O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Rasm chizish jarayoni taxlili 
Bunda asosiy e‘tibor quyidagilarga qaratilishi zarur: 
a)Oila a‘zolari rasmini chizishda ketma-ketlik; 
 
b) detallarni chizishda ketma-ketlik; 
 
c)o‘chirish; 
d) 
o‘chizib bolingan o‘bektlar, detallar va figuralarga qaytish; 
e) 
pauzalar; 
f)spontan izohlar. 
Bolallar rasmda birinchi bo‘lib emotsional jihatdan eng yaqin odamni aks ettiradi. O‘zlarini 
birinchi bo‘lib tasvirlash bolalarga xos bo‘lgan yosh xususiyati –egotsentrizm bilan bog‘liq. 
Agar rasm onasi yoki o‘zidan emas,boshqa oila a‘zolaridan boshlansa,bu shaxs bola uchun 
qadrli bo‘lib unga bog‘langan bo‘ladi.Agar bola eng oxirida onasini chizsa, bu bolaning unga
nisbatan negativ munosabatini bildiradi. 
Oila a‘zolarini chizishdagi ketma-ketlik taxlili figuralar grafik tasviri xususiyatlari taxlili
bilan birgalikda amalga oshirilsa, ishonchli ma‘lumotlar olish mumkin.Agar birinchi
tasvirlangan figura hajm jihatdan katta, biroq sxematik tarzda, bezatilmagan holda ifodalansa, bu 
shaxsning bola uchun ahamiyati, oiladagi ustunligi, kuchidan dalolat beradi, ammo bolaning 
unga nisbatan hissiyotlari ijobiy emas. Ko‘pincha bolalar oila rasmi chizish vazifasini
olishgach, oila a‘zolarini chiza boshlaydilar. Ba‘zi bolalar esa avval turli ob‘ektlarni quyosh, 
mebel rasmini chizib, keyin odamlarni tasvirlashga kirishadilar. Bu o‘ziga xos himoya
reaktsiyasi bolib, bola o‘ziga yoqimsiz vazifani bajarishni bir oz orqaga suradi. K
o

pincha bu 
noqulay oilaviy vaziyat
, yomon munosabatlar, shuningdek, ba‘zida psixolog bilan bolaning 
aloqasi yomon bo‘lganida kuzatiladi. 
 
10. 
4.“Jil film testi” proektiv metodikasi
 
Jil film testini 1959 yilda Rene Jil kashf etgan. Jil film testi uchun qo‘zg‘atuvchi material 
bo‘lib bolalar va kattalar tasvirlangan 69ta kartinkalar hizmat qiladi. Bunda bolaning boshqalar
bilan munosabatlari o‘rganiladi. Masalan, rasmda stol atrofida o‘tirgan oila tasvirlangan. Bola 
o‘ziga stol atrofida joy tanlashi lozim. Test topshiriqlarida ba‘zi vaviyatlarda xulq-atvorning
tipik shakllarini tanlash taklif etiladi.Masalan: 
-Kim bilan o‘ynashni xohlaysan? Tengdoshlaring bilanmi, sendan kattalar bilanmi, kichiklar 
bilanmi?
Tadqiqot psixologni qiziqtirgan savollarga aniqlik kiritish bilan yakunlanadi. Jil film testi 
bolaning ikki xil shaxslararo munosabatlari tizimini tavsiflash imkonini beradi: 
1. 
Bolaning boshqa insonlar bilan aniq- shaxsiy munosabatlarini tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar: a)onasi; b)otasi;c) ota-onasi; d)aka-singillari; e) buvi-buvasi; 


226 
j) do‘sti; z) o‘qituvchisi. 
2. 
Bolaning o‘zining xususiyatlarini tavsiflovchi xususiyatlar: a)qiziquvchanlik; 
b)guruxda ustunlik qilishga intilish;c) katta guruxlardagi boshqa bolalar bilan muloqot qilishga 
intilish; d)yolg‘izlikka intilish; e)xulq-atvorning ijtimoiy mosligi. 
Olingan natijalar sifat va miqdor jihatidan taxlil qilinadi. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling