va quvnoq his qilasan. 3. Odatda ishingni boshqalarga nisbatan tez bajarasan. yoki Odatda ishlaringni boshqalar bajarib bo‗lgandan so‗ng tugatasan. 4. Ba‘zida o‗zingga ishonmaysan. yoki Doimo o‗zingga ishonasan. 5. Maktabdagi do‗stlaringni ko‗rganda har doim quvonasan. yoki Ba‘zida hech kimni ko‗rishni xohlamaysan. 6. Onang seni o‗ta sustkash deb ta‘kidlaydi. yoki Onang seni xamma narsani tez bajaradi deb ta‘riflaydi. 7. Boshqa bolalarga sen taklif qilayotgan fikrlar ma‘qul bo‗ladi. yoki Boshqa bolalarga sen taklif qilayotgan fikrlar har doim ham yoqavermaydi. 8. Maktabda hamma narsani talab darajasida bajarasan. yoki Maktabda sinfdoshlaringning ko‗pi talab qilingan narsani sendan yaxshi bajarishadi. 9. Hamma bolalar seni aldashga harakat qilishadi, deb o‗ylaysan. yoki Hamma bolalar seni aldashga harakat qilishmaydi va senga do‗stona munosabatda bo‗lishadi, deb o‗ylaysan. 10. Har doim hamma narsani yaxshi bajarasan. yoki Ba‘zan qo‗lingdan hech narsa kelmaydi. 11. Dars paytida jim o‗tirasan. yoki Dars paytida qimirlab o‗tirishni yoqtirasan. 12. Ba‘zida onangga e‘tiroz bildirasan. yoki Har doim onang bilan kelishasan, chunki ko‗rqasan. 13. Senga parkda sayr qilish yoqadi. yoki Senga tog‗dan chang‗ida tushish ko‗proq yoqadi. 14. Har doim muloyimman deb o‗ylaysan. yoki Ba‘zan etarlicha muloyim bo‗lmayman, deb hisoblaysan. 15. Sen bilan kelishish qiyin, o‗z fikringda qat‘iy turasan, deb o‗ylashadi. yoki Sen bilan ishlash oson, hamma narsaga rozi bo‗lasan, tushunasan. 16. BuYumlaringni boshqa bolalar bilan almashtirgansan. yoki Hech qachon o‗rtoqlaring bilan narsa almashmagansan. 17. Ba‘zan quloqsiz bo‗lishni xohlaganmisan? yoki Sen buni hech qachon qilmagansan. 18. Onang hamma narsani sendan ko‗ra yaxshi bajaradi. yoki Ba‘zi sening takliflaring onangnikidan ko‗ra yaxshi bo‗ladi. 19. Agar sen yovvoyi hayvon bo‗lganingda chopqir ot bo‗lishni xohlar eding. yoki Agar sen yovvoyi hayvon bo‗lganingda yo‗lbars bo‗lishni xohlar eding. 20. Senga xushxabarni etkazishsa, xursand bo‗lasan. yoki Senga xushxabar etkazishsa, xursandligingdan sakraging keladi. 21. Agar senga kimdir yaxshi munosabatda bo‗lmasa, sen xafa bo‗lmaysan va uni kechirasan. yoki Agar senga kimdir yaxshi munosabatda bo‗lmasa, shunga yarasha javob qaytarasan. 22. Senga basseynda cho‗milish ko‗proq yoqqan bo‗lar edi. yoki Senga basseynga balandlikdan sakrash ko‗proq yoqqan bo‗lar edi. 23. O‗qituvchi sening etarlicha e‘tiborsizligingni va daftaringda ko‗p xato qilishingni ta‘kidlaydi. yoki O‗qituvchi sen har doim e‘tiborliligingni va daftaringda ko‗p xato qilmasligingni ta‘kidlaydi. 24. Bahslarda nima qilib bo‗lsa ham o‗zingning haqligingni isbotlashga harakat qilasan. yoki Bahslarda o‗zingning haqligingni isbotlashga harakat qilmaysan va ularga yon berasan. 25. Urush haqidagi qandaydir hikoyani eshitgan bo‗lar eding. yoki Hayvonlar haqidagi hikoyani eshitgan bo‗lar eding. 26. Sinfingga kelgan yangi o‗quvchilarga har doim yordam berasan. yoki Odatda sinfingizdagi yangi o‗quvchilarga sen emas, balki boshqalar yordam beradi. 27. Ko‗ngilsizliklarni uzoq vaqt esingdan chiqara olmaysan. yoki Ko‗ngilsizliklarni tezda esdan chiqarasan. 28. Senga kiyimlar tikish ko‗proq yoqqan bo‗lar edi. yoki Senga balet raqqosasi bo‗lish ko‗proq yoqqan bo‗lar edi. 29. Agar onang seni koyisa xafa bo‗lib qolasan. yoki Agar onang seni koyigan bo‗lsa hech qachon kayfiyating buzilmaydi 30. Har doim sumkangni kechqurun tayyorlaysan. yoki Sumkangni ertalab maktabga ketishdan oldin tayyorlaysan. 31. Seni o‗qituvchi doimo maqtaydi. yoki Seni o‗qituvchi onda-sonda maqtaydi 32. O‗rgimchakni bemalol ushlashing mumkin. yoki O‗rgimchakni yoqtirmaysan, uni ushlay olmaysan. 33. Ko‗p xafa bo‗lasan. yoki Biron-bir kishidan kamdan-kam xafa bo‗lasan 34. Ota-onang uxlashing kerakligini aytishsa, darhol uxlashga ketasan. yoki Ota-onang uxlashing kerakligini aytishsa, darhol uxlagani ketmaysan va o‗ynashni davom ettirasan. 35. Notanish insonlar bilan gaplashishga to‗g‗ri kelsa, har doim uyalasan. yoki Notanish insonlar bilan gaplashishga to‗g‗ri kelsa, hech qachon uyalmaysan. 36. Rassom bo‗lishni ko‗proq xohlaysan. yoki Ko‗proq yaxshi sartarosh bo‗lishni afzal ko‗rasan. 37. Hamma narsalarni muvaffaqiyatli bajarasan. yoki Senda omadsizliklar ham bo‗lib turadi. 38. Agar sen masala shartini tushunmagan bo‗lsang, bolalardan birontasiga murojaat qilasan. yoki Agar masala shartini tushunmasang, o‗qituvchingga murojaat qilasan. 39. Sen kulgili hikoyalarni hamma kuladigan qilib gapirib bera olasan. yoki Sen kulgili hikoyalarni hamma kuladigan qilib gapirib bera olmaysan. 40. Darsdan so‗ng ma‘lum bir vaqt davomida o‗qituvchi oldida bo‗lishni xohlaysan. yoki Darsdan so‗ng har doim sinfdan chiqib ketishni, koridorda Yurishni xush ko‗rasan. 41. Ba‘zan bekorchi bo‗lib o‗tirganingda o‗zingni noxush sezasan. yoki Sen bilan bunday holat hech qachon bo‗lmagan. 42. Maktabdan uyga ketayotib o‗ynash uchun to‗xtaysan. yoki Maktabdan so‗ng darhol uyga borasan. 43. Ota-onang har doim seni tinglashadi. yoki Ota-onang o‗ta band va seni tinglashmaydi. 44. Uydan chiqa olmaganingda qattiq xafa bo‗lasan. yoki Uydan chiqa olmaganingda bu sening kayfiyatingni tushirib Yubormaydi. 45. Hayotingda qiyinchiliklar kam. yoki Sening hayotingda qiyinchiliklar ko‗p. 46. Bo‗sh vaqtingda sen yaxshisi kinoga borgan bo‗lar eding yoki Bo‗sh vaqtingda, yaxshisi, hovlida gullar va daraxtlar ekkan bo‗lar eding. 47. Onangga bajonidil maktabdagi voqealar haqida gapirib berasan. yoki Onangga bajonidil sayr, ekskursiya haqida gapirib berasan. 48. Agar do‗stlaring so‗roqsiz buYumlaringni olishsa, sen buni hech qanday hayratlanadigan joyi yo‗q deb hisoblaysan. yoki Agar do‗stlaring so‗roqsiz buYumlaringni olishsa, jahling chiqadi. 49. Odatda kutilmagan tovushdan seskanib ketasan. yoki Kutilmagan tovushga oddiygina qarab qo‗yasan. 50. Qizlar bilan bir-biringizga biron narsa aytib berish senga yoqadi. yoki Senga qizlar bilan biron-bir o‗yin o‗ynash ko‗proq yoqadi. 51. Hayajonlanganingda ovozingni ko‗tarasan. yoki Har doim xotirjam gapirasan. 52. Bajonidil darsga borgan bo‗lar eding. yoki Bajonidil figurali uchish chiqishlarini ko‗rgan bo‗lar eding. 53. Agar radio eshitayotgan yoki televizor ko‗rayotgan bo‗lsang senga tashqaridagi ovozlar xalaqit beradi. yoki Agar radio eshitayotgan yoki televizor ko‗rayotgan bo‗lsang, tashqaridagi ovozlarni eshitmaysan. 54. Maktabda senga qiyin bo‗ladi. yoki Maktabda senga har doim oson bo‗ladi. 55. Agar uyda jahlingni chiqarishsa, sekingina xonadan chiqib ketasan. yoki Agar jahlingni chiqarishsa, eshikni qattiq yopib ketasan. Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling