O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli


Download 0.78 Mb.
bet3/4
Sana07.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1336391
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi Maxzuna

Sistemani ishga tushirish

Dasturni ishga tushirish uchun sichqoncha koʻrsatkichini Пуск tugmachasi ustiga joylashtiramiz. Hosil boʻlgan masalalar panelidan Программы boʻlimi va undan keyin esa Maple yorli gʻi tanlanadi:


ПускПрограммы Maple →  Maple .
Bundan tashqari ishchi stolida joylashgan Maple yorligi orkali ham uni ishga tushirish mumkin.

Ekranda sistema oynasi hosil boʻladi:


Windows ning barcha ilovalari kabi u quyidagi elementlardan iborat: \


Sarlavhalar satri - bosh menyu satri

  • instrumentlarning bosh paneli

  • vositalarning xos paneli, uning koʻrinishi Maple 7 bilan ishlash rejimiga bo gʻliq

  • hujjatlarni kiritish va muharrirlash oynasi: holat satri.


2.MAPLE TIZIMINING TARKIBI VA IMKONIYATLARI.

Hozirgi kunda kompyuter matematikasi keng miqiyosda rivojlanib bormoqda. Kompyuter matematikasining yetakchi oʻrinlardan birini hozirgi kunda egallab turgan simvolli matematik dasturlash tizimi Maple tez rivojlanib bormoqda. Maple kuchli foydalanuvchi interfeysiga ega boʻlib, u oddiy va murakkab matematik masalalarni analitik yechish imkoniyatiga ega.
Maplening keyingi avlodlari Maple -8, 9, 10, 11 larda simvolli matematik hisoblar foydalanuvchilar uchun yanada qulay holga keltirilgan. Maple matematik paketi yordamida matematik masalalardan tashqari boshqa texnika fanlari masalalarini ham analitik va grafik koʻrinishlarda yechish mumkin. Bundan tashqari Maple koʻplab mexanizmlarning harakatini koʻrsatish, animatsiyalarini hosil qilish uchun juda qulay dasturlash vositasi hisoblanadi.
Maple elektron hujjatlarni tayyorlash va grafik vizuallashtirish vositalariga ham ega. Maple kompyuter matematikasini chuqur oʻrganish dasturchiga turli fan va texnika masalalarini yechishda katta imkoniyatlar ochib beradi.
Maple — tipik integrallashgan tizim boʻlib, uning tarkibiga quyidagi vositalar kiradi:
kuchli dasturlash tili (u tizim bilan interaktiv muloqot qilish vositasi hamdir);
dasturlar va hujjatlarni tahrir qilish va tayyorlash uchun tahrirlagich;

dialog rejimida ishlash imkoniyatini beruvchi zamonaviy koʻp oynali interfeys;


 minglab namunalarga ega boʻlgan kuchli ma’lumotlar tizimi;

 algoritmlar va matematik ifodalarni oʻzgartirish qoidalarini oʻz tarkibiga oluvchi tizimning yadrosi;


 sonli va simvolli protsessorlar;

 diagnostika tizimi;

biriktirilgan va qoʻshimcha funktsiyalarning kutubxonasi;

 foydalanuvchilar funktsiyalarini va boshqa ayrim dasturlash tillari va dasturlarni qoʻllab quvvatlash paketlari.


Yuqorida keltirilgan vositalarning barchasiga Maple dasturi orqali bevosita kirish mumkin.
Maple tizimi oʻzining uchta xususiy: kirish, amalga oshirish va dasturlash tillariga ega. Uning kirish tili oʻta yuqori darajadagi til boʻlib, har qanday murakkablikdagi matematik, fizik va mexanik masalalarni yechishga yoʻnaltirilgan. Bu til tizimga sovol, ya’ni qayta ishlanuvchi kirish ma’lumotlarini berish uchun xizmat qiladi va oʻzining ideologiyasi boʻyicha “Basic” tiliga oʻxshab ketadi. Kirish tili katta miqdordagi oldindan aniqlangan matematik va grafik funktsiyalarga, hamda zarur boʻlganda qoʻshiladigan kutubxonalariga ega.
Maple tizimi an’anaviy tarkibiy dasturlash vositalarini hamda kirish tilining buyruq va funktsiyalarini oʻz ichiga oluvchi “protseduraviy” dasturlash tili— Maple-tiliga ham ega. Maple tizimini amalga oshirish tili boʻlib, eng kuchli va universal tillardan biri boʻlgan “Si” dasturlash tili xizmat qilgan. Uning yordamida tizim yadroʻsining dasturi yozilgan. Umuman olganda, Maple tizimi vositalarining taxminan 5 dan 10% gacha qismi “Si” dasturlash tilida, qolgan 90-95% esa Maple-tilida yozilgan. Maple-tilidagi dasturlarni biriktirilgan tahrirlagichdan tashqari tashqi tahrirlagichlarda (masalan “Word”da) ham tayyorlash mumkin. Maple tizimining biriktirilgan tahrirlagichi “File” menyusidagi “New” va “Open” buyruqlari yordamida ochiladi.



Maple-tili tarkibiy operatorlarining (“tsikl” operatorlari, shartli va

shartsiz operatorlar va h.k.) sintaksisi “Beysik” va “Paskal” tillari sintaksislarining aralashmasiga oʻxshab ketadi. Tizim bilan ishlashning dialog rejimida matematik ifodalar “Beysik”dagi qoidalarga oʻxshash qoidalarga asosan kiritiladi.


“Waterloo Maple Software” kompaniyasining rasmiy sayti (http://www.maplesoft.com) Maple dasturidan foydalanuvchilar uchun koʻplab foydali axborotlarga ega. Saytning asosiy sahifasi kompaniya va uning yangi mahsulotlari toʻg’risidagi axborotga hamda undan sotib olingan mahsulotlarni interaktiv registratsiya qilish imkoniyatiga ega. Kompaniya registratsiya qilingan foydalanuvchilar uchun Maple paketlaridagi yangilanishlarni, tizimning ishlashida aniqlangan xatoliklar va noaniqliklarning roʻyhatini va tizim ishi boʻyicha koʻp uchraydigan savollarga javoblarni bepul tarqatadi. Jumladan, saytning texnik yordam boʻlimidan Maple ning qayta ishlangan versiyalarini oʻrnatish boʻyicha yoʻriqnomalar va kerakli installyatsion fayllarni olish imkoniyati mavjud.
Maple-tili tarkibiy operatorlarining (tsikl operatorlari, shartli va shartsiz

operatorlar va h.k.) sintaksisi Beysik va Paskal tillari sintaksislarining aralashmasiga oʻxshab ketadi. Tizim bilan ishlashning dialog rejimida matematik ifodalar Beysikdagi qoidalarga oʻxshash qoidalarga asosan kiritiladi.


Windows tarkibida ishlovchi boshqa ilovalar singari Maple 7 ham qator elementlarga ega (1.1-rasm):
Maple 7 tizimining interfeysi quyidagilardan iborat: • sarlavha satri (yuqoridagi qator)
• bosh menyu satri (ikkinchi qator)

• asboblarning asosiy paneli (uchinchi qator)



• koʻrinishi Maple 7 tizimining ishlash rejimiga asosan oʻzgarib turuvchi asboblarning kontekst paneli (toʻrtinchi qator)
• kiritish va xujjatlarni tahrirlash oynasi ishchi oyna (beshinchi qator) • holat satri (pastki qator).
Maple 7 tizimining interfeysi matnli izohlar, kirish tili komandalari (ular odatdagi matematik shaklga oʻzgartirilishi ham mumkin), matematik formulalar va grafik ma’lumotlar koʻrinishidagi hisoblash natijalari va boshqalarni oʻz ichiga oluvchi hujjatlarni tayyorlash imkoniyatini beradi. Maple 7 qulay tarzda tashkil qilingan ma’lumotlar tizimiga ega. Uning yordamida har qanday operator, funktsiya yoki paketlar toʻg’risida batafsil ma’lumot olish mumkin (lekin, faqat ingliz tilida)



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling