O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi zahiriddin`muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti «Tasdiqlayman»
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi ozini-ozi anglashning ijtimoiy psixologik omillari
3.4.4-jadval
O„zini-o„zi baholash natijalari orasidagi korrelyatsiya koeffitsientlari Men-hozirda Men-ilgari Ona Ota Men-hozirda 1 0,680** 0,636** 0,613** Men-ilgari 1 0,445* 0,471* Ona 1 0,617** Ota 1 Izoh: *p<0.05, **p<0.01 Ma‟lumotlar tahlili shuni ko„rsatmoqdaki, ushbu yoshdagi barcha bolalarda o„ziga yuqori baho berish rivojlangan bo„lib, ko„rib chiqilgan o„zini baholashning individual ko„rinishlari uning shakllanish jarayoni aslida murakkab ekanligini hamda bolaning o„z “Men”ini baholashi bilan ota-onalarning o„zlarini real baholari o„rtasida muayyan aloqa borligini ko„rsatadi. Bola o„zini-o„zi anglashiga aloqador bo„lgan muhim ijtimoiy psixologik omil bu – shaxs ijtimoiy makonining tasavvur etishi hamda undagi huquq va majburiyatlarning aniq tasavvurlarda aks etishidir. Masalan, biz o„rgangan bog„cha yoshidagi bolalarning bir qismigina o„z huquq va majburiyatlarini ularga ota- onalari bergan imkoniyatlar bilan bog„lab tavsiflashlarini aniqladik. Biz bu toifa javoblarni shartli ravishda uch guruhga taqsimlab, burch-huquq tizimida o„zini anglashning quyidagi darajalarini ajratdik: 1) yuqori daraja – majburiyatlar va huquqlar aniq belgilangan va ularning ro„yxati 3 tadan 7 tagacha nomdan iborat bo„lib, ular faqatgina axloqiy me‟yorlar, maishiy, gigienik talablar, xulq-atvor qoidalari bilangina cheklanib qolmaydi. Masalan, “Rasm chizishi, narsa yasashi lozim”, “Ona bilan birga o„rinni yig„ish va almashtirish”, “Onaga idish-tovoq yuvish va artishga yordamlashish”, “Jo„ja va Mushukchani boqish”, “Matematika bilan shug„ullanish lozim”, “Kitob o„qish kerak”, “Xushmuomala bo„lish”, “Yaxshi bola bo„lish, quloq solish”. Huquqlar: “Ona bilan teatrga, ota bilan attraksionlarga, buvi bilan sirkka borish”, “Televizorda multfilm tomosha qilish”, “Kompyuterda ishlash va o„yin o„ynash” 68 kabi. 2) o„rtacha – majburiyatlar ham, huquqlar ham aniqlangan bo„lsa-da, yetarli darajada aniqlik bilan yozib qo„yilmagan, ro„yxat kam sonli, odatda 3 ta jumladan ham kam, faqat axloqiy me‟yorlar, xulq-atvor, gigiena va maishiy qoidalar bilan cheklangan: “Ota-onaga quloq solish”, “Urishmaslik”, “To„polon qilmaslik”, “O„yinchoqlarni sindirmaslik”. Huquqlar: “Konstruktor o„ynash”, “Sayr qilish” kabi. 3) past – javoblar oddiy bo„lib, faqat majburiyatlar, asosiy qoida va me‟yorlarga rioya qilish sanab o„tiladi, ro„yxatga u yoki bu tavsifnomani kiritishning biron-bir aniq izohi bo„lmaydi, majburiyat va huquqlar aralashib ketgan: Majburiyatlar: “Ovqat yeyish kerak”, “Uxlash”, “Quloq solish”. Huquqlar: “O„ynash”, “Ovqat yeyish”. Shunday qilib, maktabgacha bo„lgan yoshdagi bolaning o„zini anglashida aks ettirilgan shaxs ijtimoiy makonini belgilashi lozim bo„lgan savollar majmui sinovda ishtirok etayotganlarning yarmini huquq va majburiyatlar kabi asosiy jihatlar haqida tushunchalarning hali to„la shakllanmaganligini ko„rsatdi. Maktabgacha yoshdagi bolaning oilaviy munosabatlar tizimida o„zini aks ettirishi va shunga bog„liq tarzda o„ziga bergan bahosini o„rganishda “Oilaning Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling