O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
11-jadval Bavosita eslab qolish metodikasining o‗zgartirilgan varianti uchun qo‗zg‗atuvchi material Sinaluvchi esda olib qolishi uchun o‗qib beriladigan so‗zlar Har xil bavositalik imkonini beradigan rasmlar yong‗in yomg‗ir mehnat xato g‗am oshxona, asbob, maktab doskasi, taroq, quyosh, globus, ko‗za, xo‗roz, devor, bolalar ishtoni, ot, ko‗cha chirog‗i, botinka, soatlar, qalam, zavod trubalari, non do‗koni «Hozir sizlarga so‗zlarni o‗qib beraman, siz esa ularni yaxshiroq eslab qolish uchun ularga mos rasmlarni tanlaysiz. Bu rasmlar keyinchalik so‗zlarni qayta esga tushirishga yordam berishi zarur». Birinchi «yong‗in» so‗zi beriladi. Agar bola 15 soniya davomida ishga kirishmasa, u ko‗rsatmani yaxshi tushunganligini aniqlash kerak. Ko‗rsatma yana takrorlanadi. Agar 20-30 soniyadan keyin bola topshiriqni bajarishga kirishmasa, tadqiqotchi tushuntira boshlaydi: «Siz «yong‗in» so‗zini esga tushirishga yordam beradigan rasmli kartochkani tanlashingiz zarur. Qanday rasm yong‗inni, tutun chiqayotganini eslatishini qarab chiqamiz. Mana masalan, bu erda zavod trubalari, tutun Yuqoriga chiqayotgani tasvirlangan. Bu rasm sizga «yong‗in» so‗zini eslab qolishga yordam beradimi?». Bola tasdiqlab boshini silkiydi va qanday eslab qolish kerakligini tushunganligini aytadi. Keyin tadqiqotchi keyingi so‗zni aytadi, sinaluvchi bo‗lsa zarur kartochkani tanlaydi. Kartochkani tanlash uchun 30 soniyagacha vaqt beriladi. Ko‗pincha bolalar tezroq tanlashadi. Har bir tanlashdan so‗ng, tadqiqotchi bolani nima uchun xuddi shu rasmni tanlaganini, u aytilgan so‗z bilan qanday bog‗langanligini so‗raydi. Hamma so‗zlar aytilib, ularga mos rasmlar tanlanganidan keyin, eksperimentator ularni bir chetga olib qo‗yib, bolaga xotirani o‗rganish bo‗yicha boshqa topshiriq beradi, masalan kubiklardan figura yasash. 15 yoki 30 daqiqadan so‗ng, unga so‗zlarni eslab qolish uchun tanlangan rasmlar ko‗rsatiladi. Bola eslab qolgan so‗zni aytishi kerak. Bunda u yoki bu rasm xotirada qanday bog‗lanishlarni hosil qilishini aniqlash zarur. Tadqiqot jarayonida tajriba qarori to‗ldirib boriladi (12-jadval). 12-jadval Bavosita eslab qolish tajribasining qarori Eslab qolish uchun berilgan so‗zlar Rasmni tanlash vaqti (soniya) Rasmni tanlash motivi Qayta esga tushirish Turli yordamchi vositalardan foydalanib to‗g‗ri qayta esga tushirilgan so‗zlar bolada eslab qolish qobiliyatining kuchli rivojlanganligidan dalolat beradi (A.N.Leontev, 1928). Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling