O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Psixologik tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

 
1.5.Psixologik tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari
Psixodiagnostika – bu psixologning kasbiy faoliyatidagi murakkab va juda ma'suliyatli sohadir. 
Shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-axloqiy talablar qo‗yilgan bo‗lib, ular 
quyidagilardir:
Psixodiagnostika sirlarini saqlash. 
Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi. 
Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik. 
Xulosalarning ob'ektivligi. 
Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi. 
Yuqorida qayd qilib o‗tilgan talablarning, har birini psixodiagnostikaning tamoyillari sifatida 
alohida ko‗rib chiqamiz. 
Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili – sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e'lon 
qilmaslik, bu birinchi navbatda balog‗at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar
balog‗at yoshiga etmagan bo‗lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-
onalarning, bolalar uchun ma'naviy va huquqiy mas'ul bo‗lgan shaxslarning ruxsati bo‗lishi shart. 
Faqat ba'zi hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e'lon 
qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-shariflarini bayon etish tavsiya 
qilinmaydi. 
Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, 
ishonchlilik talabi qo‗yiladi, ya'ni olingan natijalarga to‗liq ishonch imkonini bersin.
Ziyon etkazmaslik tamoyilida psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda 
qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi.
Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili test o‗tkazayotgan odamning sub'ektiv ustanovkalarga tobe 
bo‗lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo‗lib, validli va 
ishonchli metodika yordamida o‗tkazilgan bo‗lishi shart.
Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta taklif qilinayotgan 
odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda
tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak. 
Shunday qilib, ushbu mavzuda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining 
predmeti, vazifalari, bosqichlari, eksperimentator shaxsiga qo‘yiladigan talablar, psixologik 
tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari bilan tanishdik. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling