O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Eksperimental psixologiya- umumiy psixologiyaning tarkibiy qismi bo`lib, ruhiy jarayonlarni 
tajriba yordamida o`rganadi.


Eksperimental psixologiya fanining maqsadi psixologik eksperiment o‘tkazishning malaka va 
ko‘nikmalarini paydo qilish va rivojlantirishdan iborat. 
Eksperimental psixologiyaning vazifalari: 
1. Psixologiya fanida eksperiment o‘tkazishning qonunlari, tartibi va tamoyillari bilan 
tanishtirishdan iborat. 
2. Turli metodikalar yordamida shaxsning psixik jarayonlari, holatlari va psixomotor
rivojlanishini o‘rganishdir.
1.2.Psixodiagnostik va eksperimental tekshiruv bosqichlari
 
Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo‗yishning 3 bosqichi farqlanadi: 
Simptomatik diagnozda mavjud har qanday EHM bajarishi mumkin bo‗lgan tadqiqotda olingan 
natijalar qayta ishlanadi.
Etiologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligigina emas, balki 
uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi.
Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va o‗rni 
aniqlanadi.
 
1.3. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya turlari 
 
Fan va texnikada diagnostikaning juda ko‗p turlari bor. Masalan: tibbiyot diagnostikasi kasalning 
kelib chiqishini o‗rganadi va aniqlaydi; texnik diagnostika – har xil texnika sistemalari, elektron 
hisoblash mashinalari, kompYuterlarning salbiy xususiyatlarini aniqlab, ularni bartaraf qilishni 
o‗rgatadi; sport diagnostikasi – jismoniy jarayonlarning o‗zgarish holatlarini o‗rganadi va 
aniqlaydi; psixologik diagnostika – shaxs guruhlarning psixik xususiyatlari, holatlari va 
taraqqiyot ko‗rsatkichlarini aniqlab, sifatli va miqdoriy jihatdan o‗lchab beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi, umumta'lim maktablaridagi o‗quv-tarbiya jarayoni bolalarning 
qobiliyati va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga 
qaratilgan. Pedagogik jarayonning mahsuldorligi pedagogning o‗z o‗quvchilarini yaxshi bilishiga, 
ta'lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo‗llashiga bog‗liq. 
Albatta, pedagogika fan sifatida tarbiyachiga pedagogik psixologiya sohasidagi tayyor 
«retseptlar»ni bera olmaydi. Bunday ko‗nikmalar bolalar bilan bevosita muloqot jarayonida, ular 
xulq-atvorining motivlarini, hissiy-shaxsiy xususiyatlarini tahlil qilish mobaynida egallanadi. Bu 
haqida mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy quyidagicha yozgan edi: «Biz unday yoki bunday 
qiling deb tushuncha bermaymiz. Biz ularga: Siz boshqarmoqchi bo‗lgan psixik hodisalarning 
qonuniyatlarini o‗rganing va ularga mos ravishda harakat qiling, deymiz».
Lekin tarbiyachilar bolalar psixologiyasi bo‗yicha bilimlarni juda kam qo‗llaydilar, asosan 
o‗quvchilar o‗zlashtirmaganlarida, taraqqiyotdan chetlashish yoxud buzilishlar sodir 
bo‗lgandagina foydalanishga harakat qiladilar. Bolalarning bunday holatlari chegara holatlari 
sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi o‗laroq shaxs aktsentuatsiyasining turli ko‗rinishi sifatida 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling