O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- I TOPSHIRIQLAR TO„PLAMI
Rivojlanish darajasi haqida xulosa: 10 ball – juda Yuqori 8-9 ball – Yuqori 4-7 ball – o‗rtacha 2-3 ball – quyi. 6.6. Maktab aqliy taraqqiyoti testi /Matt/ Bu metodika M.K.Akimova, E.M.Borisova, V.T.Kozlova, G.P.Loginova tomonidan ishlab chiqilgan bo‗lib, o‗smirlarning intellektual darajasini aniqlashga mo‗ljallangan. I TOPSHIRIQLAR TO„PLAMINING TAVSIFI VA MISOLLARI Topshiriq savol xarakteridagi gaplardan tuzilgan. Ularning har birida bir so‗z etishmaydi. Siz keltirilgan 5 ta so‗zdan berilgan gapga to‗g‗ri keladigan so‗zning tagiga chizishingiz kerak. Faqat bir so‗zning tagiga chizishingiz mumkin. Misol: Biografiya va ......... ... so‗zlari ma‘nosi jihatidan bir xil hisoblanadi. a) tasodif, b) qahramonlik, v) tarjimai hol, g) Yurish, d) yozuvchi. «Tarjimai hol» so‗zi to‗g‗ri keladi, shuning uchun uning tagiga chizilgan. Keyingi misol: Salbiy so‗ziga . . . . . . so‗zi qarama-qarshi bo‗ladi. a) muvaffaqiyatsiz, b) janjalli, v) muhim, g) tasodifiy, d) ijobiy. Bu holda to‗g‗ri javob «ijobiy» so‗zi bo‗ladi, uning tagiga chizilgan. I TOPSHIRIQLAR TO„PLAMI 1. Ism va otasining ismi bosh harflari ....... deb ataladi? a) tug‗ro/ ism va familiya bosh harflarini birlashtirib ishlangan bezak/, b) initsial, v) avtograf, g) indeks, d) anagramma. 2. Insonparvar – bu ...... a) ijtimoiy, b) odamiy, v) kasbiy, g) bosqinchi, d) mensimaslik. 3. Tabiatga va jamiyatga qarashlar sistemasi .........? a) orzu, b) baho, v) dunyoqarash, g) ong-bilim darajasi, d) xomxayol. 4. Demokratiya va .... ........ so‗zlari ma‘nosiga ko‗ra bir xildir. a) hokimiyatsizlik, b) yakka hokimiyatchilik, v) xalq hokimiyati, g) avlod, d) sinflar. 4. O‗simlik navlarini va hayvonlarning eng yaxshi zotlarini bilish haqidagi fan . . . . . . . . deb ataladi. a) bionika, b) ximiya, v) selektsiya, g) botanika, d) fiziologiya. 5. Kitob, doklad, lektsiyaning mazmunini qisqartirib yozib olish bu . . . dir. a) satr boshi, b) tsitata, v) bo‗lim, g) pochta, d) konspekt. 6. Ko‗p o‗qiganlik chuqur va keng bilim bu – . . . . . . . . dir. a) ziyolilik, b) tajribalilik, g) talant, d) o‗zini hammadan Yuqori qo‗yish. 7. Atrofga faol ishtirokning va qiziqishning yo‗qligi bu . . . . . . . dir. a) aqlga muvofiqlik, b) sustlik, v) sezgirlik, g) qarama-qarshilik, d) rahmsizlik. 8.Inson hayot va faoliyatining qandaydir sohasiga tegishli qonunlarning to‗plami . . . . . . deb ataladi? a) rezolYutsiya, b) qaror, v) an‘ana, g) kodeks, d) loyiha. 9.IkkiYuzlamachi (munofiq) tushunchasining qarama -qarshisi . . . . . . tushunchasi bo‗ladi. a) sofdil, b) zid, v) qalbaki, g) xushmuomala, d) dovYurak. 10. Agar bahs o‗zaro yon berish bilan tugasa, u holda . . . . . . haqida gapiriladi. a) murosa, b) muloqot, v) birlashish, g) muzokara, d) qarama-qarshilik. 11. Etika – bu . . . . . haqidagi ta‘limotdir. a) psixika, b) axloq, v) tabiat, g) jamiyat, d) san‘at. 12. Bir xil tushunchasiga . . . . . . tushunchasi qarama-qarshi bo‗ladi. a) aynan o‗xshash, b) yagona, v) haybatli, g) har xil, d) alohida. 13. Tobelikdan, xurofotdan xalos bo‗lish, huquqlarda teng bo‗lish – bu . . . . dir a) qonun, b) muhojirlik, v) nuqtai nazar, g) harakat, d) ozodlik. 14. Oppozitsiya – bu . . . . . . . . . . . . dir. a) qarshi harakat, b) rozilik, v) fikr, g) siyosat, d) echim. 15. Tsivilizatsiya – bu . . . . . . . . dir. a) formatsiya, b) uzoq o‗tmish, v) ishlab chiqarish, g) madaniyat, d) muloqot. 16.Ustunlik va . . . . . . . . . . so‗zlari ma‘nosiga ko‗ra bir xildir. a) kashfiyot, b) g‗oya, v) saylov, g) birinchilik, d) rahbarlik. 16. Ittifoq – bu . . . . . . . . dir. a) raqobat, b) siyosat, v) dushmanlik, g) uzilish, d) birlashish. 17. Al‘truizm va . . . . . . . . . . . . . . so‗zlari ma‘nosiga ko‗ra bir xildir. a) insonparvarlik, b) o‗zaro munosabat, v) xushmuomalalik, g) egoizm, d) odoblilik. 18. Taraqqiyotga ishonchsizlik bilan qaraydigan odam . . . . . . . hisoblanadi. a) demokrat, b) radikal, v) konservator, g) liberal, d) anarxist. Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling