9.3.
“Rorshax siyoh dog„lari” proektiv metodikasi
Metodika 1921 yilda G.Rorshax tomonidan yaratilgan bo‘lib, eng mashhur proektiv
metodikalardan biri hisoblanadi. Ushbu metodikada qo‘zg`atuvchi material 10 nafar oq-qora va
rangli bo‘lgan simmetrik, lekin aniq tuzilishga ega bo‘lmagan tasvirlardan iborat. Sinaluvchiga
har bir tasvir ko‘rsatilib, u nimaga o‘xshashi haqidagi savolga javob berishlari lozim. Sinaluvchi
aytgan barcha gaplar so‘zma-so‘z yozib boriladi. Tasvir ko‘rsatilganidan sinaluvchi javob bera
boshlagan vaqt e`tiborga olinadi. Tadqiqot eksperimentator tomonidan assotsiatsiya hosil qilgan
tasvir detallarni aniqlashtirish uchun savollar berish bilan yakunlanadi.
Har bir javob quyidagi besh kategoriya bo‘yicha qayta ishlanadi:
1) lokalizatsiya (butun tasvirni yoki uning ayrim qismlarini javob uchun tanlash);2)
determinantlar (javob berish uchun tasvir shakli, rangi va boshqalar foydalanilishi mumkin); 3)
shakl darajasi ( tasvir shakli javobda qanchalik to‘g`ri baholangan, bunda mezon sifatida
ko‘proq berilgan javoblar olinadi); 4) mazmun (javob odamlar, hayvonlar va jonsiz narsalarga
taalluqli bo‘lishi mumkin; 5) originallik- ommaviylik (juda kam uchraydigan javoblar original,
ommaviy deb 30% dan ko‘p sinaluvchilarning javoblarida uchraganiga aytiladi.
G.Rorshaxning asosiy nazariy g`oyasi shundan iboratki, shaxsning faolligi ichki va tashqi
undovchilar bilan belgilanadi. Faollikning ustun turiga ko‘ra muallif introversiya va
ekstratensiya tushunchalarini kiritadi. Ekstratensiv tip – bu shunday insonlarki o‘z xulq-atvori
sabablarini ―Men‖ dan tashqarida izlaydi, introvertlar bo‘lsa o‘z xulq-atvori sabablarini ichki
―Men‖dan izlaydi. Introversiya va ekstratensiya ko‘rsatkichlari orasidagi munosabatda Rorshax
testidagi muhim ko‘rsatkich ―qayg`urish tipi ―aniqlanadi.Rorshax testlarining ishonchliligi va
validligi 80-90 yillarda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarda isbotangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |