O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Rivojlanish darajasi haqida xulosa
Download 6,94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meyli testi yordamida ko„rish va eshitish xotirasini o„rganish
Rivojlanish darajasi haqida xulosa
8-10ball – bola maktab ta'limiga tayyor, uning esda qoldirishi Yuqori va o‗rtacha dinamiklikka ega. 4-7 ball – o‗qishga etarli darajada tayyor emas. 0-3 ball – umuman maktab ta'limiga tayyor emas. Meyli testi yordamida ko„rish va eshitish xotirasini o„rganish R.Meili testi 1961 yilda ishlab chiqilgan bo‗lib, 7–14 yoshli bolalar va kattalarning ko‗rish va eshitish xotirasini o‗rganishda foydalaniladi. Tadqiqot ikki bosqichdan iborat (6-jadval). Birinchi bosqichda rasmda tasvirlangan predmetlarni xotirada olib qolish va ko‗rish xotirasi o‗rganiladi. Ikkinchi bosqichda tadqiqotchi o‗qib bergan so‗zlarni – predmetlarning nomlarini eshitib, esda olib qolish qobiliyati o‗rganiladi. Bu tadqiqotlar bir kunda o‗tkazilmaydi, bu esa xotiraning o‗rganilayotgan xususiyatlarini yaxshilab tahlil qilishga imkon beradi. Tajriba o‗tkazish uchun turli predmetlar tasvirlangan 60 ta so‗zlar to‗plami – 2 - qatorda kerak bo‗ladi. Ko‗rish xotirasi o‗rganilayotganda quyidagi qo‗rsatma beriladi: «Hozir men sizga turli predmetlar tasvirlangan rasmlarni ko‗rsataman, siz ularning nomini istalgan tartibda aytasiz». Rasmlarning har biri 2 soniya ko‗rsatiladi. 10 soniya tanaffusdan so‗ng sinaluvchi predmetlarni aytadi. Eksperimentator to‗g‗ri aytilgan predmetlarni ham, rasmda yo‗q bo‗lgan qo‗shib qo‗yilgan predmetlarning nomini ham yozib boradi. Rasmlarning 2-seriyasini boshqa kuni, so‗zlar qatori bo‗yicha tajribalar ham boshqa kunlari o‗tkaziladi. 6-jadval Meyli testi uchun qo‗zg‗atuvchi material tadqiqot bosqichlari 1 - bosqich 2 - bosqich Rasmlarning 1-seriyasi Rasmlarning 2-seriyasi So‗zlarning 1-qatori So‗zlarning 2-qatori no‗xat chig‗anoq karton jadval eshak krovat vagon hafta kalit truba dehqon so‗m arava nok pianino qarg‗a qo‗ng‗iroqcha supurgi botinka fleshka stol echki karta ari olcha buket tepalik ko ‗zoynak etik tramvay ushoq suv vilka arra pero ovchi baliq stul ko ‗mir qo‗y bochka bola olmaxon bulut bosh bolg‗a qurol terak bufet shisha yigitcha qalam atirgul g‗ildirakli arava nok velosiped parovoz taroq dasturxon botinka kreslo zambarak sho‗rva echki bayroq daraxt plash salon xo‗roz olma mushuk sohil qaychi kitobcha pichoq burun zontik shlyapa bosma qog‗oz po‗kak vaza uy sirka mehmonxona sigir it gul sovun divan skameyka mehnat ilon kaptar eshik osmon tova soat piyola gugurt qush qariya daryo siyoh salat ko‗zoynak pech qulf raketa chiroq skripka qul nonushta oyoq papiros quti daraxt qor pianino ot yong‗in truba Eshitish xotirasini o‗rganish bo‗yicha tadqiqot ham shunday o‗tkaziladi. Sinaluvchiga quyidagi qo‗rsatma beriladi: «Hozir sizga so‗zlar qatorini o‗qib beraman, siz esa eshitib bo‗lganingizdan so‗ng, ularni istalgan tartibda menga aytib berasiz». Tadqiqotchi tadqiqot qaroriga sinaluvchi aytgan barcha so‗zlarni – takrorlaganlarini ham, yo‗q so‗zlarni qo‗shib qo‗yganlarini ham yozib boradi. Olingan natijalar foizlarda miqdoriy o‗lchash orqali tahlil qilinishi mumkin. Download 6,94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling