Bolaning maktab ta'limiga tayyorgarligi va bilish jarayonlari rivojlanish darajasini
aniqlash metodlari
Bolalarning maishiy turmush haqidagi tushunchalarini aniqlash, atrof-muhitda mo‗ljal ola
bilishini o‗rganish. Bolaning turmush haqidagi tushunchalar boyligiga: o‗zi, yaqinlari,
qarindoshlari, atrofdagilari, u yashayotgan hududdagi kishilar, buYumlar haqidagi tushuncha va
bilimlari kiradi. Bunday bilimlar bola ulg‗aygan sari ortib boradi.
Turmush haqidagi tushunchalar boyligini tadqiq etish uchun 6–7 yoshdan 10–11 yoshgacha
bolalarga beriladigan savollar 10 tadan oshmasligi kerak. Har bir yosh uchun savollar ma'no
jihatidan bir xil bo‗lsa ham, lekin asta-sekin murakkablashib boradi. Masalan: maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolaga «Isming nima?» deb savol bersak, 1-sinf o‗quvchisiga bu savol biroz
boshqacha beriladi: «Isming va familiyang kim?», 2-sinf: «Ota-onangning ismi va familiyasi
qanday?», 3-sinf: «Buving va buvangning familiyasi va ismi qanday?» tarzida o‗zgarib boradi.
Savollarning har bir yosh xususiyatlarini, shu yoshdagi turmush haqidagi tushunchalar boyligini,
shu savollarga javob bera olish qobiliyatini hisobga olib tuzilganligi Yuqoridagi misoldan ham
ko‗rinib turibdi. Har bir yoshdagi bola shu savollarga javob bera olishiga qarab ball bilan
baholanadi.
Quyidagi metodikada javoblar 0-1 ball bilan baholanadi. Lekin ba'zan shunday holatlar xam
bo‗ladiki, bolaning javobini 0 - 1 ball bilan baholab bo‗lmaydi, shuning uchun mezonga 0,5 ballni
kiritishga to‗g‗ri keladi. Ba'zan savollarga javob berish jarayonida bola savolga bilmagani uchun
emas, bu savolga javob berish imkoniyati yo‗qligi yoki xohlamagani uchun javob bermasligi ham
mumkin va tadqiqotchi bunday holatni e'tiborga olishi kerak.
TAFAKKURNI DIAGNOSTIKA QILISH METODLARI
«Ob'ektlarning o„xshashligi va farqini aniqlash, sababini tushuntirish, tushunchalarni
Do'stlaringiz bilan baham: |