O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti kimyo fakulteti “neft va gaz kimyosi yo’nalishi ”
Sun’iy moylarni mohiyati va qo’llanishi
Download 133.53 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi
Sun’iy moylarni mohiyati va qo’llanishi.
Neftdan olingan moylarga nisbatan sun’iy maxsulotlardan olingan motor moylari yaxshi xosslarga ègadir. 5-jadvaldagi ma’lumotlarda ularning kamchiligi va afzalliklari ko’rsatilgan. Sun’iy moylarni asosiy afzalligi, ularning neftdan olingan moylarning èng oliy sortlarga qaraganda qovushqoqligining yuqoriligidir. Ba’zi sun’iy moylarning èng yaxshi qovushqoqligi harorat ta’siri, manfiy harorat zonasidadir va shuning uchun past haroratlarda dvigatelni o’t oldirish xususiyati yaxshi. Shimoliy xududlarda sun’iy moylarni èkspluatauion xususiyatlari sovuqda ham neft moylariga nisbatan yaxshiroq bo’lgani uchun keng qo’llaniladi va shu bilan birgalikda ishni haroratlarida xam neft moylariga nisbatan qovushqoqlik ko’rsatgichi 3-5 marta yuqoriroqdir. (sun’iy moylarni 250-3000C dagi qovushqoqligiga nisbatan neft moylarining 1000C dagi qovushqoqligi), ya’ni yuqori haroratgacha gidrodinamik moylarni va termik turg’unlikni bog’lanuvchanligi kamligi katta bo’lib, siqish darajasi yuqori bo’lgan, yuqori issiqlikdagi dvigatellarda sun’iy moylarni ishchi harorati yuqori bo’lgan avtomobillarda èkspluatatsiya qilish neft moylariga nisbatan ancha yuqori turadi. Neft moylariga nisbatan sun’iy moylarni xizmat davri bir necha marta ko’p bo’lib, dvigatelni holatini yaxshi saqlaydi. Sun’iy moylarni xizmat davri uzoq va kam quyilishidan moy xarajatlaridan 30¸40%ga kamaytiradi. Dvigatel ishlaganda ishqalanishni optimal kamaytirish xisobiga yonilg’i sarfi ancha kamayadi (4-5%ga). Sun’iy moylar xususiyatini kompozitsion prisadkani qo’shishi bilan oshirish mumkin. Ularni tabiiy neft moylari bilan ham aralashtirish mumkin (sun’iy moyga 30-40% neft moyini aralashtirish mumkin). Bu xolatda moy xossasi buzilmasdan balki uning sifati oshadi, lekin tan narxi bir oz oshadi. Dièfir asosida olinadigan moylar yuqori qovushqoqlik indeksiga va past haroratda qotish, bug’lanish kamligi va yong’in xavfi kamligi bilan neft moylaridan farq qiladi. Dièfir moylari rezina prokladkalari, shlang va boshqa buyumlarni yumshashiga va shishishiga olib keladi. Poliglikolli moylar neft moylariga qaraganda eyilishga qarshi xossasi va qovushqoqlik harorat tasiri yaxshi, yuqori haroratda (3000C) xossasini yo’qotmaydi, metallarni korroziyalamaydi. Poliglikolli moylar èfir moylariga nisbatan tabiiy va sun’iy rezinalarda kamroq shish va yumshashni xosil qiladi. Bu moylarning tannarxi baland bo’lganligi sababli amalda kamroq qo’llaniladi. Polioksanlar muzlash xarorati pastligi bilan ajralib turadi, qovushqolik xarorat ta’sirida egri chiziqni hosil qiladi va issiqbardoshdir. Shu bilan birgalikda kimyoviy barqarordir. Bu moylarda po’lat, cho’yan, mis, latun, bronza, qo’rg’oshin va boshqa metallar 1500Sda ham korroziyaga uchramaydi. Polisiloksan va ular asosidagi moylarning kamchiligini emirilishga qarshi xususiyati kamligidir. Prisadkalar qo’shish orqali bu kamchilikni yanada kamaytirish mumkin. Moylash materiallari orasida polisiloksanlar kelajagi porlokdir. Hozirgi davrda ular gidrotizmlarda, gidroamortizatorlarda, plastik moylarda va o’lchash uskunalarida keng qo’llanilmoqda. Ftoruglerodli moylar xossasi bo’yicha yaxshi xususiyatga èga: yuqori termik va ishqorlarga inertligi va minimal korroziyaga uchraydi. Bu xususiyatlari ftoruglerodli moylarni ishqalinish aktiv kimyoviy moddalarda atmosfera qatlamida yuqori haroratda ishlatish mumkin. Lekin xlorftoruglerodli moylar yuqori haroratda qaynash bilan yaxshi taCHiflanadi. Bu moylarning qovushqoqlik-xarorat taCHifi va moylash xususiyati yaxshidir, lekin termik turg’unligi yomonroqdir. Download 133.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling