O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti kimyo fakulteti “neft va gaz kimyosi yo’nalishi ”
Download 133.53 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Plastik surkov moylari
Efir moylari oʻsimliklardan quyidagi yoʻllar bilan olinadi: suv bugʻi yordamida haydash; past tralarda qaynaydigan erituvchilar yoki hidsiz toza yogʻ (mol yogʻi) bilan ekstratsiya qilish (buni anfleraj usulida olish deb ham ataladi); presslash orqali.
Efir moylari sanoatda keng qoʻllanadi. Ulardan atirupa, sovun ishlab chiqarishda, tish pastalari, oziqovkat essensiyalari tayyorlashda, tamakini xushboʻy qilishda, tibbiyotda (qalampir va evkalipt moylaridan) foydalaniladi. Efir moylari kimyo sanoatida, farmatsevtikada ham qoʻllanadi. Pinendan kamfora sintez qilinadi, daraxt moyi skipidar lok va boʻyoq ishlab chiqarishda erituvchi sifatida ishlatiladi. Nozik organik sintez texnologiyasi Efir moylarining sintetik analoglari ham bor. Paxta moyi — chigitni presslab yoki erituvchilar bilan ekstraksiyalab olinadigan moy. Toza Paxta moyi koʻpgina organik erituvchilarda eriydi, och sariq shaffof suyuqlik, yarim quriydigan moylar guruhiga kiradi. Paxta moyi trigli-seridlari tarkibiga, asosan, toʻyinmagan yogʻ kislotalar: linol (41,7— 53,69%), olein (23,0—35,2%), toʻyingan kislotalar: palmitin (19,6— 23,4%) araxin (0,1—0,7%), stearin (1,9—2,7%), miristin (0,3—2,0%) kiradi. Paxta moyining zichligi 905–930 kg/m3, nur sindirish koeffitsiyenti 1,472— 1,477, yod soni 102—111, sovunlanish soni 191 — 199. Paxta moyi tabiiy hamda gidrogenlangan holda margarin, isteʼmol qilinadigan yogʻlar, sovun, alif moy va boshqa tayyorlashda ishlatiladi Plastik surkov moylari tarkibiga moy (asos), quyultirgich (sovun), qattiq uglevodorodlar, bir jinsligini saqlash maqsadida qushilgan stabilizator, ba'zan tuldirgich (masalan grafit) dan iborat murakkab birikmalar kiradi. Quyultirgich sifatida, odatda litiyli, kaltsiyli yoki aralash (litiy-kaltsiyli) sovundan foydalaniladi. Qishloq xo’jaligida plastik moylar turli dumalash podshipniqlari, ressorlarda, avtomobil, traktor, o’ziyurar shassi, kombaynlar g’ildiraklarining gupchaklarida, qishloq xo’jalik mashinalarining ko’pgina ishqalanish uzellari, chorvachilik fermalarining turli jixozlari va xakozolarda keng ishlatiladi. GOST 23258-78 klassifikatsiyasiga muvofiq, plastik moylari to’rt guruxga bo’linadi: - antifriktsion; - konservatsion; - zichlash; - kanat. Antifriktsion moylar eng ko’p bo’lib, tutashma detallarning sirpanib, ishqalanishi va eyilishini kamaytirish uchun ishlatiladi. O’z navbatida, antifriktsion moylar indekslar bilan belgilanadigan kichik guruxlarga bo’linadi: S - umumiy ishlar uchun muljallangan; O - yuqori (110 0 S gacha) xaroratda ishlatiladigan; M - ko’p maqsadlarda ishlatiladigan, -30 0 S dan +130 0 S gacha xaroratda hamda o’ta nam sharoitda ham ishlay oladigan; J - termik barqaror (150 0 S va undan yuqori xaroratga chidaydi); N - sovuqqa chidamli (-40 0 S dan past xaroratga chidaydi). Konservatsion yoki himoya moylari Z xarfi bilan belgilanadi. Ular mexanizmlarni saqlash va ishlatish vaqtida metall sirtlarini korroziyalanishdan saqlash uchun surtiladi. Zichlash va kanat moylari avtotraktor texnikasida kam ishlatiladi. Moylarning klassifikatsion belgisida ularning vazifasi va ishlatiladigan soxasidan tashqari, quyultirgich xili, tavsiya etiladigan xarorat diapazoni va konsistentsiyasi (quyuqligi) ko’rsatiladi. Misol sifatida Litol-24 nomi bilan chiqariladigan litiyli moyning klassifikatsion belgisini keltirish mumkin: M Li- 4/13-3. Xarflar ko’p 2 maq’sadlarda ishlatiladigan antifriktsion moy ekanligini (M), litiyli sovun bilan (Li) quyultirilgan, namligi yuqori bulgan sharoitda ishlay oladigan moy ekanligini bildiradi. Moy - 40 0 S dan +130 0 S gacha (4/13) xarorat diapazonida ishlay oladi. 3 - raqami shartli son bo’lib, moyning quyuq-suyuqligini belgilaydi. Download 133.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling