O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ortiqchasini o„chirish
17-jadval Predmetli klassifikatsiya bo‗yicha tadqiqot qarori Tadqiqotchi harakatlari Sinaluvchi harakatlari Sinaluvchi tushuntirishlari Klassifikatsiya metodikasidagi og‗zaki usul qo‗llanganda sinaluvchi aniq tushunchalar, so‗zlarni guruhlarga ajratishi kerak. Bu erda rasmning ta‘siri yo‗q bo‗lib, sinaluvchi so‗zlarning mazmunini yaxshi tushunadi, atrofdagi predmet va hodisalar haqida ma‘lum bilimlarga ega bo‗ladi. Shu bilan bir vaqtda klassifikatsiyaning bu usulida sinaluvchi predmetlarni o‗ziga ma‘lum guruhlarga ajratish qobiliyati osonlik bilan aniqlanadi. Tadqiqotchi sinaluvchi bilan birga tadqiqot natijalarini muhokama qilganda uning tafakkur jarayonlari xususiyatlari haqida qo‗shimcha ma‘lumot oladi. Yuqorida qayd etilgan usullardan tashqari umumlashtirish geometrik figuralarni klassifikatsiya qilish metodikasi (Yu.F.Polyakov, 1954) ham qo‗llanishi mumkin. Tajriba o‗tkazish uchun 3 belgisiga: rangiga, shakliga, kattaligiga ko‗ra farqlanadigan geometrik figuralar tasvirlangan 2 ta to‗plam (har birida 24 tadan kartochka bor) kerak bo‗ladi. Geometrik figuralarning birinchi to‗plami erkin jadval sifatida bo‗lishi mumkin (8-ilova). Ikkinchi to‗plamda xuddi shu geometrik figuralar tasvirlangan alohida kartochkalar bo‗lib, bolaga belgilari bo‗yicha guruhlash uchun beriladi. Tajriba boshida sinaluvchiga namuna 30 soniya ko‗rsatiladi va unga berilgan alohida kartochkalarni o‗xshash belgisiga ko‗ra 2 guruhga ajratish kerakligi aytiladi. Tadqiqot qarorida ajratishga ketgan vaqt, xatolar xarakteri qayd etiladi. Tajriba jarayonida umumlashtirish qobiliyatini shakllantirish bo‗yicha o‗rgatuvchi dars elementlaridan foydalanish mumkin. Ortiqchasini o„chirish Ortiqchasini o‗chirish metodikasi umumlashtirish va chalg‗ish, muhim belgini ajratish kabi tafakkur jarayonlari darajasini o‗rganish uchun qo‗llaniladi. Bu metodikaning ham ikki turi bor: predmetli va so‗zli. Metodikaning predmetli turida qo‗zg‗atuvchi material alohida qog‗ozlarda berilishi zarur. Har bir qog‗ozda (kartochkada) 4 ta predmet tasvirlangan (8-ilova). Rasmlar oq-qora rangli bo‗lishi mumkin. Sinaluvchi 4 ta predmetdan, umumiy belgi bo‗yicha birlashuvchi 3 tasini tanlashi kerak. Odatda quyidagi ko‗rsatma beriladi: «Bu rasmlarga diqqat bilan qarang. Bu erda 4 ta predmet tasvirlangan, siz 3 ta predmetni birlashtirib turadigan narsani topib, unga nom berishingiz kerak, bir predmet bu guruhga kirmaganligi uchun uni o‗chirish kerak». Tadqiqotchi birinchi topshiriqni sinaluvchi bilan birga bajaradi, keyin u mustaqil ishga kirishadi. Bu metodikadan bolalarni va kattalarni tekshirishda foydalanish mumkin. Metodikaning og‗zaki variantini 11-12 yoshdan katta bolalar uchun qo‗llash mumkin. Tajriba o‗tkazish uchun so‗zlar qatori yozilgan maxsus toza varaq kerak bo‗ladi. Qo‗llanma: «Har bir qatorda 5 ta so‗z bor, 4 ta so‗zni bir guruhga kiritib, bu guruhga nom bering, bir so‗z ortiqcha bo‗lib, uni o‗chirish kerak». Stol, stul, karovat, pol, shkaf. Sut, qaymoq, qatiq, suzma, go‗sht. Botinka, etik, bog‗ich, tufli, shippak. Bolg‗a, arra, mix, bolta, randa. Shirin, issiq, achchiq, nordon, sho‗r. Terak, tol, daraxt, archa, shaftoli. Samolyot, arava, odam, kema, velosiped Abror, Murod, Aziz, Asqarov, Nabi. Santimetr, metr, kilogramm, kilometr, millimetr. Pal‘to, plash‘, ko‗ylak, tugma, shim. Uy, orzu, mashina, sigir, daraxt. Tajriba natijalari tadqiqot qarorida qayd etiladi (18-jadval). Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling