O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'limi vazirligi farg’ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi


Ochiq urug’lilar klassifikatsiyasi


Download 118.51 Kb.
bet3/7
Sana31.01.2024
Hajmi118.51 Kb.
#1829445
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ochiq urug\'lilar bo\'limi

1.2. Ochiq urug’lilar klassifikatsiyasi.

Ochiq urug’lilar qadimiy o’simliklar bo’lib, ularning qadimiy avlodlari toshko’mir davrining oxirlarida yashaganlar. Jumladan urug’li paporotniklar, bennettitlar, keytonlilar yo’qolib ketib, qazilma holda saqlanib qolganlar. Ginkoviylar, velvichiyalarni bittadan turi saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda qarag’aylar, sagovniklar, gnetoviylar keng tarqalgandir.


Ochiq urug`lilarning xarakterli belgisi shuki, ular urug` hosil qilib, shu urug`lari yordami bilan ko`payadi. Urug`lar shaklan o`zgarishga uchragan makrosporangiydan iborat bo`lgan “urug`kurtak”dan paydo bo`ladi. Urug`kurtak va shunga yarasha urug` to`g`ridan-to`g`ri sporofillarda joylashadi, ularning shu tariqa ochiq holda joylashishi — ochiq urug`lilarning ikkinchi xarakterli xususiyatidir.
Er yuzida ochiq urug’lilarning hozir 660 turi mavjud bo’lib, asosan daraxt, qisman buta va liana turlari uchraydi.
SHoxlanishi monopodial bo’lib, poyasi kambiy va fellogen to’qimalarining faoliyati natijasida o’ziga xos tuzilishga ega. Ikkilamchi yugonlashish xususiyati bilan yopiq urug’li o’simliklarga yaqin tursada gistologi elementlaridan-tarxeyalardan tuzilganligi va o’tkazuvchi bog’lamlar yo’qligi bilan ulardan farq qiladi. Bargining tuzilishiga qarab ikki guruhga bo’linadi. 1. gr megofil linyasi bo’yicha poporotniklarga o’xshash barglar. 2 gr mikrofil linyasi bo’yicha hosil qilingan nina barglar. Bargi 2-5 yilda to’kiladi. Ochiq urug’lilar doimiy yashil o’simliklar bo’lib, ildizi-asosiy va yon ildizlardan iborat, mikoriza hosil bo’ladi.
Ochiq urug’li o’simliklarning xarakterli xususiyatlaridan biri urug’ va urug’ kurtakni ochiq bo’lishidir. Ularning urug’lari mevaning ichida emas, balki megosporafillarda ochiq holda joylashadi. Urug’kurtak megosporangiydan nutsellusdan tashkil topgan bo’lib, tashqi tomonidan intgument bilan o’rab olingan. Megosporofilning otalanishidan urug’ rivojlanadi. Ochiq urug’lilarning muhim xususiyatlaridan biri spermatozoidning spermiyaga aylanishidir. Spermiyani hosil bo’lishi bu o’simliklarni suvsiz muhitida ham otalanishiga imkon yaratib beradi.
Ochiq urug’lilar MDH ning shimoliy qismida, Uralda, Markaziy Osiyoda va Kavkazda keng tarqalgandir. Ochiq urug’lilarnig kelib chiqishi, klassifikatsiyasi olimlar orasida jonli munozaraga sabab bo’lmoqda. Barcha arxegonial o’simliklar uchun xos xususiyat (moxsimonlardan to ochiq urug’lilargacha) tuxum xujayraning arxegoniyda hosil bo’lishidir.
Ochiq urug’lilarning tarqqiy etgan shakillarining hosil bo’lishi yopiq urug’lilarning hosil bo’lish davriga - devon davriga to’g’ri keladi. Ochiq urug’lilar quyidagi 3 ta sinfga bo’linadi.
1-sinf Sagovniklar.
2-sinf qubbalilar
3-sinf qobiqli urug’lilar.
Qubbalilar sinfi kordaitlar, ginkolar va ninabarglilar - qarag’aylar tartibiga bo’linadi.
Qarag’aylar tartibi. Bu tartib vakillari toshko’mir davrining oxiri karbon davrining boshida keng tarqalgan. YUra davrida barq urib rivojlangan.
Qarag’aylarning 560 turi mavjud bo’lib, 55 turkum va 10 ta oilaga bo’linadi.

Download 118.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling