O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

18-jadval 
Ortiqchasini o‗chirish metodikasi bo‗yicha topshiriqlarni bajarish qarori sxemasi 
Kartochka № 
O‗chirilgan predmet 
Ajratilgan guruh 
(umumlashtiruvchi so‗z) 
To‗g‗ri va noto‗g‗ri echimlar bilan birga sinaluvchi qo‗llanmani qanday tushunganligi
o‗rgatuvchi darslardan so‗ng o‗z xatolarini to‗g‗rilanganligi haqida ham qayd etiladi. 
Sinaluvchining topshiriqni echishda o‗z usulini tushuntirishiga ham e‘tibor berish zarur. 
 Muhim belgini ajratish 
 
Bu metodika tafakkur xususiyatlarini, predmetlarning muhim belgilarini ajratish qobiliyatini 
tekshirishda foydalaniladi. Ajratiladigan belgilarni xarakteriga ko‗ra, tafakkur uslubi, ya‘ni aniq 
va mavhum tafakkurning ustunligi haqida bilish mumkin. Bu metodikani 3–4-sinf o‗quvchilarini 
tekshirishda qo‗llash mumkin.


Tajriba o‗tkazish uchun maxsus toza varaqqa yozilgan so‗zlar kerak bo‗ladi. Ko‗rsatma: «Har bir 
qatorda bir asosiy so‗z va 5 ta unga tegishli so‗z qavs ichida beriladi. Bu so‗zlardan qavs oldida 
turgan so‗zga ko‗proq aloqador bo‗lgan ikki so‗zning tagiga chizish kerak». 
1. 
Bog‗ /daraxt, bog‗bon, qo‗rg‗on, er/ 
2. 
Daryo /sohil, baliq, baliqchi, suv, suv o‗tlari/ 
3. 
Shahar /avtomobil‘, bino, velosiped, ko‗cha, olomon/ 
4. 
Omborxona /pichanxona, ot, tom, mol, devorlar/ 
5. 
Kitob /rasmlar, urush, qog‗oz, sevgi, matn/ 
6. 
O‗yin /shaxmat, o‗yinchilar, jarimalar, jazo, qoida/ 
7. 
Musiqa /ovoz, san‘at, jarang, olqishlar, kuy/ 
8. 
O‗qish /ko‗z, asar, kitob, rasm, so‗z/ 
9. 
Kubik /burchaklar, chizma, tomonlar, tosh, daraxt/ 
10. 
Kasalxona /xona, bog‗, vrach, radio, bemorlar/ 
11. 
Bo‗lish /sinf, bo‗linuvchi, qalam, bo‗luvchi, qog‗oz/ 
12. 
Sport /medal‘, orkestr, musobaqa, g‗alaba, stadion/ 
Topshiriqni bajarishda sinaluvchining ko‗rsatmani tushunganligi, yo‗l qo‗ygan xatolariga e‘tibor 
qilinadi. Agar sinaluvchi topshiriqni bajarish shartlarini tushunmagan bo‗lsa, tadqiqotchi dastlabki 
ikki misolda topshiriqni qanday bajarish zarurligini ko‗rsatib beradi. Barcha hollarda 
sinaluvchining topshiriqni qanday bajarganligini muhokama qilish zarur. Ba‘zi muhokama 
jarayonida sinaluvchi qo‗shimcha fikrlar bildiradi, xatolarni to‗ldiradi. Sinaluvchining xatolari 
aniq-vaziyatli tafakkur xususiyatlarini aks ettirishi bilan, shoshmashosharlik natijasi bo‗lishi 
mumkin. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling