O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


“Rozentsveyg frustratsiya testi” proektiv metodikasi


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

 
9.4.“Rozentsveyg frustratsiya testi” proektiv metodikasi
 
Metodika 1945 yilda S.Rozentsveyg tomonidan taklif etilgan bo‘lib, olim tomonidan ishlab
chiqilgan frustratsiya nazariyasiga asoslanadi.(lot. Frustration-aldash, ruxsizlik holati).
Metodikada stimul material bo‘lib frustratsion vaziyatlarga tushgan shaxslar tasvirlangan 24 ta
rasm xizmat qiladi.Chap tomonda turgan shaxs o‘zining yoki boshqa shaxsning
frustratsiyasini so‘z bilan tasvirlaydi. O‘ng tomondagi shaxsning tepasida bo‘sh kvadrat bo‘lib, 
sinaluvchi miyasiga kelgan birirnchi fikrni ifodalashi zarur. Rasmlardagi personajlarda
mimikalar aks etmagan. Rasmlarda tasvirlangan vaziyatlar kundalik turmushdan olingan
bo‘lib, ularni ikki guruxga ajratish mumkin: 1)to‘siq- vaziyatlar yoki S.Rozentsveyg 
terminologiyasi bo‘yicha «egoblokinglar». Bunda har qanday usul bilan o‘ng tomondagi
personajning jahlini chiqarishga harakat qilinadi.
2) ayblash vaziyatlari, yoki «superegoblokinglar».Bu vaziyatlarda o‘ng tomonda chizilgan
personaj nimadadir ayblanadi yoki uni javobgarlikka tortiladi. 
Olingan javoblarni baholash S.Rozentsveyg nazariyasiga mos ravishda reaktsiyalar va 
ularning yonalishiga ko‘ra amalga oshiriladi. 
Yo‘nalishiga ko‘ra reaktsiyalar uchga bo‘linadi: a) ekstrapunitiv – frustratsiyaning sababi 
tashqaridan izlanadi, vaziyatni hal qilish boshqa odamlarga bog‘liq bo‘ladi; b) intropunitiv – 
reaktsiya aybni o‘ziga olishga qaratilgan bo‘lib, frustratsiya vujudga keltirilgan holat
muhokama qilinmaydi; c) impunitiv – frustratsiya vujudga keltiruvchi vaziyat vaqt o‘tishi bilan 
hal bo‘ladigan ahamiyatsiz holat deb baholanadi, atrofdagilar yoki o‘zi ayblanmaydi. 
Ekstrapunitiv, intropunitiv, impunitiv yonalganlikni belgilash uchun E, I, M – harflari mos
ravishda foydalaniladi. 
Bundan tashqari reaktsiya tipiga ko‘ra ham uchga bo‘linadi: a) to‘sqinlik dominantlik (E‘, I‘, 
M‘) – frustratsiya vujudga keltiradigan to‘siqqa qulay, noqulay va ahamiyatsiz bo‘lishidan 
qat‘iy nazar urg‘u beriladi; b) o‘zini himoya qiluvchi (E, I, M)- o‘z «men»ini himoya 
qilishga qaratilgan, o‘z aybiga iqror bo‘lish yoki rad etish; 
c)ehtiyojga qaratilgan - nizoli vaziyatlarni kimdandir yordam olib yoki o‘zi hal qilishni bo‘yniga
olib konsruktiv hal qilish. 


Frustratsiya vaziyatidagi xulq-atvor haqida qo‘himcha ma‘alumotni Rauxfmeysh (1971) 
indexsi beradi.Ularga quyidagilar kiradi:
- «Agressiyaning yonalganligi» indexsi- E/I; 
- «Agressiyaning trasformatsiyasi» – E/e; 
- «Muammolarni hal qilish» indexsi – i/e. 
S.Rozentsveyg nazariyasiga ko‘ra frustratsiya organizm qandaydir hayotiy ehtiyojlarni qondirish
yo‘lida to‘siqlarga duch kelgan holatlarda Yuzaga keladi. Frustratsion vaziyatlarda organizm 
himoyasi uch darajada amalga oshiriladi: hujayraviy(fagotsit va antitelalar va b. ta‘siri); avtonom 
– organizmni jismoniy «agressiyalardan» himoya qilish; kortikal, psixologik darajada shaxs 
reaktsiyalari yo‘nalganligiga mos tiplarni ajratish amalga oshiriladi. 
Hozirgi vaqtda ushbu test MDH davlatlarida keng qo‘llaniladi. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling