O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


IJODIY TAFAKKURNI ANIQLASH METODIKALARI


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

 
IJODIY TAFAKKURNI ANIQLASH METODIKALARI
“Tasniflash”metodikasi
2
 
Mazkur metodika semantik materialda divergent tafakkur mahsuldorligini tekshirish uchun 
qo‘llanadi.Metodikaning qo‘llanish tartibi. Sinaluvchilarga narsa-buYumlarning bir guruhi – o‘q, 
ari, timsoh, baliq, ilon, qayiq, musicha kabilarni turli belgi va xususiyatlariga ko‘ra imkon qadar 
ko‘proq (xilma- xilroq) tasniflarga ajratish taklif qilinadi. 
Ish uchun ajratilgan vaqt – 8 daqiqa. 
Natijalarni qayta ishlash. Sinaluvchi tomonidan narsa-buyumlarni tasniflash orqali hosil qilingan 
guruhlar miqdori hisoblanadi hamda ushbu ko‘rsatkich semantik material bilan ishlashda 
divergent tafakkur mahsuldorligi ko‘rsatkichi sifatida talqin etiladi. 
“Gaplar”metodikasi
3
 
Mazkur metodika ramziy material bilan ishlashda divergent tafakkur mahsuldorligi (verbal 
kreativlik) darajasini aniqlash uchun qo‘llanadi. 
Metodikaning qo‘llanish tartibi. Sinaluvchilarga uch harf – D, M, T harflari bilan boshlanuvchi 
so‘zlardan tashkil topadigan gaplar tuzish taklif qilinadi. 
Ish uchun ajratilgan vaqt – 8 daqiqa. 
Natijalarni qayta ishlash. Sinaluvchi tomonidan ajratilgan vaqt ichida qoidaga binoan tarzda 
nechta gap tuzilgani hisoblanadi hamda ushbu ko‘rsatkich ramziy material bilan ishlashda 
divergent tafakkur mahsuldorligi (verbal kreativlik) ko‘rsatkichi sifatida talqin etiladi. 
“Vartega doiralari” metodikasi
4
 
2
Golovey L.A., Ribalko Е. F. Praktikum po vozrastnoy psixologii. SPb., 2001. S. 234–238. 
3
Golovey L.A., Ribalko Е. F. Praktikum po vozrastnoy psixologii. SPb., 2001. S. 234–238. 
4
Golovey L.A., Ribalko Е. F. Praktikum po vozrastnoy psixologii. SPb., 2001. S. 234–238. 



Mazkur metodika ijodiy tafakkurning uch asosiy sifati – tezligi, egiluvchanligi va originalligi 
darajasini aniqlash uchun qo‘llanadi. 
Ko‘rsatma: ―Hurmatli ishtirokchi! Ushbu test sizga o‘z ijodiy qobiliyatlaringizni sinovdan 
o‘tkazish imkonini beradi. Buning uchun sizga berilgan varaqda tasvirlangan 20 ta doiraning 
tasviridan asos sifatida foydanib, turli narsa-hodisalarni chizishingiz zarur bo‘ladi. Rasmlarni 
doiralar ichida ham, ulardan tashqariga chiqib ham chizish mumkin. Rasmlar chapdan o‘ngga 
qarab chizilishi kerak. Ish uchun sizga jami 5 daqiqa vaqt ajratiladi. Unutmang rasmlar imkon 
qadar original (betakror) bo‘lishiga intilish lozim‖. 
Natijalarni hisoblash 
1.Tafakkur tezligi bo‘yicha: rasmlarning jami miqdori hisoblanadi va har bir rasm uchun 1 
balldan baho qo‘yiladi. 
2.Tafakkur egiluvchanligi bo‘yicha: rasmlarning guruhlari miqdori (necha xil toifadagi narsa 
chizilgani) hisoblanadi va har bir guruh uchun 1 balldan baho qo‘yiladi. Rasmlar quyidagi 
guruhlar bo‘yicha tasniflanadi – tabiat, maishiy buYumlar, fan va texnika, sport, bezak 
buYumlari, odam, iqtisod, olam. 
3.Tafakkur originalligi bo‘yicha: har bir kamyob rasm uchun 2 balldan baho qo‘yiladi. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling