O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli
Tenglamalar va ularni yechish usullari haqida nazariy ma’lumotlar
Download 297.36 Kb.
|
Tenglamalarni yechishda qoʻllaniladigan metodlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tenglamalarni teng kuchli o‘tish yo’li bilan yechish
- «tenglamani kuyidagi kurinishda yozib olamiz» yoki «tenglama quyidagicha kurinishga keladi»
Tenglamalar va ularni yechish usullari haqida nazariy ma’lumotlar.
Ta’kidlash lozimki , konkret tenglamani yechishni boshlashdan oldin uni natijaviy tenglamaga o‘tish yo‘li bilan, yoki teng kuchli o‘tish yo‘li bilan yechishni qaysi birini qo‘llash maqsadga muvofiq va foydaliroq bo‘lishini aniqlaydigan umumiy qoidani ko‘rsatib bo‘lmaydi. Bu esa umumiy o‘rta ta’lim xamda o‘rta maxsus, kasb — xunar ta’limi matematika kursida o‘quvchilar tomonidan tenglamalarni yechishda yo‘l quyiladigan ba’zi - bir xato va kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Birinchi nuqtai – nazar tarafdorlari tenglamani yechishda albatta aniqlanish soxasini topish zarur deb hisoblaydilar, ikkinchi nuqtai-nazar tarafdorlari esa tenglamani yechishda aniqlanish soxasini topish shart emas, balki tenglamani yechib, topilgan ildizlarni tekshirib, yechim xaqida xulosa qilinadi deb xisoblaydilar. Bunday nuqtai – nazarlarni kelib chiqishiga o‘quv-metodik adabiyotlarida tenglamalarni yechishda qo‘llanilgan usullar ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shuni qayd etish lozimki, fakat ko’p tenglamalarni yechib, o’quvchilarda ko’nikmalar xosil bulgandan so’nggina ularda tug‘ri usulni tanlash malakalarini tarkib toptirish mumkin bo’ladi. Xuddi ana shu malakalarni tarkib toptirishga yordamlashish maksadida tenglamalarni teng kuchli utish va natijaga utish yordamida yechish haqida nazariy ma’lumotlar berish bilan bir katorda, misollarni yechishda bu nazariy ma’lumotlarni kullanilishini ko‘rib o‘tamiz. Tenglamalarni teng kuchli o‘tish yo’li bilan yechish Aytaylik, M — qandaydir sonlar to‘plami bo‘lsin. Agar birinchi tenglamaning M to‘plamida yotuvchi barcha yechimlari ikkinchi tenglamaning xam yechimlari bulsa va ikkinchi tenglamaning M to‘plamda yotuvchi barcha yechimlari birinchi tenglamaning xam yechimi bo‘lsa, u xolla M to‘plamda bu ikki tenglama teng kuchli deyiladi. M to‘plamda f(x)=g(x) va (x)=h(x) tenglamalar teng kuchliligi quyidagicha belgilanadi.Agar M — xaqiqiy sonlar to‘plami bo‘lsa, «barcha xaqiqiy sonlar to‘plami» da jumlasi tushirib koldirilib, f(x)=g(x) (1) xamda {x) = h{x) (2) tenglamalar teng kuchli deyiladi. Bu xodda (1) va (2) tenglamalar teng kuchliligi ustiga to‘plam yozilmasdan u fakat <=> belgi bilan belgilanadi Bu shakl almashtirishlar ichida eng soddalari: tenglamaning xadlarini uning bir kismidan ikkinchi kismiga ishorasini karama — karshisiga uzgartirib o’tkazish xamda, tenglamaning ikkala kismini noldan farkli songa kupaytirish yoki bulishdir. Ikkala xolda xam teng kuchlilik saklanishi yakkol kurinib turgani uchun, bu almashtirishlarni kullaganda xar doim xosil bulgan tenglama berilgan tenglamaga teng kuchli bulishligi doimo ta’kidlanmaydi, balki «tenglamani kuyidagi kurinishda yozib olamiz» yoki «tenglama quyidagicha kurinishga keladi» kabi jumlalardan foydalaniladi. Yukorida aytilgandek, tenglamalarni shakl almashtirishda ularning teng kuchliligi kandaydir M to‘plamda saqlanadi. Shuning uchun berilgan tenglamani yechishni boshlashdan oldin tegishli shakl almashtirish qo‘llaniladigan to‘plamni aniqlash kerak bo‘ladi. Aynan shuning uchun xam kўp xollarda berilgan tenglamani yechishdan oldin uning aniqlanish soxasi topiladi va natijada uning ildizlarini o‘zida saqlovchi boshlang‘ich M — to‘plam aniqlanadi. Sungra M — to‘plam- ikki kismga: a) tanlab olingan almashtirish tenglamal.arning teng kuchliligini saklaydigan M1 — to‘plamga v a b) tanlab olingan almashtirish tenglamalarning teng kuchliligini saqlamaydigan M2 — to‘plamga ajratiladi. M1 to‘plamda almashtirishlar bajarilgandan so‘ng, berilgandan soddaroq tenglama xosil qilinadi. So‘ngra M1 to‘plam va xosil kilingan tenglama bilan dastavval M to‘plam va berilgan tenglama ustida qanday ish amalga oshirilgan bo‘lsa o‘sha jarayon qaytariladi. M2 to‘plamda yuqorida tanlab olingan almashtirishni qo‘llash mumkin emas, shuning uchun M2 to‘plamda o‘rinli bo‘ladigan va berilgan tenglamani soddalashtiradigan almashtirish aniqlanadi. So‘ngra M2 to‘plamda xam M1 to‘plamda qo‘llanilganga o‘xshash jarayon amalga oshiriladi. Bu almashtirishlar natijasida eng sodda tenglamalar xosil kilinadi. M1 va M2 to’plamlarda topilgan yechimlar birlashtirilib, berilgan tenglamaning barcha yechimlari topiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tenglamaning aniklanish soxasini, xamda M1 va M2 soxalarini topish qiyin bo‘lgan ba’zi xollarda ularni qandaydir shartlar bilan ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Download 297.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling