O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O„QUVCHILAR PSIXODIAGNOSTIKASINING


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O„QUVCHILAR PSIXODIAGNOSTIKASINING
O„ZIGA XOSLIGI 
Bolalarda maktabga chiqish vaqtida psixologik rivojlanish darajasiga ko‗ra o‗ziga xos 
xususiyatlar paydo bo‗ladi. Bu xususiyatlar shundan iboratki, bolalar bir-birlaridan intellektual-
axloqiy jihatdan farqlanadilar. Ular bir xil ko‗rsatma va psixodiagnostik holatga har xil javob 
berishlari mumkin. Ba'zi maktabga kirayotgan bolalarga kattalar uchun mo‗ljallangan 
psixodiagnostik testlar mos keladi. Ayrim rivojlanishi past bo‗lganlariga bog‗cha yoshidagi 
bolalar uchun mo‗ljallangan testlar to‗g‗ri keladi. Asosan, o‗z-o‗zini verbal baholash, tashqi 


muhitni ongli baholash holatidagi testlarda bu aniq bilinadi. Shuning uchun kichik maktab 
yoshidagi bolalar bilan u yoki bu psixodiagnostik testni o‗tkazishdan avval bolaning real 
psixologik rivojlanishiga mos keluvchi testni tanlab olish kerak. 6-7 yoshdagi bolalarning maktab 
ta'limiga tayyorgarligiga oid empirik ma'lumotlarga ko‗ra, 50 foizdan 80 foizgacha bolalar u yoki 
bu jihatdan boshlang‗ich ta'lim dasturini o‗zlashtirishga tayyor emas. Ko‗p bolalar maktabga 
chiqishga tayyor bo‗lsalar-da, aqlan 5-6 yosh darajasida rivojlangan bo‗ladilar. Agar bunday 
bolaga uning uchun murakkab va qiziqarsiz psixologik testlar berilsa, bu testlar rivojlangan aql, 
diqqat-e'tibor va xotira talab qilganligi sababli, ular testni bajara olmaydilar. Bu intellektual 
qobiliyatning yo‗qligi emas, shaxsiy psixologik rivojlanish etarli bo‗lmaganligi sababli sodir 
bo‗ladi. 
Agar vazifa o‗yin sifatida qiziqarli qilib berilsa, test natijasi yuqori bo‗lishi mumkin. Mazkur 
holatlar bolalar psixodiagnostikasida amaliy psixologlar tomonidan hisobga olinishi kerak. 
3-4 - sinf o‗quvchilari uchun qiziqarli va kattalarga mo‗ljallangan testlar to‗g‗ri kelishi ham 
mumkin. Test o‗tkazishda faollik, ruhiy qiziqish Yuqori bo‗lsa, natija ham Yuqori bo‗ladi. Agar 
kattalar test vaqtida ongli ravishda irodasini ishga solib o‗zini boshqara olsalar, kichik yoshdagi 
maktab bolalari va hatto o‗smirlar ham buni bajara olmaydilar. 
Kattalar uchun mo‗ljallangan testlarni kichik maktab yoshidagi bolalarga qo‗llashda ma'lum 
cheklashlar mavjud. Bu cheklanishlar shaxslararo munosabatlar, shaxs va idrokni tahlil qilishga 
mo‗ljallangan testlarga tegishlidir. Kattalar uchun qo‗llanilayotgan intellektual (aqliy) testlarning 
ko‗pchiligi so‗z-mantiqiy tafakkurning rivojlanish darajasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu 
xususiyat kichik yoshdagi maktab o‗quvchilarida taraqqiy etib, o‗smirlik davriga kelib rivojlanishi 
tugallanadi. Amaliyot va hayotdagi o‗rniga ko‗ra, kichik yoshdagi maktab o‗quvchilarida 
ko‗rgazmali-harakat va ko‗rgazmali-obrazli tafakkur so‗z-mantiqiy tafakkurdan ustun turadi. 
Bundan tashqari, katta odamlar uchun mo‗ljallangan testlar ularning hayotiy tajribasini hisobga 
olgan holda tuziladi. Shuning uchun bu testlar kichik bolalarda qo‗llanganda jiddiy yondashish va 
soddalashtirilishi lozim. Ba'zan kichik maktab yoshidagi bolalar uchun yangi variantdagi testlar 
tuzishga to‗g‗ri keladi. Bu holatda yangi muammo tug‗iladi, ya'ni bir psixologik sifatni, tuzilishi 
va ma'nosi har xil testlarning natijasini solishtirish orqali aniqlash lozim bo‗ladi. Kattalarni turli 
testlar yordamida baholash, ularni solishtirishni talab qiladi va doimo bir xil natija bermaydi. 
Testlararo solishtirishning natijasi o‗tkazish koeffitsienti bilan baholanadi. Bunda bir testdan 
ikkinchi testga o‗tishda mumkin bo‗lgan xato ko‗zda tutiladi. O‗tkazish koeffitsienti bir 
psixologik xususiyatni baholash uchun mo‗ljallangan ikki usul natijalari sifatida qaraladi. 
O‗tkazish koeffitsienti uchun tekshiriluvchilarning soni etarli darajada ko‗p bo‗lishi, shaxsiy 
ko‗rsatkichlar dispertsiyasi esa juda kichik bo‗lishi kerak. Masalan; o‗smirlar Vekslerning bolalar 
va kattalar uchun mo‗ljallangan testlaridan, 1- da 100 foiz ko‗rsatkich, 2 - da esa 85 foiz 
ko‗rsatkich bilan baholanishdi. O‗tkazish koeffitsienti 1,25 ni tashkil qiladi. Bu koeffitsient kichik 
maktab yoshidagi bolalar uchun mo‗ljallangan test natijasini katta yoshdagilar uchun 
mo‗ljallangan test natijasiga bo‗lib olinadi. Olingan 1,25 natija amaliy psixolog uchun bolalarni 
kichik yoshdagi bolalar test varianti bilan tekshirib, o‗smirlarni katta yoshdagi odamlar testi bilan 
tekshirish, bu bevosita ko‗rsatkichlarni 1,25 ga bo‗lib yoki ko‗paytirib katta yoshlilar testi 
natijasiga solishtirish imkonini beradi. 
Katta yoshlilar uchun mo‗ljallangan shaxsni o‗rganuvchi testlarni bolalar psixodiagnostikasida 
qo‗llashdagi cheklanishlar jiddiy ahamiyatga ega, chunki kattalardagi sifatlar kichik bolalarda, 
aksincha, kichik bolalardagi o‗ziga xos xususiyatlar kattalarda bo‗lmasligi ham mumkin. Shuning 
uchun katta yoshlilar testi etarli darajada validlikka ega bo‗lmasligi ehtimoli mavjudligidan, 
birinchi tomondan, hali boladagi yo‗q xususiyatni baholash kerak bo‗ladi. Ikkinchi tomondan, 
ulardagi biror-bir xususiyat baholanmay qolishi mumkin. 
Bu holatdan chiqish uchun katta yoshlilar testini bolalar uchun qo‗llashda uning psixologik 
o‗sishini va yoshga bog‗liq psixologik xususiyatlarni bilish lozim. Bularni bilgan holda test 
natijalarini baholash mumkin. Bolalar va kattalarning shaxsiy rivojlanish darajasini bevosita 
solishtirish, baholash juda qiyin, kattalar shaxsini miqdoriy baholashdan ko‗ra sifat jihatdan 
baholash muhimrokdir. Lekin miqdorni baholashning ham alohida o‗rni mavjud. 


Tavsiya etilayotgan psixodiagnostik metodlar tizimidan maktabga kirayotgan kichik yoshli 
bolalarning va boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining aqliy jarayonlarini, shaxsiy va shaxslararo 
munosabatlarini, ulardagi amaliy ko‗nikmalarni baholash maqsadida foydalaniladi. Bu tizim 
asosida bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligini, ularning boshlang‗ich sinflarda 
o‗zlashtirish darajasini baholash mumkin. Bunday psixodiagnostik baholash kompleksiga 
quyidagilar kiradi: 
1. Atrof-muhitda umumiy mo‗ljal olish. 
2. Bolalarning maktab ta'limiga munosabati. 
3. Diqqat-e'tibor. 
4. Xotira. 
5. Tafakkur. 
6. Nutq. 
7. Badiiy-tasviriy qobiliyat. 
8. Maktab malakasi va ko‗nikmalari. 
9. Muvaffaqiyatga erishish motivlari. 
10. Shaxs xususiyatlari. 
11. Shaxslararo munosabatlar. 
Bu to‗plamga kiritilgan metodikalardan foydalanib, bolaning maktabga tayyorligi yoki tayyor 
emasligini baholash va rivojlanishdan oldinda borayotganligini aniqlash mumkin. Bu usullar 
bolaning qobiliyatlarini aniqlash va u bilan maqsadga muvofiq holda mashg‗ulot olib borishga 
yordam beradi. Metodikalar to‗plami maktabdagi muayyan bir tarbiyaviy ishlarning 
samaradorligini to‗g‗ri baholash imkonini berish bilan birga 6–7 yoshdan 10–11 yoshgacha 
bo‗lgan bolalarni o‗rganishda qo‗llash mumkin bo‗lgan usullarni ham o‗z ichiga oladi. Bu usullar 
yordamida olingan baholar bitta yagona standart tizimga o‗tkaziladi va kichik maktab yoshidagi 
maktab o‗quvchisining psixologik rivojlanishi individual xaritasiga yoziladi. 
To‗plamga 3 xil tipdagi metodikalar kiritilgan. 
1. Bola endi maktabga kirayotganda qo‗llaniladigan uslublar. 
2. Maktab ta'limiga tayyorgarligini va ruhiy rivojlanganligini baholovchi testlar. 
3. Bolaning ruhiy rivojlanishini aniqlovchi testlar.
Bolalar uchta asosiy sohada – bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, shaxslararo munosabatlar 
asosida psixologik jihatdan o‗rganiladi. Agar bolaning ruhiy rivojlanish darajasi baholanishi zarur 
bo‗lsa, ularning har biri maxsus usullar bilan baholanishi mumkin. 
Bu to‗plamdagi metodikalar diqqat, tafakkur, xotira, nutq va idrokning rivojlanish darajasini 
aniqlaydi. O‗quv faoliyati motivatsiyasi, muvaffaqiyatga erishish, o‗rtoqlari va katta yoshlilar 
bilan munosabat xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Psixologiyada har bir bilish jarayonlarini 
o‗rganishda turli-tuman natijalar olinganligi sababli metodikalarning minimal aniqligiga e'tibor 
berilgan. Birinchidan, bola tarbiyasiga ta'sir etuvchi holatlar, ikkinchidan, o‗qitish va tarbiya 
ta'sirida shakllanadigan xususiyatlar, masalan: diqqat - e'tibor, xotira, idrok, tafakkur, nutq, 
tasavvur, muvaffaqiyat motivatsiyasi va shu kabilar. Har bir metodika bitta ko‗rsatkichni baholash 
imkonini beradi va 5–10 daqiqa vaqt talab qiladi. Har bir bolani har tomonlama tekshirish uchun 
3–6 soat vaqt kerak bo‗ladi. Tavsiya etilayotgan uslublar yordamida bolani psixodiagnostika 
qilish quyidagi vazifalar echimini ta'minlaydi: 
1. Mazkur bola qanday rivojlanayotganligini aniqlash. 
2. Boladagi layoqat va qobiliyatni o‗z vaqtida aniqlash. 
3. O‗qishdan ortda qolish noto‗g‗ri tarbiyaning sababini topish. 
4. Kelajakda tanlanadigan kasbga tayyorlanish va tanlash uchun bolaga, o‗qituvchiga va ota-
onalarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berish. 
Bu metodikalar yordamida bolani tekshirishda vaqtni tejashning yana bir usuli yakka tartibda 
emas, balki guruhiy tekshirish olib borishdir. Bu shart-sharoitlar to‗g‗risida har bir uslubdan keyin 
yozma izohlar berilgan. Agar izohlar yo‗q bo‗lsa, bu uslubni ham yakka tartibda, ham guruh 
sharoitida qo‗llash mumkin. 
Psixodiagnostik tekshirishga kirishishdan oldin quyidagilarni bajarish lozim: 
1. Metodika matnini diqqat bilan o‗qib, tanishib chiqish kerak. 


2. Izohlar mavjud bo‗lsa, uni o‗qish lozim. 
3. Metodikani qo‗llash uchun kerakli narsalarni tayyorlash. 
4. Metodika yordamida hech bo‗lmasa bir bolani sinov uchun mukammal tekshirib, natijalarni 
tahlil qilib ko‗rish lozim. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling