O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Shaxsning qadriyatlar yo‟nalishini diagnostika qilish
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
8.5.Shaxsning qadriyatlar yo‟nalishini diagnostika qilish
ROKICH METODIKASI 1-javob varaqasi (terminal qadriyatlar) Yo‘riqnoma: Quyida odamlar o‘z hayotida ko‘zlaydigan asosiy maqsadlar ro‘yxati berilgan. Ularning har biri shaxsan siz uchun qanchalik muhim? Muhimlik darajasini 5 balli tizimda baholang. Bunda «1» - eng past ball, «5» - eng Yuqori ball bo‘ladi. T.r. Hayotiy maqsadlar (qadriyatlar) mazmuni ball 1 dan 5 gacha 1 Fikrlash va xulosa chiqarishdagi mustaqillik 2. O‘z-o‘ziga ishonch (ichki shubha va gumonlardan xoli bo‘lish). 3. Moddiy ta`minlanganlik (hayotda moddiy qiyinchiliklarning yo‘qligi). 4. Sog`liq (jismonan va ruhiy). 5. Huzur-xalovat (vaqtichog`lik, aysh-ishrat). 6. Qiziqarli ish. 7. Muhabbat (sevgan kishi bilan ma`naviy va jismoniy yaqinlik). 8. Harakat va faoliyatdagi erkinlik. 9. Go‘zallik (tabiat va san`atdagi go‘zallikni his etish). 10. Sodiq va vafoli do‘stlar. 11. Bilish (bilim olish, aqlni charxlash imkoniyati). 12. Baxtli oilaviy hayot. 13. Ijod (ijodiy faoliyat imkoniyati). 14. Ko‘pchilik tomonidan tan olinish (hurmat qozonish). 15. Faol qizg`in hayot . 16. Tenglik (barcha uchun imkoniyatlar tengligi). 2-javob varaqasi (terminal qadriyatlar) Yo‘riqnoma: Quyida shaxsga xos asosiy xususiyatlar ro‘yxati berilgan. Ularning har biri siz uchun qanchalik muhim? Muhimlik darajasini 5 balli tizimda baholang. Bunda «1» - eng past ball, «5» eng Yuqori ball bo‘ladi. t.r. Shaxs xususiyatlari (qadriyatlar sifatida)ning mazmuni 5 dan 1 gacha ball 1. O‘ziga katta talablar qo‘yish 2. E`tiborlilik (g`amxo‘rlik) 3. Tarbiyalanganlilik (xushxulqlik, odoblilik) 4. Ishda samaradorlikka erishuvchanlik (mehnatsevarlik, ishdagi mahsuldorlik, ishda muvaffaqiyatga erishuvchanlik) 5. Shaxsiy fikrlarni himoya qilishda jasurlik 6. Aytilgan ishlarni bekamu ko‘st bajarish (intizomlilik) 7. Haxsiy kamchiliklarni, boshqalarning kamchiliklarini kechirmaslik 8. Masalaga har tomonlama qaray olish (boshqalarning nuqtai nazarini tushuna olish, o‘zgacha did, odatlarni hurmat qilish) 9. Xalollik (rostgo‘ylik, samimiylik) 10. Ma`lumotlilik (keng bilimlarda Yuksak madaniy daraja). 11. O‘z-o‘zini boshqara olish (bosiqlik, tartiblilik) 12. Bag`rikenglik (boshqa odamlarning xato va kamchiliklarini kechira olish) 13. Mustahkam iroda (qiyinchiliklar oldida chekinmaslik) 14. Ratsionalizm (oqil va mantiqiy fikrlash, yaxshilab o‘ylab qaror qabul qilish) 15. Ma`suliyat (burch hissi, va`daning ustidan chiqish) 16. Hayotdan zavqlanish (Yumor hissi) Natijalarni qayta ishlash va ularni talqin etish. Eng avvalo qadriyatlar orientatsiyasi (QO ) psixologik mexanizmining shakllanganlik darajasi, ya`ni o‘quvchilarning qadriyatlarni tanlay olishga qodirligini aniqlash kerak. O‘quvchilarning bunday qobiliyati ularning qadriyatlarga qo‘ygan baholari xilma-xilligida namoyon bo‘ladi. Agar sinaluvchilar qadriyatlarni baholashda 5 balli tizimdagi barcha ballardan foydalansalar, demak ularda differentsiatsiyalashning psixologik mexanizmi shakllangan bo‘ladi. Bordi-yu, ular qadriyatlarni baholashda asosan 2 ta ballni (masalan 4 va 5ni) qo‘llasalar, bu differentsiatsiyalash mexanizmi xali shakllanishning ilk bosqichida ekanligini anglatadi. Agar sinaluvchilar baholashda umuman faqat bitta balldan foydalansalar, ularda QO ning psixologik mexanizm sifatida differentsiatsiya qobiliyati shakllanmagan bo‘ladi. Shu tariqa psixologik mexanizmning shakllanganligiga ko‘ra sinaluvchilar uch guruhga ajratilishi mumkin: 1) QOning differentsiatsiyalashgan tarkibi shakllangan o‘quvchilar; 2) QO ning differentsiatsiyalashgan tarkibi endi shakllana boshlagan o‘quvchilar; 3) QO ning differentsiatsiyalashgan tarkibi shakllanmagan o‘quvchilar. Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling