«Labirintdan chiqish, yo„lini top» metodikasi
Ushbu topshiriqda bolalarga 11-rasm ko‗rsatilib, topshiriqda labirintning tasvirlanganligi, unda
strelka bilan labirintga kirish nuqtasi va chiqish joylari ko‗rsatilganligi tushuntirib o‗tiladi. Bunda
bola uchli tayoqchani olib, rasm ichidan Yurgizib, labirintdan imkoni boricha tez chiqib ketishi
hamda tayoqchani imkoni boricha aniq Yurgizib, labirint devoriga tegib ketmasligi kerak.
11-rasm
Natijalarni baholash
10 ball – topshiriq bola tomonidan 45 soniyadan kam vaqt mobaynida bajarilsa, ammo bola
tayoqcha bilan labirint devoriga biror marta ham tegib ketmasa qo‗yiladi;
8 - 9 ball – topshiriq bola tomonidan 45 soniyadan 60 soniyagacha vaqt mobaynida bajarilsa,
o‗tish jarayonida 1-2 marta labirint devoriga tegib ketsa qo‗yiladi;
6 - 7 ball – topshiriq 60 soniyadan 80 soniyagacha vaqt mobaynida bajarilsa va labirintdan o‗tish
jarayonida 3 - 4 marta labirint devoriga tegib ketsa qo‗yiladi;
4 - 5 ball – topshiriq 80 soniyadan 100 soniyagacha bajarilsa, bola labirintdan o‗tish jarayonida,
labirint devoriga 5 - 6 marta tegib ketsa qo‗yiladi;
2 - 3 ball – topshiriq 100 soniyadan 120 soniyagacha bajarilsa, bola labirintdan o‗tish jarayonida,
labirint devoriga 7- 9 marta tegib ketsa qo‗yiladi;
0-1 ball – topshiriqni bajarishda 120 soniyadan ko‗p vaqt sarflasa yoki umuman bajara olmasa
qo‗yiladi.
Taraqqiyot haqidagi xulosa 6 - metodikadagi kabi chiqariladi.
«Figuralarni qirqib chiq» metodikasi
Ushbu metodika 4-5 yoshli bolalarning ko‗rgazmali - harakatli tafakkurini o‗rganishga
mo‗ljallangan. Topshiriqning maqsadi, qog‗ozga chizilgan figuralarni tez va aniq qirqib olishdan
iborat. 12-rasmda berilgan 6 ta kvadratda har xil figura tasvirlangan. Ushbu rasmlar bolaga bir
butun holatda berilmaydi, balki har bir kvadratdagi rasmlar alohida beriladi. Buning uchun
tadqiqotchi rasmlarni oltita kvadratga qirqib chiqadi. Bolaga har bir kvadratdagi tasvirlar ketma-
ketlikda beriladi. (Rasmlar tartib raqami bilan belgilangan) va qaychi bilan figuralarni imkoni
boricha tez va aniq qirqib olish kerak.
12-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |