O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- So„z boyligi subtesti
Umumiy ziyraklik subtesti
1. Biz nima uchun kiyimlarni Yuvamiz? 2. Nima uchun poezdning motori /harakatlantirgichi/ bor? 3. Agar siz ko‗chada manzili yozilgan, marka yopishtirilgan, yopiq, elimlangan xatjild/konvert/ni topib olsangiz, nima qilardingiz? 4. Insonlar nima uchun yomon ulfatlardan qochishga harakat qiladi? 5.Kino teatrda o‗tirganingizda, yong‗inni sezib qoldingiz, siz nima qilasiz ? 6. Rejalashtirish nima uchun kerak? 7. Quyidagi ifoda nimani anglatadi: «Temirni issig‗ida bos»? 8. Nima uchun O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‗smirlapning ish kuni qisqartirilgan? 9. Agar siz kunduzi o‗rmonda adashib qolsangiz, o‗rmondan chiqib olish uchun qanday yo‗l tutardingiz? 10. Nima uchun garang bo‗lib tug‗ilgan bolalar odatda gapira olmaydilar? 11. Nega qishloqqa nisbatan shaharda havo yomon? 12. Nima uchun davlat 17 yoshgacha nikohdan o‗tish uchun ruxsat bermaydi? 13. Quyidagi ifoda nimani bildiradi: «Jo‗jani kuzda sanaydilar»? 14. Quyidagi ifoda nimani bildiradi: «Bitta qaldipg‗och kelgani bilan bahor bo‗lmaydi»? So„z boyligi subtesti Ko‗rsatma: «Ba‘zi so‗zlarning mazmunini tushuntirib bering. Bu so‗z qanday ma‘noni bildiradi?». Bu usulni hamma so‗zlar uchun qo‗llang. To‗rtinchi so‗zdan boshlang. /qish/, agar sinaluvchi javob berishga qiynalsa, birinchi so‗z – karovatdan boshlang. Agar 4-8 so‗zlar har biri 0 ball bilan baholansa, zudlik bilan 1,2,3-so‗zlarni tekshiring. Keyin 8,9-so‗zlarni o‗qib eshittiring. Bu ishni 5 ta ketma-ket urinishlar bajapilmaguncha davom ettiring. Tez ilg‗ab oladigan intellektual sinaluvchilarga 3 yoki 4-so‗zdan keyin rasmiy savol ko‗rsatmani aytmaslik ham mumkin, faqat so‗zlarni bir xil aniq aytish kerak. Ba‘zan sinaluvchi tushunmagan holda tadqiqotchi bunday deyishi mumkin: «Bu haqida menga to‗liqroq gapirib bering» «to‗liqroq tushuntirib bering». Tadqiqot ketma-ket 5 ta muvaffaqiyatsizlikdan keyin, javoblar 0 ball bilan baholangandan so‗ng to‗xtatiladi. 1 – 2-savollarning har biri 2 va 0 ballar bilan baholanadi. 1-3 savollar berilmagan sinaluvchilarga 3 ball qo‗yiladi. Maksimal baho – 80. Baholash mezonlari va to‗g‗ri javoblarning mezonlari. Umuman so‗zning har bir to‗g‗ri ma‘nosi qabul qilinadi, bunda ta‘rif go‗zal bo‗lishiga unchalik e‘tibor berilmaydi. Lekin unchalik to‗g‗ri bo‗lmagan ta‘rif bahoni tushiradi. Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling